12
2. 2017 — 2021-yillarda o‗zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha
Harakatlar strategiyasi
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor
yo‗nalishlari
Demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirish
va
mamlakatni
modernizatsiya qilishda oliy majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada
kuchaytirish:
Davlat hokimiyati tizimida oliy majlisning rolini oshirish, uning mamlakat
ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati
faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‗yicha
vakolatlarini
yanada kengaytirish;
Qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta‘sirini kuchaytirishga
yo‗naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;
Siyosiy
tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‗rtasida sog‗lom
raqobat muhitini
shakllantirish.
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
Davlat
boshqaruvini
markazlashtirishdan
chiqarish,
davlat
xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta‘minot darajasini
oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat
ishtirokini bosqichma-
bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh
qilish;
Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‗yicha
vazifalarni amalga oshirishda o‗zaro manfaatli hamkorlikning samarasini
oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning
zamonaviy mexanizmlarini
joriy etish;
13
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini
ta‘minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning
zamonaviy shakllarini
joriy etish;
―Elektron hukumat‖ tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari
ko‗rsatishning
samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda
tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
Dostları ilə paylaş: