Ma‘muriy,
jinoyat,
fuqarolik
va
xo‗jalik
qonunchiligini
takomillashtirish:
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va
liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va
ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish;
Odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish,
ma‘muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‗jalik sud ish yurituvining protsessual
asoslarini takomillashtirish;
Jinoyat, fuqarolik va xo‗jalik ishlarini ko‗rib chiqish tartibini
takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;
Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va
usullarini joriy etish.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini
olish tizimini takomillashtirish:
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish
borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
Diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa
shakllariga qarshi kurashish bo‗yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;
Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini
takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini
oshirish;
Aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat
tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan
o‗zaro samarali hamkorligini tashkil etish.
16
Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali
rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash
hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish;
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini o‗qitish,
tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish
tizimini takomillashtirish;
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari orasida
huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo‗yicha
idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning
huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‗lgan ishonchini mustahkamlash.
|