Angren universiteti ―ijtimoiy-gumanitar fanlar‖ kafedrasi


Arzon uy-joylar barpo etish bo‗yicha maqsadli dasturlarni amalga



Yüklə 252,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix24.12.2023
ölçüsü252,47 Kb.
#192096
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Arzon uy-joylar barpo etish bo‗yicha maqsadli dasturlarni amalga 
oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta‘minlovchi yo‗l-
transport, 
muhandislik-kommunikatsiya 
va 
ijtimoiy 
infratuzilmani 
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:
Aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan 
fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash 
sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq 
joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash; 
Aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta‘minlanish darajasini 
oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va 


25 
samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali 
qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan ta‘minlashni tubdan 
yaxshilash; 
Odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta‘minlash, maishiy 
chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, 
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo‗q qilish 
bo‗yicha zamonaviy obyektlar bilan ta‘minlash; 
Aholiga transport xizmati ko‗rsatishni tubdan yaxshilash, yo‗lovchi 
tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini 
kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va 
avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish; 
Yo‗l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, 
eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‗llarini rivojlantirish, xo‗jaliklararo qishloq 
avtomobil yo‗llarini, aholi punkti ko‗chalarini kapital va joriy ta‘mirlash; 
Yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini 
modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator 
punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg‗i-
energiya resurslari bilan ta‘minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan 
energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‗yicha chora-tadbirlarni 
amalga oshirish; 
Teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va muzeylar 
faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash. 

Yüklə 252,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin