An’anaviy lingvistik tahlil metodlari


II BOB. AN’ANAVIY METODLAR TASNIFI



Yüklə 46 Kb.
səhifə6/13
tarix09.08.2023
ölçüsü46 Kb.
#138999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ananaviy tahlil metodlari 222]

II BOB. AN’ANAVIY METODLAR TASNIFI
2.1 Sinxronik formal tavsifiy metod, qiyosiy-chog`ishtirma tavsifiy usul
Tilshunoslikda lingvistik tadqiq metodi juda ko`pdir. Tom ma`noda tilshunoslik tarixi - bu tilni tadqiq etish usullarining bosqichma-bosqich almashinib, yangilanib borish, bir-birini to`ldirib, til mohiyatiga chuqurlasha borish tarixidir; tilshunoslik tarixiga bag`ishlangan har qanday tadqiq va qo`llanma ayni zamonda tilning tadqiq metodlari masalalarini ham o`z ichiga oladi. Tadqiq metodlari tilshunoslik yo`nalishini belgilashi va ilmiy maktab ko`p hollarda metod nomi bilan atalishi sababli "Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik", "Naturalistik tilshunoslik" , "Komparativistika", "Geneologik tilshunoslik", "Formal tilshunoslik", "Funksional tilshunoslik", "Areal tilshunoslik", "Struktur tilshunoslik", "Deskriptiv tilshunoslik", "Matematik tilshunoslik", "Kompyuter tilshunosligi", "Psixologik tilshunoslik" (psixolingvistika) v. h. kabi yo`nalishlarga bag`ishlangan ish va fayl-u saytlarda shu yo`nalish uchun yetakchi bo`lgan tadqiq metodlari haqida ma`lumot olish mumkin.

Sinxronik formal tavsifiy metod XX asrning 40-yillaridan deyarli hozirgacha hozirgi o`zbek ta`limiy tilshunosligida (ya`ni "Ona tili" va "Hozirgi o`zbek adabiy tili" o`quv fanlari darslik va qo`llanmalarida) o`z aksini topgan tasvir usuli bo`lib, uning ildizlari X1X asrning oxirlari XX asrning boshlarida shakllangan Moskva (formal) lingvistik maktabiga (buyuk namoyandalari Filipp Fortunatov, Aleksey Shaxmatov, Aleksey Peshkovskiy, Viktor Vinogradov) borib taqaladi. Turkiyshunoslar Nikolay Dmitriyev, Nikolay Baskakov, Yevgeniy Polivanov, Aleksandr Borovkov, Andrey Kononovlar bu metodni fanimizga olib kirdilar. Lekin ulardan ham oldinroq bu tavsif usulidan X1X o`rtalarida yozilgan "Oltoy tili grammatikasi" (bosh myallif ko`rsatilmagan bo`lsa-da, u Nikolay Ilminskiy /1822–1891/ bo`lgan) mualliflari foydalanishgan.

O`zbek tilshunosligida bu tadqiq usulining yetuk namoyandalari Ayyub G`ulomov, Zokir Ma`rupov, Faxri Kamolov, Sobirjon Ibrohimov, G’anijon Abdurahmonov, Mazluma Asqarova, Mustaqim Mirzayev, Fattoh Abdullayev, Shonazar Shoabdurahmonov, Azimjon Hojiyev 93 , ularning ko`p sonli shogird va izdoshlaridir.


Bu metodning asosiy tamoyillari:
- tilga ijtimoiy hodisa sifatida yondashish,
- til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlamay, birgalikda tavsiflash,
- tilning ma`lum bir davrdagi turg`un (statik) holatini tavsiflash,
- falsafiy tushunilgan shakl (moddiy tashqi, zohiriy belgi, forma) - chunonchi so`z yoki qo`shimchaning shakli, tovushlarning talaffuz xususiyatlari - umuman, til birliklarining his organlariga ta`sir etadigan tomonlariga tayangan holda ularning turli qurshovlardagi shakliy, ma`noviy va vazifaviy xususiyatlarini tavsiflash, kuzatish natijasida qo`lga kiritilgan hodisalarni sistemalashtirish.
Bu metodning metodologik asosi fahmiy (empirik)-nominalistik-materialistik bo`lib, hodisalarni sistemalashtirish ratsional (idroliy) usullarda amalga oshirladi.
Shu metod bilan hozirgi o`zbek adabiy tilining, o`zbek xalq sheva va lahjalarining, XI–XIX asr yozma yodgorliklarining, alohida adiblarning tili va uslubi xususiyatlari tavsiflandi, alohida sathlar va davrlarning mukammal tavsifini beruvchi ulkan tadqiqotlar, turli murakkablikdagi grammatika, darslik, qo`llanmar, lug`at, o`quv-tadrisiy adabiyotlar yaratildi, nazariy izlanishlar amalga oshirildi va keng ommalashtirildi. Yaqin kunlargacha "Muosir ( ma`nodoshlari - yangi / zamonaviy / hozirgi / XX asr / sovet v. h. ) o`zbek tilshunosligi" deganda, asosan, shu tadqiq usuli bilan amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar va ularning mahsuli tushunilar edi. Buning sabablari, jumladan, sovet tilshunosligida hukm surgan va ma`ruzalarimining ikkinchi bo`limida qisman muhokama etilgan sovet fetishizmi bilan bog`liqdir.
Bu metod fanimizda statistik ( matemamik) va eksperimental (akustik va rentgenografik) tahlil usullari bilan murakkablashtirilgan ko`rinishlarda ham qo`llaniladi. Uning statistik tahlil korinishi sohasida Bahrom Bafoyev (Alisher Navoiy asarlari leksikasi), Xosiyat Nazarova (Bobur asarlari leksikasi ), Sunnatilla Rizayev (turli xil matnlarda harflar, so`zlar chastotasi, bo`g`in turlari), Ilya A. Kissen (so`zlar chastotasi), Ziyodulla Hamidov, Nurmatulla Ahmatov, Rashid Zohidov, Noibaxon Mamadaliyeva (ayrim yozma yodgorliklar leksikasi), eksperimental fonetika sohasida Soraxon Otamirzayeva, Ahmadjon Mahmudov kabi tadqiqotchilar ancha ishlarni amalga oshirishdi.

Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin