Agrokimyo kirish


D.N. Prvanishnikov amidlar uglevodlar tanqisligi tufayli o’simlik tanasida ammiakni ortiqcha to’planishining oldini olishini isbotladi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə29/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

D.N. Prvanishnikov amidlar uglevodlar tanqisligi tufayli o’simlik tanasida ammiakni ortiqcha to’planishining oldini olishini isbotladi. Tarkibidagi uglevod zaxirasi kam urug’lar, masalan, qand lavlagining unib chiqishida o’simlik tanasiga ortiqcha miqdorda kiradigan ammiak, kislotalar sintezida to’la sarflanmaydi, to’qimalarda to’planib, o’simlikni zaharlaydi. Urug’i uglevodlarga boy o’simliklar (masalan, kartoshka) ammiakni tez o’zlashtiradi va tuproqqa ammiakli — azotli o’g’itlarni kiritish ularga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
  • Demak, azotli organik birikmalar hosil bo’lishi va parchalanishining murakkab zanjiri ammiakdan boshlanib, ammiakda tugaydi. Shu bois akademik D.N. Pryanishnikov ammiak o’simliklarda azot moddalari almashinuvining alfasi ham, omegasi hamdir degan edi.



    1. O’simliklarda azotli moddalar almashinuvi butun vegetatsiya davrida sodir bo’ladi, lekin lining sur’ati va xarakteri o’sish hamda rivojlanishning turli davrlarida turlicha kechadi. Masalan, urug’ning unish jarayonida endosperma va urug’ palladagi zaxira oqsil aminokislotaga qadar parchalanadi. Ularning oksidlanishidan ammiak hosil bo’ladi va u aminokislotalar hamda amidlar, keyinchalik oqsil va boshqa organik birikmalarning sintezida ishtirok etadi. O’simlikda fotosintezga qobil yashil barg paydo bo’lgach, oqsil sintezi tashqi muhit (tuproq) dan >‘utiladigan azot hisobiga ketadi. Tuproqdan eng ko’p azot o’simliklar jadal rivojlanib, tana qo’yadigan davrda o’zlashtiriladi. Ayni paytning o’zida oqsilning parchalanishi ham sodir bo’ladi: yosh, o’sayotgan a’zolarda oqsil sintezi ustunlik qilsa, qari, o’sishdan to’xtagan a’zolarda oqsilning parchalanishi kuchliroq namoyon bo’ladi. Azot almashinuvi jadalligiga bog’liq ravishda o’simlik tanasining turli a’zolarida azotning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Masalan, jismonan charchagan a’zolarida, asosan qari barglarda oqsil gidrolizi sodir bo’ladi va gidroliz mahsulotlari yosh a’zolar tomon harakatlanadi. Urug’ shakllanadigan davrda bargdagi oqsil moddalar jadal parchalanib, hosil bo’ladigan aminokislotalar pishib yetilayotgan urug’larga oqib o’tadi va shu yerda oqsilga aylanadi.


    2. Turli o’simliklar yalpi azot miqdori bilan bir-biridan farq qilishi tabiiy, lekin bitta o’simlikning turli a’zolari ham turlicha miqdorda azot tutadi. Barglar (ayniqsa, yosh barglar) azotga boy bo’lib, poya va ildizlarda lining miqdori birmuncha kamdir.


    3. Azot bilan oziqlantirish sharoitlari o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Azot tanqis bo’lgan sharoitda o’simlikning o’sishi keskin sekinlashadi. Barglari maydalashib, och yashil tus oladi, ancha erta sarg’ayadi. Poyasi ingichka tortib, yaxshi shoxlamaydi. Hosil organlariningshakllanishi, rivojlanishi va donning quyilishi yomonlashadi.


    4. Azot bilan me’yorida oziqlantirilgan o’simliklarda oqsil moddalar jadal sintezlanadi, o’simlikning o’sishi va hayot faoliyati kuchayadi, uzoq davom etadi, barglarning qarishi sekinlashadi, baquvvat poya va to’q yashil tusdagi barglar shakllanadi, o’sish, shoxlanish hamda hosil organlarining rivojianishi yaxshilanadi. Natijada hosil va uning tarkibidagi oqsil miqdori ko’payadi. Lekin o’sish davrida bir tomonlama, faqat azot bilan oziqlantirishga ruju qo’yish hosilning pishib yetilishini orqaga suradi, o’sish organlari kuchli rivojlanib, o’simlikning “g’ovlab ketishi” ga sabab bo’ladi.


    5. Oqsil miqdorining ortishi hosil sifatini yaxshilaydi, lekin azotli moddalar miqdorining ko’payishi hamma vaqt ham mahsulot qimmatini oshiravermaydi. Masalan, qand lavlagi o’suv davrining oxirida azot bilan mo’l oziqlantirilsa, ildizda ko’p miqdorda nooqsil azotli birikmalar, aminokislotalar to’planadi, qaysiki, ildizmevadagi qand miqdorini kamaytirib yuboradi. Hosil sifati, shuningdek, qo’llaniladigan azotli o’g’it turiga ham bog’liq. Chunonchi, ammiakli azot bilan oziqlantirilgan o’simlik hujayrasining qaytaruvchanlik, nitrat shakldagi azot qo’llanilganda esa oksidlovchanlik qobiliyati kuchayadi.



    1. D.N. Pryanishnikov va shogirdlarining tadqiqotlari asosida o’simliklar hayotida ammiak hamda nitrat shakldagi azot teng kuchli ekanligi aniqlangan. Lekin o’simliklarning ammiak yoki nitrat shakldagi azotni o’zlashtirishi qator ichki va tashqi omillarga, xususan, ekinning biologik xususiyati, uglevodlar bilan ta’minlanganlik darajasi, tuproq muhiti, mikro- va makroelementlarning mavjudligi bilan chambarchas bog’liq. Tuproq muhiti mo’tadil bo’lsa, o’simliklar ammiak shakldagi azotni nitratlarga qaraganda yaxshi o’zlashtiradi, nordon muhitda esa, aksificha, nitrat shakldagi azot yaxshiroq o’zlashtiriladi. Tuproqda kalsiy, magniy va kaliyning ko’p bo’lishi ammiak azotini, fosforning mo’lligi esa nitratlarning o’zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tuproqda molibden tanqisligi nitratlarning qaytarilishini sekinlashtiradi va o’simliklarning ayni shakldagi azotni assimilatsiyalashini cheklaydi.


    2. Urug’dagi azotning asosiy qismi (yalpi miqdorining 90% ga yaqini) oqsillar tarkibiga kiradi. O’simlik oqsilida 14—18%, o’rta hisobda 16% azot mavjud. Demak, urug’dagi azotning nisbiy miqdori oqsil miqdoriga bog’liq va uning taxminan 1/6 qismini tashkil qiladi. Dukkakli va moyli ekinlar urug’i tarkibida oqsil, binobarin azot miqdori ko’p, boshoqli ekinlar donida esa kam bo’ladi.






    Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin