«Tarmoq iqtisodiyoti va Menejment» fanidan Taqdimot mavzu



Yüklə 8,65 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü8,65 Kb.
#183432
1   2   3
Davlar Boshqaruvi

2. DAVLAT TUZILISH SHAKLI
Davlatning amal qilish tarixi shu narsani kursatadiki, turli xil davlatlar bir-biridan o’zlarining ichki tuzilishi jixatidan farq qilgan, jumladan: xududiy bo’linish uslublariga ko’ra (ma'muriy-xududiy bo’linmalar, siyosiy avtonom bo’linishlar, davlatning tashiliyligi va b.), va davlat xokimiyatining markazlashuvi darajasi bo’yicha (markazlashgan, demokratik sentralizm printsipiga asosan tashkil etilgan va b.).
Davlat tuzilishi – bu davlat xokimiyatining ma'muriy – xududiy tuzilishi bo’lib, davlatni o’zining tashkil etuvchilariga bo’lgan munosabatining harakteri tushiniladi. Davlat tuzilish shakli- bu har bir davlatning siyosiy va ma'muriy-hududiy tuzilishi, davlat oliy organlari bilan mahalliy organlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlardir.
Unitar yoki oddiy davlat tuzilishi ma'muriy-hududiy qismlarga bo’linib, yagona oliy organga, hukumatga, konstitutsiyaga, fuqarolikka, o’zining hududiga, davlat chegarasiga va qonuniylikka ega bo’ladi. Masalan; Angliya, Frantsiya, Italiya, O’zbekiston, Ukraina, Qozog’iston davlat tuzilishi shakli bo’yicha unitar davlatdir.
Federatsiya deb aniq ilmiy ma’noda shartnoma va konstitutsiyaga asoslangan davlatlar ittifoqiga aytiladi. Shuning uchun ham federatsiya faqatgina mustaqil davlatlarning birlashmasi bo’lishi mumkin. Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlarning tuzilmalarini uning sub'ektlari deyiladi.Bu sub'ektlar o’zlarining konstitutsiyalariga, fuqarolariga, xususiy oliy davlat organlariga (qonunchilik, ijro, sud xokimiyatlari) ega bo’lishlari mumkin.
Konfederativ davlat ma’lum maqsadlarni amalga oshirish maqsadida muhim- iqtisodiy, mudofaa masalalari bo’yicha tuziladigan davlatlar ittifoqiga aytiladi.
3.SIYOSIY TARTIB.
Siyosiy rejimbu siyosiy xokimiyatni amalga oshirish usullari (metodlari) bo’lib, jamiyatning siyosiy natijaviy axvoli,ya'ni har xil siyosiy kuchlarning qarama-qarshiliklari va o’zaro harakatlaridan hamda turlicha siyosiy institutlarning amal qilishidan mujassamlashadigan vav demokratizm yoki antidemokratizm bilan tavsiflanadigan usullar yig’indisidan iborat.

Yüklə 8,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin