Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish I bob. Asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili


Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə12/15
tarix20.03.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#88861
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Asosiy makroiqtisodiy modållarning qiyosiy tahlili mundarija kir

2.3 Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari.
Makroiqtisodchilar tomonidan o'rgani1adigan butun iqtisodiyotda yuz beradigan voqeliklar va jarayonlar oxir-oqibatda ko'p1ab uy xo'jaliklari hamda ko'plab firmalar o'zaro hatti-harakatlari natijasida yig'ilganligi sababli, mikro va makroiqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog'1iq. Butun iqtisodiyotni o’rganishda biz alohida iqtisodiy agentlarning qarorlarini e'tiborga olishimiz lozim. Masalan, yalpi iste'mol omillarini aniqlash uchun oilaning bugun qancha sarflashi, kelajak uchun qancha olib qo’yishi haqidagi qarorini tahlil qilishi kerak. Investitsiyalarning umumiy hajmini belgilovchi omillarni aniqlash uchun fırmalarning yangi korxonalarni qurish haqidagi qarori to’g’risida ma'lumotga ega bo'lish zarur. Makroiqtisodiy ko'rsatkich1ar alohida shaxslar yoki korxonalarqarorlari natijasida yig'iladigan o'zgaruvchilarning oddiy yig'indisi bo’lganligi uchun, makroiqtisodiyotning asoslari mikrodarajada qo'yiladi.
Makroiqtisodiy modellar asosida xar doim mikroiqtisodiy darajada qabul qilinadigan qarorlar tursa, firmalar va uy xo'jaliklari nuqtai nazaridan maqbul bo'lgan ko’plab modellarda ularninghatti-harakatlarini aniqlovchi qarorlar yaqqol ko'rinishda bo’lmaydi, balki ko’zda tutiladi.Bizning non bozori modelimiz bunga misol bo'1ib xizmat qiladi. Nonga bo’lgan talab asosida uy xo’jaliklarining sotib oladigan nonlari miqdori haqidagi qarorlar yotsa, non taklifi nonvoyxonalarning non ishlab chiqarish hajmlari to’g’risidagi qarorlari bilan aniqlanadi. Uy xo'ja1iklari qarorni naflilikni maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda, nonvoyxonalar esa foydani maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda qabul qilishlari ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, bu mikroiqtisodiy qarorlar modelda o'zidan o'zi qatnashmaydi: ular uning “foni”ni tashkil etadi. Xuddi shunday firmalar va uy xo'jaliklari tomonidan qabul qilinadigan ular nuqtai nazaridan maqbul hisoblangan qarorlar faqat yopinchiqli ko’rinishda va butun makroiqtisodiyotda qatnashadi.
Iqtisodchilar modellar nomini olgan soddalashtirilgan nazariyalarni qo'llab iqtisodiyot haqidagi qarashlarni tuzishga urinadilar. Modellarda ko’pincha matematik ko’rinishda turli iqtisodiy o'zgaruvchi1ar o’rtasidagi nisbat ifodalanadi. Modellarni qo'llash ahamiyatli bo'lmagan qismlarga e'tibor bermaslik va ahamiyatli iqtisodiy bog'liqliklarni aniqlashga imkon berganligi uchun ham maqsadga muvofıqdir.
Modellarda ikki xi1: ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o'zgaruvchilar qo'llaniladi. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqaridan kiritiladi-bu dastlabki ma'lumotlar; endogen o'zgaruvchilar model “ichida” shakllanadi- ular uni hal etishning natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, ekzogen o’zgaruvchilarning miqdori modelni qurish boshlanguncha beriladi, endogen o’zgaruvchilarning miqdori esa model bo’yicha hisob-kitoblar qilish jarayonida aniqlanadi. 1-rasmda ko’rsatilganidek, modelning maqsadi ekzogen o’zgaruvchilar endogen o’zgaruvchilarga qanday ta'sir qilishini aniqlash hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo‘laklarining nisbatini, yoki shu bo‘laklar o‘rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste’mol va milliy jamg‘arishga bo‘linishini misol qilib keltirish mumkin. Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste’mol hajmi yuqori bo‘ladi. Ammo mavzuning 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi misolida ko‘rdikki milliy jamg‘armalarning ulushi ham yuqori bo‘lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste’mol va milliy jamg‘armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 2:1 proporsiyada ham bo‘lishi mumkin ekan.Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo‘lishi uchun ayrim ko‘rsatkichlarning aynan teng bo‘lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlario‘rtasidagi mavjudbo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.Xarajatlar va daromadlarko‘rinishida hisoblangan YaIM ko‘rsatkichlarining o‘zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.Y= C+I + G + XnIkkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasidagi tenglik hisoblanadi. Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg‘armalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiybarqarorlikka erishishning muhim shartidir.Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=0), deb faraz qilinsa, unda YaIM orqaliifodalangan ishlab chiqarish hajmiShTD ga teng bo‘ladi. Ya’ni:YaIM = ShTD = C + S, ayni paytda:YaIM = C + IBu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:C + I = C + S yoki I = SUshbu ayniyatdan ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining jamg‘arishga bo‘lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (C+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo‘lga qo‘yilgan, soliq solish va transfert to‘lovlari ko‘rinishida davlat aralashuvi mavjud bo‘lsin. Bunday holatda jamg‘arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:21S = Sp + Sg + SxBu yerda: Sp-xususiy jamg‘armalar; Sg -davlat jamg‘armalari; Sx -boshqa mamlakatlar jamg‘armalari.Bunda xususiy jamg‘armalar daromadlar (Y), transfert to‘lovlari (TR), davlat zayomlari bo‘yicha foizlar yig‘indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (C) xarajatlari yig‘indisini ayirish natijasiga teng bo‘ladi. Sp = (Y + TR + N -T) –CDavlat jag‘marmalari quyidagi miqdorga teng bo‘ladi:Sg = (T -TR -N) –GAgar davlat jamg‘armalari nolga teng bo‘lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan, jamg‘arishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi:BT = -SgBu yerda: BT –budjet taqchilligi miqdori.
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, Tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin.
Bu soda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Ya’ni, uy xo‘jaliklari o‘zlari etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladihamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi yalpi taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi yalpi talabni ko‘rsatadi.Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro teng bo‘lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo‘jaliklarining yalpidaromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin