21
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini
himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‗batlantirishga qaratilgan
institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni
ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‗lidagi barcha to‗siq va
cheklovlarni bartaraf etish, unga to‗liq erkinlik berish, ―agar xalq boy bo‗lsa,
davlat ham boy va kuchli bo‗ladi‖ degan tamoyilni amalga oshirish;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat,
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy
aralashuvlarning qat‘iy oldini olish;
Davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-
taomillarini soddalashtirish, xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ustav
jamg‗armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan
obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish;
Investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari
va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‗g‗ridan to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni faol
jalb qilish;
Korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish,
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
Tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‗yicha
tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda
davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan
chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat,
22
jamoat tashkilotlari va joylardagi o‗zini o‗zi boshqarish organlarining rolini
oshirish.
Dostları ilə paylaş: |