Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish I bob. Asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə10/15
tarix20.03.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#88861
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Asosiy makroiqtisodiy modållarning qiyosiy tahlili mundarija kir

2.1.2-rasm yalpi talab egri chizig`i
Bunday surilishning sababi har xil. Ma`lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizigining surilishiga asosan daromad samarasi va o`rinbosar tovarlar sabab bo`ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda iste`molchilarning pul daromadlari ko`proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste`molchi ushbu tovarni ko`proq sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo`ladi (o`rnini bosadigan tovarlar). Milliy bozorda AD- egri chizig`ining trayektoriyasi ,ya`ni uning quyiga egilganligini ,avvalo ,pulning miqdoriy tenglamasi nazariyasi yordamida izohlash mumkin :
MV=YP
Bu yerda : M- muomaladagi pulmiqdori; V–pulning aylanish tezligi; P –iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi. Bu tenglamadan:
P=MV/Y va Y=MV/P tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko`rinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, real YAIM hajmiga talab shuncha past bo`ladi, ya`ni pul massasi M va apulning aylanish tezligi V o`zgarmas bo`lsa, baholar darajasi va yalpi talab o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud bo`ladi.
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish,analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi. .Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‘ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni,minglab ko‘rsatkichlarni alohida-alohida o‘rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o‘ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqiy usullaridan foydalaniladi. Agregatlash, ya’ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat ko‘rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi,ularga bo‘lgan talab va ularni taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat ko‘rsatkichlar hisoblangan baholarning o‘rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun to‘lov stavkalari umumlashtirilib, ularning o‘rtacha miqdori bozor foiz 8 stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat ko‘rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir. Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi miqdoriy, sabab-oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar ko‘rinishida ifodalaydi. Bunga yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‘zida ham grafik ko‘rinishda, ham algebraik formula ko‘rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin. AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida o‘zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o‘rganilsa, Fillips egri chizig‘i yordamida ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilinadi. Yuqorida sanab o‘tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda qo‘llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empiric koeffitsientlar, turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab bo‘lmasin, ma’lum darajada mavhumlikka yo‘l qo‘yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim, ya’ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo‘lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amaldva esa barcha mamlakatlar tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni to‘la-to‘kis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo‘lgan ko‘p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Global tovar bozorlaridagi noaniqlik va beqaror vaziyatni, ko‘plab yirik mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasaygani hamda boshqa jiddiy tahdidlarni e’tiborga olib, Davlat o‘z iqtisodiy siyosatini qanday murakkab sharoitlarda amalga oshirishi kerakligini yaxshi anglaydi. Shuning uchun makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘zini oqlagan chora-tadbirlar va mexanizmlardan foydalanish masalalari ustuvor vazifa sifatida saqlanib qoladi. Umuman olganda, mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga,xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifalarini amalga oshirish yo‘lida 2017- yil 7- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida makroiqtisodiy kompleksda o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar mavjudki, Harakatlar strategiyasida ushbu muammolarni bartaraf etish ko‘zda tutilgan. Bunday muammolarga milliy valyuta va ichki baholarning barqarorligi, valyuta kursining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etishi, tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z ixtiyoridagi xorij valyutadan erkin foydalana olmayotgani, naqd va naqd pulsiz to‘lovlarda farqning mavjudligi, tijorat banklarining barqarorligi va moliyaviy holatini mustahkamlash, aholining banklarga bo‘lgan ishonchini oshirish kabilar iqtisodiy rivojlanishga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda bu borada qator choratadbirlarni amalga oshirish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. 2017 – 2021- yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin