1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.(Atoyi)
«La’l» tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh ayni paytda, yor labidan chiqadigan iliq so‘zni ham anglatadi. Yorning labi qon kabi qip-qizil bo‘lgani uchun ham la’lga o‘xshatiladi. U ko‘chma ma’noda so‘zni ham anglatadi. Modomiki, la’l qimmatbaho tosh ekan, u so‘zni anglatganida nihoyatda mo‘tabar va qadrli so‘z nazarda tutiladi. Demak, bu yerda o‘zi ishlatilmagani holda so‘zning inson ko‘ngli uchun
naqadar aziz va qadrli ekanligi ta’kidlanmoqda. Matnda lirik qahramon ayni mana shunday noyob va nodir qadr-qimmatga mushtoq kishi sifatida ko‘rsatilgan. La’l – oshiq uchun kutilgan so‘zning qayerga ketib qolganini hech kim bilmaydi. Ehtimolki, «so‘z»ning o‘zi qo‘llanganida bayt bunchalik ta’sirli va yoqimli bo‘lmagan bo‘lar edi. Tilar el mansabi oliy va lekin, Atoyi sarvi ozodingg‘a banda.
Ushbu baytdagi istora «sarvi ozod» birikmasi orqali aks etgan. U yor qaddini, qomatini nazarda tutadi. Mazkur ifoda yor qaddining go‘zalligini, o‘ziga yarashib turishini to‘la va ta’sirchan ifoda etishi bilan kitobxon uchun ham manzur va ma’qul bo‘laveradi.
TAZOD.Tazod san’ati narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi.Atoyi she’rida yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga,oppoq yuzini esa subhi sodiqqa o‘xshatadi. Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qo‘llangani uchun ham sanamning tengsiz chiroyini kitobxon ko‘z oldida aniq va ta’sirchan tarzda tasavvur eta oladi: