Асосий воситалар эскириши хисоби ва аудити


 Asosiy vositalarga tamartizatsiya hisoblash usullari



Yüklə 335,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix13.04.2023
ölçüsü335,23 Kb.
#97073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
asosiy vositalar hisobi

 
3. Asosiy vositalarga tamartizatsiya hisoblash usullari 
Amortizatsiyani hisoblash usuli korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra 
aniqlanishi va bir hisobot davridan ikkinchi davrga izchillik bilan qo‘llanilishi 
va taqvimiy yil davomida o‘zgarmasligi lozim (5-son BHMSning 43-bandi), 
korxona qayta tashkil etilgan, uning mulkdorlari almashgan, respublika qonun 
hujjatlarida o‘zgarishlar bo‘lgan hollar bundan mustasno.
1
Foydaga soliq solish maqsadlarida Soliq kodeksining 144-moddasida 
keltirilgan amortizatsiya me’yorlari qo‘llanishi kerak.
Hisobot yili davomida asosiy vositalar ob’ekti bo‘yicha amortizatsiya 
ajratmalari qo‘llaniladigan hisoblash usulidan qat’i nazar (amortizatsiyani 
hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari), yillik summaning 1/12 
miqdorida har oyda hisoblanadi. 
 
4-rasm. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash usullari 
1
Gadoev E. va boshq. Yillik hisobot-2008. Toshkent: NORMA, 2009. 74-b. 
Amortizatsiya hisoblash usullari 
 
ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan 
qoldiqni kamaytirish usuli 
to‘g‘ri chiziqli 
yillar summasi usuli (kumulyativ usul) 
ishlab chiqarish
usuli 


10 
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli. 
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining 
mohiyati shundaki, bunda amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalarni 
foydali 
ishlatish 
muddati 
mobaynida 
ularning 
amortizatsiyalanadigan 
qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi. Mazkur usulga 
muvofiq asosiy vositalar ob’ektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning 
xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan 
taqsimlanadi. Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining davom 
etishi muddatiga bog‘liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya 
ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni ob’ektdan foydalanilgan 
hisobot davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. 
Misol. Kompyuterning boshlang‘ich qiymati — 2680 ming so‘m, uning 
besh yillik foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati — 80 ming so‘m. 
To‘g‘ri chiziqli hisobdan chiqarish usuliga muvofiq mazkur vaziyatda yillik 
amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatidan 20 foizli, ya’ni 520 
ming so‘mni ((2680000-80000)/5) tashkil qiladi. 

Yüklə 335,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin