Андижон машинасозлик институти


Diplom loyihasi ishining ob’ekti



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə4/24
tarix14.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#69013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Texnologik mashinalar va jihozlar

Diplom loyihasi ishining ob’ekti: O'zAutoAustem korxonasining Payvandlash bo‘limi
Diplom loyihasi ishining maqsadi: "T-250" avtomobilini oldi o‘ng boshqaruv richag qismini yig‘ish va payvandlash texnalogik jarayonini o‘rganish.
Diplom loyihasi ishining predmeti: "T-250" avtomobilini oldi o‘ng boshqaruv richag qismi.
Diplom loyihasi ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism, "T-250" avtomobilini oldi o‘ng boshqaruv richag qismini payvandlash texnologiyasi, konsruktorlik qismi, iqtisodiy qismi, mehnat muhofaza qismi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishi kompyuterning WORD tizimida yozilgan.
1.1. Korxona haqida umumiy ma’lumotlar.
Andijon shahrida joylashgan Ma’suliyati CHeklangan Jamiyat shaklidagi «O`ZAUTO-AUSTEM» Qo‘shma Korxonasi, Janubiy Koreyaning «AUSTEM Co.LTD» korxonasi va «O‘ZAVTOSANOAT» aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida imzolangan kelishuvdan so‘ng 2011 yil fevral oyida tashkil etilgan va 2012 yil 20 sentyabr kunidan rasman o‘z faoliyatini boshladi.
Qo‘shma korxona «GM-UZBEKISTAN» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Lacetti, Cobalt va Spark rusumli zamonaviy avtomobillarini shassi qismlari va disklari bilan ta’minlab berish uchun tashkil etilgan. Ushbu tashabbus orqali avtomobil detallari import xajmini qisqartirish va bu bilan davlat valyuta zahirasini tejab qolish, shuningdek yangi ishchi o‘rinlarini yaratish mo‘ljallangan.
Qo‘shma korxonada asosan avtomobil shassi qismlari va disklari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari Neksiya R3 avtomashinasi uchun boshqaruv richaglari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.
2014 yildan boshlab qo‘shma korxonada ISO/TS 16949:2009 hamda ISO 9001:2008 xalqaro standartiga muvofiqlik sifat tizimi yo‘lga qo‘yilagan. Ushbu tizimni boshqarishni yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, korxonada ko‘ptarmoqli sifat tekshirish tizimi, hom-ashyo sifatini, uni kirib kelishidan tortib to korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor maxsulotgacha bo‘lgan davrni nazoratini kuchaytirish imkoniyatini berdi.
Qo‘shma korxonada hozirgi vaqtda 300 ga yaqin malakali ishchilar faoliyat yuritib kelmoqda va hozirda yiliga 900 ming dona avtomobil disklari va 123 ming jamlamadagi shassi qismlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.
MCHJ «O`ZAUTO-AUSTEM» QK da ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasining asosiy avtomobil ishlab chiqaruvchisi «GM-UZBEKISTAN» AJ avtomobil zavodiga, shuningdek Respublika hududidagi xizmat ko‘rsatuvchi servislarga etkazib berish bilan birga Rossiya, Qozog‘iston hamda Ozarbayjon kabi hamdo‘stlik davlatlariga eksport qilinmoqda.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin