Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish I bob. Asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə6/15
tarix20.03.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#88861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Asosiy makroiqtisodiy modållarning qiyosiy tahlili mundarija kir

1.4.1-rasm AD-AS modeli
Har qanday bozordagi vaziyat talab va taklifga ya’ni, ularning hajmini o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Ular o’rtasida yuzaga kelgan nisbat o’z ketidan narxlarni o’zgarishiga va aksincha, narxlarni (u yoki bu tomonga) tebranib turishi talab va taklif hajmiga bevosita ta’sir qiladi. Bunday o’zaro bog’liqlik faqat qandaydir bir alohida mahsulot yoki xizmatga oid bo’lmay, balki umuman milliy bozorga ham taalluqlidir. Shu bozordagi talab alohida haridorlar istagi ko’rinishida bo’lmasdan, barcha haridorlarning birlashtirilgan talabi sifatida amal qiladi va makrodarajadagi iste’mol qobiliyatini aks ettiradi. Taklif esa, milliy ishlab chiqarish jami hajmining taklifi sifatida bozorga chiqadi.
Shunday qilib, yalpi talab uy xo’jaligi, korxonalar, hukumat hamda xorijiy haridorlarning tovar va xizmatlarga talabidir. Boshqacha qilib aytganda, yalpi talab bu barcha yakuniy iste’molchilar, yani aholi, korxonalar, hukumat hamda xorijiy haridorlarning tovar va xizmatlarni sotib olishga qiladigan xarajatlarining puldagi ifodasidir. AD = C+I+G+Xn
Narxlar darajasi va yalpi talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud bo’lib, narxlar darajasini o’sib borishi bilan yalpi talab hajmi qisqarib boradi va aksincha. Ushbu bog’liqlikni chizma ko’rinishida ifodalash mumkin (1.4.2-rasm).

1.4.2-rasm yalpi talabegri chizig`i
1.5. Tovarlar miqdori pul massasi (IS-LM) modeli.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS - LM modeli birinchi marta 1937 yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy kontseptsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949 yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan so’ng keng yoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi.
I S - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat o’rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda ham iste’mol, ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi. Makro ko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (ADAS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo’lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o’laroq bu modelda narxlar darajasi va ish haqi o’zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko’ra tovar moddiy zahiralarining o’sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo’ladi.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo’lgan yo’qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko’p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o’zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy muvozanatga erishishning roli va ahamiyati benihoya kattadir. Makroiqtisodiy muvozanat mamlakat iktisodiyotining to’g’ri yoki noto’g’ri yo’ldan borayotganligini ko’rsatuvchi omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki, iqtisodiyotda bo’layotgan doimiy o’zgarishlar xar qanday mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin.
Iqtisodiy tizimlardagi og’ish tovarlar va xizmatlar taqchilligini yoki ortiqcha ishlab chiqarilganligini, inflyatsiya, ishsizlik va shunga o’xshash boshqa salbiy hodisalar sifatida namoyon bo’ladi. Ular iqtisodiyot samaradorligining pasayishiga va aholi turmush tarzini tushib ketishiga olib keladi. Shu sababli ham iqtisodiy muvozanat muammolarini tadqiq qilish eng muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. IS-LM egri chiziqlari kesishadigan nuqta IS-LM modelidagi iqtisodiy muvozanat holatini ko’rsatadi. Bu nuqta o’zida shunday foiz stavkasi «R» ni va daromad darajasi «Y» ni aniqlaydiki, bunda tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif hamda real pul mablag’lariga bo’lgan talab va ularning taklifi o’zaro teng bo’ladi. (1.5.1-rasm)


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin