39
XULOSA
Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning
strategik va ustuvor
yo‗nalishlarini belgilash
maqsadida Farmon asosida, O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‗yicha Milliy
komissiya tuzilmoqda. Ushbu yo‗nalish doirasida
barcha huquqni muhofaza
qilish va nazorat
organlari, davlat hamda xo‗jalik boshqaruvi organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‗lga
qo‗yish chora-tadbirlarini ro‗yobga
chiqarish, aholi
ularga erkin murojaat eta
olishini ta‘minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari
buzilganligi to‗g‗risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‗z
vaqtida olinishini
ta‘minlash nazarda tutilmoqda.