Alisher Navoiy Nizomiddin Mir Alisher Taxallus



Yüklə 280,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix21.04.2022
ölçüsü280,22 Kb.
#55884
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
alisher navoiy - wikipedia

 

Ijod og’ushida. 

Alisher Navoiy she’rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham 

she’r yozishni to’xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag’bat va hurmat bilan qaradilar. Shoh 

Husayn Bayqaroning o’zi unga rahnamolik qildi. Ulug’ shoirning ilk she’riy devonini muxlislari 

tuzgan bo’lsalar, birinchi devoni — «Badoye ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni 1472—1476 

yillarda shohning amri va istagiga ko’ra o’zi kitob qildi. 1485—1486-yillarda ikkinchi devon — 

«Navodir un-nihoya»(«Nihoyasiz nodirliklar») maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481—1482-

yillarda «Vaqfiya» asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini ta’min qilmoq 

uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, 

birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141—1209) dan keyin shoirlik 

qudtarining mezoniga aylanib qolgan «Xamsa» yaratish edi. Nizomiyning «Panj ganj» nomi 

bilan tarixga kirgan «Xamsa»si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: «Maxzan ul — asror»(«Sirlar 

xazinas»), «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayf paykar»(«Yetti go’zal»), 

«Iskandarnoma». Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253—1325) javob qildi. U o’z 

dostonlarini «Matla ul-anvor» («Nurlar boshlanishi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», 

«Hasht behisht»(«Sakkiz jannat»), «Oynayi Iskandariy» (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin 

bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand bo’ldilar. 

O’z xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi. 

Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga 

tezlikda kirishishga undaydi, uning o’z kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. 

Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda o’z «Xamsa»sini yoza boshlab, 1485-

yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 

oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba «Xamsa» yaratiladi. Olimu fuzalo — barcha bu 

hodisani zo’r olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye’»sidan: 

"Shoh Navoiyga: «Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan ko’pdan hal bo’lmay keladi, shuni 

bugun bir yoqlik qilaylik», deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning 

muridi bo’lishini ko’pdan orzu qilar va uni «pirim» deb atar edi. 



Alisher esa har gal: «Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap bo’ldi! Aslida — biz muridmiz, siz — 

hammasiga pirsiz», der edi. Endi Sulton Husayn Alisherdan so’radi: — Pir nima-yu, murid 

nima? 

Alisher javob berdi: 



 

Pining tilagi — muridning tilagi bo’lishi kerak.  

 

Shunda Sulton Husayn o’zining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopag’on 



edi.  

Sulton Husayn aytdi: 

 

Siz murid, men murid bo’ladigan bo’lsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.  



Alisher noiloj otga minishga majbur bo’ladi. Ot g’oyat asov bo’lib, shohdan boshqani o’ziga 

yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog’ini uzangiga qo’yishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton 

Husayn otiga o’shqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga o’tirishi bilan 

Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan 

ko’tarib oldilar. Tarihda bunday hol ko’rilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik 

qilmas edi. 1480—1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr bo’ldi. Shoir «Xamsa» 

dan keyin ko’p o’tmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yilda yozgan «Tarixi mulki 

ajam» («Ajam shohlar tarixi») shularning biri edi. Bu asar «Muhokamat ul-lug’atayn»da 

«Zubdat ut-tavoxir»(«Tarixlar qaymog’i») deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri, 1490-

yillarning boshida Navoiyning yaqin do’stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), 

Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga 

bag’ishlab «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon 

Muhammad» asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo’lib, shoirning bu ulug’ zamondoshlari 

haqidagi memuar xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491-yilda muammo janriga bag’ishlangan 

«Risolayi muammo» (ikkinchi nomi «Mufradot») risolasini yozi. Navoiy zamonasida muammo 

janri keng tarqalgan bo’lsa — da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy o’zbek tilida muammo 

yozgan ilk o’zbek shoirlaridan bo’ldi. «Xazoyin ul-maoniy»ga uning 52 muamosi kiritilgan. 

Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar. Navoiyning 1490-yillardagi eng 

katta xizmatlaridan biri «Xazoin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»)ni tuzish bo’ldi. 1492—1498-

yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan she’riy kulliyot shoirning turkiy tilda 

yozilgan deyarli barcha lirik she’rlarini qamrab olgan edi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha 

bo’lgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini «G’aroyib us-

sig’ar»(«Yoshlik g’aroyibotlari») deb atadi. 


Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin