Asosiy makroiqtisodiy modållarning qiyosiy tahlili mundarija kir
1.2.1-rasm. Model nimani ko’rsatadi. Model iqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi asosiy bog’liqliklarni soddalashtirilgan nazariy asoslanishi hisoblanadi Ekzogen o’zgaruvchilar - bu tashqaridan kiritiladigan o’zgaruvchilar. Endogen o’zgaruvchilar – bu ushbu model bilan tushuntiriladigan o’zgaruvchilar. Model ekzogen o’zgaruvchilardan birining o’zgarishi endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi.
Har qanday model (nazariya, tenglama, grafik) real borliqning sodda va abstrakt ko‘rinishi hisoblanadi, chunki tadqiqot o‘tkazishda barcha elementlarni bir vaqtning o‘zida barchasini hisobga olish mushkul masala hisoblanadi. Shuning uchun har qanday makroiqtisodiy modelni absolyut deb hisoblash mumkin emas. Bunday makroiqtisodiy modellar barcha mamlakatlar uchun bir vaqtning o‘zida bir xil to‘g‘ri javob berish imkonini bermaydi. Ammo bunday «umumiylashtirilgan» modellar orqali bandlik, ishlab chiqarish, inflatsiya, investitsiya, iste’mol, foiz stavkasi, valuta kursi kabi ichki (endogen) iqtisodiy ko‘rsatkichlarni boshqarishning kompeks muqobil usullari aniqlanadi.
1.3. Doiraviy oqimlar (aylanishlar)modeli. Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida echiladi:
optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;
alternativ xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish yo’nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali.
Iqtisodiy sub’ektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko’ra o’z maqsadlariga erishishi uchun xo’jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy sub’ektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.
Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:
ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;
iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.
Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi o’zgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqi o’zgaruvchilar bo’lib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen o’zgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo’linadi: uy xo’jaliklari va firmalar. Uy xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.
Quyida keltirilgan 1.3.1-rasmdan ko’rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy xo’jaliklari hal qiladi. Uy xo’jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo’lishi kerak. Firmalar, o’z navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo’jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo’yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak bo’ladi.
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.
Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo’jaliklari sektori o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.