………………………………………………………………4
1.2 Yalpi talab va Yalpi taklif tushunchasi va uning
iqtisodiy mohiyati
……………………………………………………………...14
II-BOB. Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanat va milliy
iqtisodiyotimizdagi axamiyati 2.1 Yalpi talab yalpi taklif tarkibi muozanati va unga ta'sir qiluvchi
Omillar.
……………………………………………………………..18
2.2 AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real
hajmining muvozanatli darajalari.
…………………………………………………………….22
XULOSA.
…………………………………………………………………………26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
…………………………………………………………………………
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Yalpi talab va yalpi taklif modelini rivojlantirish va tadbiq etishdan ko’zlangan asosiy maqsad bu milliy iqtisodiyotimizni yana rivojlantirish va takomillashtirish chora tadbirlariga kech sharoitlar yaratishdan iborat. Yalpi talab va yalpi taklifni iqtisodiyotdagi o’rnini aniqlash uchun shunchaki atrofimizdagi savdo do’ko’nlari va majmualariga qarash kifoya. Buning sababi agar yalpi talab va yalpi taklif bir biriga teng bo’lmagan taqdirda iqtisodiy muvozanat buzulidi. Bu esa narxlarni yo ko’tarilishiga yoki maxsulotlar isrof bo’lishi va nihoyat ishlab chiqaruvchi zarar qilib bankrotlik xolatiga xam tushib qolishi xech gap emas. inson ehtiyojlari hayvonlarning ehtiyojidan juda kata farq qiladi. Insonlar yig’ilib jamiyatni tashkil etgandan keyin bu o’z o’rnida jamiyat ehtiyojlarini keltirib chiqaradi. Ehtiyoj bo’lsa o’z o’rnida yana bir muhim element talabga yo’l ochadi. Har qanday ehtiyojlar ham talab bo’la olmaydi. Ular ma’lum bir mezonlardan o’tgandan keyin bu elemtga aylanadi. Shuni qaror qildikki talab haqida qisqacha ma’lumot berishga. Va shu o’rinda talab bir odamga yoki ayni indivividualga tegishli bo’lsa, yalpi talab degan atama ham bizga uning kengroq doiradagi tushunchasini anglatadi. Ya’ni ehtiyojlarning kengayib borishi va hamda jamiyat taraqqiyoti mobaynida mamlakat yoki ma’lum bir xududlarda bir individualga emas, aksincha juda ko’plab odamlarning manfaatlari doirasida yuzaga keladigan, hamda ular ko’pchilik tomonidan o’zlashtiriladigan va istemol qilinadiga talabdir. Milliy iqtisodiyotda mahalliylashtirish tadbirlari keng ko’lamda yo’lga qo’yib, ularning uzluksiz va bosqichma-bosqich davom ettirilishi mamlakatimizda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish yo’nalishidagi muhim tadbirlardan biri bo’ldi. Demak dastur maqsadidan foydalanish orqali mamlakatimiz bozorlarida arzon va sifatli mahsulotlar turi ko’payishiga, aholining bandlik darajasining oshishiga va turmush farovonligining yaxshilashishiga, mamakatimizning yalpi ichki mahsulot (YAIM) ning va valyuta zahirasining ko’payishiga zamin yaratadi.
Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chеt el istе’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifini o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ushbu ishida makroiqtisodiy tahlil amalga oshiriladi, eng avvalo yaxlit olingan ko’rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko’rsatkichlari bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o’zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o’rnatilishini bayon etiladi.