O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA – QURILISH INSTITUTI
QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI
“Qurilishda menejment” KAFEDRASI
«Tarmoq iqtisodiyoti va Menejment » fanidan Taqdimot MAVZU: Davlat boshqaruv tizimi
Reja: 1. Davlatning boshqaruv shakli;
2. Davlat tuzilish shakli;
3. Davlatning siyosiy tartibi.
Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar.
1.Davlat boshqaruv shakli. Davlat jamiyatining siyosiy, ho’jalik va madaniy hayotga rahbarlik qiluvchi davlat organlariga ega. Masalan; O’zbekistonda Oliy davlat hokimiyat organi Oliy Majlis, mahalliy davlat hokimiyat organlari, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlaridir. Siyosiy ijro etuvchi organ- davlat boshlig’i va vazirlar mahkamasining raisi Prezident, mahalliy ijro etuvchi organ- viloyat, tuman va shahar hokimlaridan iborat. O’zbekiston huquqni muhofaza organlari mavjud. Bu organlarning chiqaorgan normativ va huquqiy hujjatlari jamiyatning barcha a'zolari uchun majburiydir.
Davlat huquq va huquqiy normalar qabul qiladi. Bularni bajarish barcha fuqarolar uchun, jamiyatning barcha siyosiy tashkilotlarining a'zolari uchun majburiydir.
Har bir davlat hududida milliy davlat tizilining mavjudligi. Masalan; O’zbeksiston Respublikasida davlat tili o’zbek tilidir. Davlat ishlari, barcha jamiyatning siyosiy tashkilotlarida ishlar davlat tilida olib boriladi.
Davlat xokimiyatining oliy organlari qanday yo’zaga keladi, u xududiy jixatdan qanday printsiplarga asosan qurilgan, ular o’zaro va aholi bilan qanday aloqada bo’ladi hamda harakat qiladi, ular qaysi usullarga binoan amalga oshiriladi, degan savollarga davlat shakli javob beradi.
Davlatning shakli deganda – boshqaruv, davlat tuzilishi va siyosiy rejimi kabi elementlarni o’z ichiga olgan hususiyatlariga aytiladi.