Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
uzb-2019 3-son

“Mehnat sen o‘ylaganingday 
mashaqqat emas. Sen ham mehnat qilib non yeganing
-
da uning qanday shirin bo‘lishini bilarding. Mehnatning 
tagi rohat, deydilar. Ishonmasang, buni o‘zing sinab 
ko‘rishing mumkin”,
degan gapidan shubhalanadi. Bu 
o‘rinda ham Jin bilan Dehqon taqqoslanadi. Dehqon 
yolg‘on gapirmaydi. Jin esa yolg‘on gapirishi mumkin.
Pedagog tomonidan beriladigan navbatdagi 
“Nima 
deb o‘ylaysiz, nima uchun jin baliq pishirishni bilmadi?” 
degan savolga ham ertak matnida tayyor javob yo‘q. 
Unga ham bolalar o‘zlarining saviyasi va intellektual im-
koniyatlaridan kelib chiqib javob berishlari talab qilina-
di. Ma’lumki, jin bunday ishlarni o‘zining “kuf-suf” yoki 
“abraka-dabra”lari bilan muhayyo qilib o‘rgangan. Hech 
qachon mehnat qilmaganligi uchun baliq pishirishni 
ham bilmaydi. Chunki baliq pishirish – bilim, mehnat. 
Jin bunday qobiliyatdan, mehnat qilishdan, bilimlarni 
o‘zlashtirishdan bebahra. Undan bu narsalar hech qa-
chon talab qilinmagan. Bolalar, umuman shu mazmun-
da javob beradilar. O‘qituvchi esa borini qabul qilib, 
keyingi savol-topshiriqqa o‘tadi: 
“Ertakda: “Odamlarga 
qul­ bo‘lib­ ularning­ bema’ni­ istaklarini­ ro‘yob­ga­ chiqa-
rishdan ko‘ra mehnat qilib hayot kechirgan, non top
-
gan yaxshiroq ekanini anglabdi”, degan jumla bor. Siz 
uni qanday tushundingiz?
Bu jumlaning mazmunini o‘z 
gaplaringiz bilan tushuntirib bering”. Bu o‘rinda, avvalo, 
bolalarning e’tibori 
“odamlarga qul bo‘lish”
iborasiga qa-
ratiladi. Bu gapning mazmuni so‘raladi. Bolalar Jinning 
holatidan kelib chiqib javob berishlari mumkin. So‘ngra 
Jinning qullikdagi va mustaqillikdagi hayoti qiyos laniladi. 
Bolalar uning har ikkala hayotida qilgan ishlarini sanab 
beradilar. 
Suhbat davom ettirilib: 
“Hojasi tirikligidagi Jin bilan 
oltin­ baliq­ o‘rtasida­ qanday­ ­ o‘xshashlik­ bor,­ sizning-
cha?­Jinning­oltin­baliq­taklifini­rad­etishining­sabablari­
haqida o‘ylab ko‘ring, buni qanday tushundingiz? O‘ylab 
ko‘ring-chi,­oltin­baliqning­Jinning­gaplariga­ishonmasli-
gi sababi nimada? Siz oltin baliqni tutib olganingizda un
-
dan nimalar so‘ragan bo‘lardingiz? Siz dehqonning o‘rni
-
da bo‘lsangiz Jinni qo‘yib yuborarmidingiz yoki uning 
xizmatidan foydalangan bo‘larmidingiz? Baliqchining: 
“Mehnat qilib non topib yeyish qanchalar rohat ekanini 
bilganingda edi, bu rohatni hech narsaga alish tirmagan 
bo‘lar­eding”,­degan­gaplarini­o‘z­so‘zlaringiz­bilan­ifo-
dalab bering. Dehqon bilan baliqchi o‘rtasida qan day 
o‘xshashlik bor?”
singari savollar ustida ishlanadi. 
Mashg‘ulotlarda bolalarni mustaqil fikrlashga yo‘nal
-
tirishda rivoyatlardan ham foydalanish mumkin. Ma-
salan, shoir Alisher Navoiy va shoh Husayn Boyqaro 
haqidagi “Non hidi” rivoyatini quyidagicha o‘rganish 
mumkin. 
Avval bolalar rivoyat matni bilan tanishtiriladi
3
. Asar 
ustida ish boshlaganda bolalarning diqqati rivoyatning 
ichki mohiyatini, Navoiyning shaxsini ochishga qaratil-
mog‘i lozim. Bolalar yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlar-
ga javob qidirish asnosida allomaning shaxsiy sifatlarini 
o‘zi ochsinkim, millat ulug‘larining nafaqat yozganlari, 
balki insoniy sifatlari ham o‘quvchilar ma’naviy kamoloti 
yo‘lida xizmat qilsin. 


12
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Metodik tavsiya
Millatning barkamol kishilari hayoti va ijodi ta’lim 
muassasalarida o‘quvchini o‘zbekning shunday adi-
bi bilan tanishtirish uchun emas, balki ularning asar-
lari va shaxsi misolida bilganlarini o‘ziga singdiradi-
gan, ma’naviy kamoloti yo‘lida o‘zi mehnat qiladigan
o‘zlashtirganlari orasidan muhimni nomuhimdan ajra-
tib, hayotida foydalanish qo‘lidan keladigan shaxslarni 
tarbiyalash uchun o‘rganiladi. Yuqorida tilga olingan 
rivoyat bo‘yicha:
 “Navoiy Husayn Boyqaroning nimani 
qo‘msayotganini bilish uchun nega dehqonga murojaat 
qildi­deb­o‘ylaysiz?­O‘ylab­ko‘ring-chi,­bu­nimadan­da-
lolat beradi? Siz yangi yopilgan nonning hidini tuygan
-
misiz? Uning qanaqa bo‘lishini so‘z bilan ifodalashga 
urinib ko‘ring. Navoiy qilgan ishi orqali uning qanday 
odam ekaniga baho bera olasizmi?”
kabi savol-top-
shiriqlar o‘rtaga tashlansa, bolalar fikrlay boshlaydilar, 
matn mazmuniga qayta-qayta murojaat qilib, javob 
qidiradilar. Mana shu izlanish bilim olish yo‘lida mehnat 
1
http://ertaklar.uz/kr/non-va-tilla
2
httpertaklar.uz “Bosh sahifa” Jahon_xalqlari_ertaklari
3
Kamalakning yetti jilosi. Ota-onalar uchun uslubiy qo‘llanmalar to‘plami (7 kitobdan iborat). 4-kitob. – Toshkent: Viking, 2016. 
24-bet.
qilish bo‘ladi. Mehnat bilan o‘zlashtirilgan bilim bolaning 
xotirasiga emas, ruhiyatiga o‘rnashadi. 
Ta’lim muassasalarida bolalarni badiiy asarlar bi-
lan tanishtirishda ular ustida shu tariqa ishlash, savol 
va topshiriqlar ko‘magida har bir asarning mohiyatiga 
kirish, bundan zavq olish orqaligina bolalarda badi-
iy asar o‘qishga moyillik paydo qilish mumkin. Badiiy 
asardan zavq olgandagina odam uni qayta o‘qishga 
ehtiyoj sezadi. Inson tabiatan ko‘ngliga huzur bag‘ishla-
gan ishgagina yana ishtiyoq sezadi. Bolalarni shunday 
vaziyatlarga sola bilish, bugungi tarbiyashunoslikning 
maqsadiga muvofiq keladi. Aks holda, badiiy adabiyot 
bolalarga hech narsa bermaydi, eshitilgan joyida qolib 
ketaveradi. 
Xulosa qilib aytganda, ta’lim muassasalarida bo-
lalarni mustaqil mulohazaga yo‘naltirishda badiiy matn-
larning turfa xillaridan, yuqoridagi kabi turli metodlardan 
foydalanish belgilangan maqsad yo‘lida samaraga eri-
shish mumkinligini ko‘rsatadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin