17-MAVZU: SHE’RIY SAN’ATLAR HAQIDA MA’LUMOT. TAKRORLASH. YAKUNIY NAZORAT.
SHE’RIY SAN’ATLARDAN NAMUNALAR
Adabiyot san’at turi sifatida insonga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir go‘zallik vositasida amalga oshadi. Mazkur go‘zallik esa badiiy adabiyotda so‘z orqali namoyon bo‘ladi. Biz badiiy adabiyot namunasi bilan tanishib o‘zimiz uchun shu paytgacha bilgan yoki his etgan narsalarimizdan boshqacharoq bir holatga duch kelamiz, yangilikka duch kelamiz. U oldindan ma’lum bo‘lmagani uchun bizda ichki bir qiziqish, ajablanish, hayratni uyg‘otadi. Bular badiiy asarlarning ijodkorlari bo‘lgan adib va shoirlarning mahorati tufayli sodir bo‘ladi. Ularning bir qismi bevosita she’riy san’atlar bilan bog‘liq. Quyida ularning ayrim namunalari bilan tanishmiz.
Dostları ilə paylaş: |