Asosiy makroiqtisodiy modållarning qiyosiy tahlili mundarija kir
II.Bob. Makroiqtisodiy modellashtirishning O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni.
2.1 Makroiqtisodiy modellashtirishning O’zbekistondagi tatbiqi Makroiqtisodiy model tavsifi Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat ko`rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir. Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi miqdoriy, sabab- oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar ko‘rinishida ifodalaydi.
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig`ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o`sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o`zida ham grafik ko`rinishda, ham algebraik formula ko`rinishida tasvirlash mumkin. Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan ko`p o`zgaruvchili bo`lishi mumkin.AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta`sirida o`zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o`rganilsa, Fillips egri chizig`i yordamida ishsizlik va inflatsiya ko`rsatkichlari o`rtasidagi bog`liqlik tadqiq qilinadi. Yuqorida sanab o`tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda qo`llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsentlar, turli iqtisodiy ko`rsatkichlarning o`zaro bog`liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab bo`lmasin, ma`lum darajada mavhumlikka yo`l qo`yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba`zan yopiq iqtisodiy tizim, ya`ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo`lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amalda esa barcha mamlakatlar tashqi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya`ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o`rtasidagi bog`liqliklarni to`la-to`kis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo`lgan ko`p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yo`nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya`ni modelda tayyor kattalik sifatida qabul qilinadigan ekzogen o`zgaruvchilar hamda modelni yechish natijasida topiladigan ichki-endogen o`zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda ekzogen hisoblangan o`zgaruvchi (ko`rsatkich) ikkinchi model uchun endogen hisoblanishi mumkin.
Tarixda ma`lum bo`lgan birinchi makroiqtisodiy model bobning birinchi savolida qayd etilgan “Kene jadvali” hisoblanadi. Bu modelda F. Kene milliy iqtisodiyot amal qilishini uch sinfning- 5 mlrd. frank qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi dehqonlar, jami 2 mlrd. frank turadigan buyumlar yasashadigan hunarmandlar va 2 mlrd. frank renta olishadigan yer egalarining o`zaro aloqalari sifatida tasvirlaydi. Kene modeliga ko`ra yer egalari olgan 2 mlrd. frank yer rentasining 1 mlrd. frankini qishloq xo`jalik mahsulotlarini sotib olishga, qolgan 1 mlrd. frankini esa hunarmandchilik buyumlarini sotib olishga sarflaydilar.
Hunarmandlar dehqonlarga 1mlrd. franklik buyumlarini sotadilar va dehqonlardan o`zlari ega bo`lgan 2 mlrd. frankning 1mlrd frankiga oziq-ovqat mahsulotlari, qolgan 1 mlrd. frankiga esa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo sotib oladilar.