Moddaning tarkibini aniqlash uchun gorelkaning rangsiz alangasiga ayni elementning biron birikmasi kiritiladi. Bunda alanga ayni elementga xos rangga boyaladi yoki bura qo’shib suyultirilganda rangli «munchoqlar» hosil bo’ladi. Ba‘zi bir moddalar sifat jihatdan analiz qilinayotganda ularning uchuvchanligidan sublimatlanishidan foydalaniladi. Masalan, simob tuzi bilan Na2CO3 aralashmasi probirkada qizdirilsa, simob tuzi parchalanib probirkaning sovuq devorlarida kul rang tusdagi yaltirash ko’zatiladi, chunki simob metalining mayda tomchilaridan iborat cho’kma hosil bo’ladi. Bunda quyidagicha reaktsiya boradi: to HgCI2 + Na2CO3 →HgCO3+2NaCI t0 HgCO3 →HgO +CO2 to 2HgO→2Hg + O2
Quruq usulda bajariladigan reaktsiyalar, asosan taqribiy tekshirishda qo’llaniladi. 3. Alanganing boyalishiga asoslangan usul. Ko’pgina elementlarning birikmalari rangsiz alangani boyaydi. Masalan: natriy-sariq, kaliy binafsha, kaltsiy-qizil-g’isht, bariy sarg’ish-yashil, mis yashil rang beradi. Bunday analiz o’tkazish uchun modda kukun holiga kelguncha maydalanadi. Shisha tayoqchaga kovsharlangan platina sim chuglangunicha qizdiriladi va darhol kukunga (modda eritmaga o’tkazilgan bo’lsa eritmaga) botiriladi. Modda yopishgan platina simni alangaga tutib, alanga rangining boyalishi ko’zatiladi va tegishli xulosa chiqariladi. 1. Mikrokristalloskopik analiz usuli. Kimyoviy reaktsiyalar yordamida elementlarning shunday birikmalari hosil qilinadiki, ularning kristallari aniq geometrik shaklga ega bo’ladi. Hosil qilingan kristallarning shaklini aniqroq kuzatish uchun mikroskoplardan foydalaniladi. 1. N.A.Tananaevning tomchilar usuli. Sezgirlik darajasi yuqori bo’lgan ayrim analitik raktsiyalar reagentlarning bir necha tomchisi bilan soat oynasi yoki filtr qog’ozi ustida o’tkazilishi mumkin. Analiz qilinadigan modda va reaktiv eritmalaridan bir tomchidan olib soat oynasi yoki filtr qog’oziga tomiziladi. Reaktsiyaning harakterli, tashqi effektidan foydalanib, eritma tarkibi to’g’risida biror xulosaga kelinadi.
Bu usul geologik, texnik va biokimyoviy analizlarda keng qo’llaniladi. 1. N.A.Tananaevning kukunsiz analiz usuli. Ko’pgina metallarning qotishmalarini analiz qilish uchun ularni avval kukun holiga keltirish yoki eritmaga o’tkazish kerak. Ammo ba‘zi bir zargarlik buyumlaridan, mashina va apparatlarning detallaridan namuna olib bo’lmaydi. Agar ana shu maqsadda N.A.Tananaev usulidan foydalanilsa, sifat analizini tez va oson o’tkazish mumkin. Buning uchun metall sirtiga uni erita oladigan biror erituvchi tomiziladi. Bunda hosil bo’lgan eritmani kapillyar yordamida metall sirtidan olib, u bilan sifat analizi o’tkaziladi. 1. Kukunlar aralashmasini ezib ishqalash usuli. F.A.Flavitskiy tomonidan taklif etilgan. Analiz qilinayotgan moddadan tahminan 0,01 g va shuncha miqdor reaktiv kukuni chinni xovonchaga solinib, aralashtiriladi va eziladi. Aralashma rangining o’zgarishidan yoki o’ziga hos hid paydo bo’lishidan aniqlanayotgan elementning birikma tarkibida borligi haqida tegishli xulosa chiqariladi. Masalan temirning kukun holidagi biror tuziga rodanid tuzi kukuni qo’shib ezilsa, qizil rang hosil bo’ladi. (chunki Fe(SCN)3 qizil rangli modda) yoki ammoniyli biror to’zga ishqor qo’shib ishqalansa ammiak hidi keladi.
Nazorat savollari 1. Analitik kimyo fani va uning usullari to’g’risida tushuncha bering? 2. Analitik kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati nimadan iborat? 3. Analitik kimyoning rivojlanish davrlari to’g’risida fikrlaringizni bildiring? 4. Sifat analizi usullari? 5. Analitik reaktsiyalarning o’tkazish usullari? 6. Kimyoviy usullarning mohiyati nimalardan iborat? 7. Fizikaviy usullarga qanday usul kiradi?