Y=С+I+G+NX bu yerda:
Y d – yalpi talab;
C – uy xo’jaliklarining istе’mol sarflari;
I – xususiy sеktorning invеstitsiya sarflari;
G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muovzanatli darajasi
va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi.
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta
narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real
hajmini ko’rsatadi. Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot real hajmi teng
bo’lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi faraz qilingki, mamlakatdan
yalpi talab va yalpi taklifning o’lchamlari quyidagi ma’lumotlar bilan
xarakterlansin.
Yalpi taklif: ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar jami mlrd. so’m.-2788,1. % hisobida-87,3
Shu jumladan:
Tovarlar mlrd.so’m.-1614,2. % hisobida-50,5
Xizmatlar mlrd.so’m.-1173,9. % hisobida-36,8
Yalpi talab. Shu jumladan:
Pirovard iste’mol uchun sarflar mlrd.so’m.- 2665,0. % hisobida-83,4
Ulardan:
Uy xo’jaliklari sarflari mlrd.so’m.-1173,9. % hisobida-36,8
Davlat boshqaruv organlari sarflari mlrd.so’m.-629,9. % hisobida-19,7
Uy xo’jaliklariga xizmat qiluvchi notijorat korxonalar sarflari mlrd. so’m.-26,3.
% hisobida 0,8
Yalpi jamg’arma mlrd.so’m. - 529,5. % hisobida - 16,6
Ushbu yilda barcha pul daromadlarining 529,5 mlrd. so’mi (16,6%) yalpi
talabga aylanmagan, ya’ni jamg’arilgan. Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri
chizig’ini yotiq kesmada kesib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish
muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Tik
kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlari to’liq foydalaniladi, shu
sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko’rsatadi ya’ni uni
oshiradi.
Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o’zgarishsiz qoladi. Oraliq
kesmada yalpi talabning kengayishi milliy ishlab chiqarish real hajmining
ko’payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi. Agar yopiq kesmada yalpi
talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real hajmi kamayadi, narx darajasi esa
o’zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx tushadi, milliy ishlab chiqarishning real
hajmi esa to’liq bandlik darajasida qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab
chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda bu erda
shuni ta’kidlash lozimki, oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarish
vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxning pasayishiga
olib kelmasligi mumkin. Bu murakkablik shundan iboratki, tovarlar va resuslar
narxi pasayish tamoyiliga ega bo’lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar bunday
tamoyilga xrapovikli samara sifatida qaraydi.(xrapovik-bu mexanizm bo’lib bu
g’ildirakni orqaga emas oldinga xarakat qilishga yordam beradi).
Xrapovikli samara shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan oshadi, lekin
qiyinchilik bilan pasayadi. Shu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini
ko’taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning tushishini kutish
mumkin emas. Nima uchun narx pasayishi tamoyiliga ega emas degan savolga
javob berish qiyin bo’lsada, uning ayrim sabablarini ko’rsatish mumkin.
Birinchidan, ish haqi korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz)
tashkil qilib, qandaydir davr ichida pasayishi tamoyiliga ega bulmaydi. Chumki
ishchilarning asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo’yicha ishlaydi
va shartnoma muddati tugaguncha ish haqini pasaytirish ta’qiqlanadi.
Boshqa sababi, tadbirkorlar ish haqi darajasini pasaytirishni xoxlamasligi
mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan ancha past ish haqi ishchilarning
mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu bilan birga ancha past
ish haqi maxsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, ancha past mehnat
unumdorligi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga
qaror kilsa, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishi mumkin. Narxning pasayish
tamoyiliga ega emasligining ikkinchi sababi shundan iboratki, juda ko’pchilik
korxonalar etarli darajada manopol mavqega ega bo’ladi va bu ularga talab
kamayganda xam narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.
Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma
bo’limlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib
olishga mo’ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning
barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab
chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo’lishini
aytib o’tgan edik.
Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul
egalari, ya’ni istе’molchilar ixtiyoridagi pullar Tovar va hizmatlar egalariga
aksincha yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o’tishi lozim. Boshqacha
aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o’rtasidagi harakat qarama-qarshi
oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo’lgan tovar va
xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va
xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday
moslikning qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga
solinadi. Bu moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va
uning o’zgarishi orqali aniqlanadi.
Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali
ifodalash mumkin. Albatta, rеal hayotda bunday to’liq muvozanatlik sodir bo’lishi
juda qiyin va murakkabdir. Lеkin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori
va sifati bo’yicha mos kеlish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi
taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat dеb ham yuritiladi.
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi
va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va
ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga
ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va
iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi. Yalpi talab va yalpi taklif
muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kеsmasida ro’y bеrishiga qarab
o’ziga xos xususiyat kasb etadi.
Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kеsmada kеsib o’tsa,
narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli rеal hajmining shakllanishiga
hеch qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi milliy
ishlab chiqarish rеal hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning
kamayishiga olib kеladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx
darajasining o’zgarishisiz ro’y bеradi.
Yalpi talab egri chizig’i yotiq kеsmada yalpi talabning o’sishiga taklif egri
chizig’i bo’yicha muvozanat nuqtasining o’ng tomonga silijishi orqali javob
bеriladi.
Ya’ni,AD
1
danAD
2
ga qadar o’sgan talab miqdori iqtisodiyotda to’liq
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi orqali milliy
ishlab chiqarish hajminiQ
1
danQ
2
ga qadar o’stirish orqali qondiriladi. Tik
kеsmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalaniladi, shu
sababli yalpi talabning kеngayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni uni
oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning rеal hajmi esa o’zgarishsiz qoladi.
Chizmadan ko’rinib turibdiki, tik kеsmada yalpi talab miqdorining AD
1
danAD
2
ga oshishi faqat narx darajasini R
1
danR
2
ga qadar o’sishiga olib kеlmoqda, milliy
ishlab chiqarish hajmi esa potеntsial daraja – Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu
chеgarada iqtisodiyot o’zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib
bo’lgan hisoblanadi.