Mundarija! Kirish i-bob. Yalpi talab va yalpi taklifni rag'batlantirish yo'llari



Yüklə 123,53 Kb.
səhifə2/12
tarix07.01.2024
ölçüsü123,53 Kb.
#201609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KURS ISHI 3

Kurs ishining maqsadi. Davlat bujetining profitsitlari negative oqibatlari organish va tahlil qilish
Kurs ishining vazifasi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish belgilanadi:

1.1 Yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillar


Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning o'rasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi. Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi. T. va t.ning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonuni hisoblanadi. T. va t. qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moye kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi T. va t. nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga taʼsir etish orkali foydalanadi. Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (ADAS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab — uy xo’jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik xaridorlarning narxlarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.
Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig’indisidir. Formula ko’rinishida umumiy talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD =S+I+G+Xn
Narxlar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq jami talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma ko’rinishida tasvirlash mumkin (5- chizma). 5- chizmadan ko’rinib turibdiki, talab egri chizig’i doimo pastga va o’ngga suriladi. Nima uchun?

Bunday surilishning sababi har xil. Ya’ni, alohida olingan tovarlarda talab egri chizig’ining surilishiga asosan daromad samarasi va o’rinbosar tovarlar sabab bo’lar edi. Ayrim tovarlarning narxi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko’proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, narx pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko’proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo’ladi (o’rnini bosadigan tovarlar).
Milliy bozorda AD-egri chizig’ining traektoriyasini avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin.
M*V=Y*R
Bu erda: M — muomaladagi pul miqdori;
V — pulning aylanish tezligi;
R — iqtisodiyotdagi narxlar darajasi (narx indeksi);
Y — talab qilinayotgan real ishlab chiqarish xajmi.

M *V M *V
Bu tenglamadan P = ; Y= tenglamalarni keltirib chiqaramiz.
Y P
Bu tenglamalardan ko’rinadiki, narxlar darajasi qancha oshsa, real milliy mahsulot xajmiga talab hajmi shuncha past bo’ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi(V) o’zgarmas bo’lsa, narxlar darajasi va umumiy talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud bo’ladi.
Buiday bogliqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi:

  1. Foiz stavkasi samarasi;

  2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;

  3. Import xaridlar samarasi.

Foiz stavkasi samarasi yoki Keyns samarasi shuni bildiradiki, jami talabning egri chiziq bo’yicha surilishi narxlar darajasi o’zgarishining foiz stavkasiga bo’lgan ta’siriga bog’liq.
Demak, tovarlarning narx darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo’ladi. Ish-bilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni to’lashga katta miqdorda pul zarur bo’ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar narxsi darajalarining yuqoriligi pulga bo’lgan talabni oshiradi.
Pul taklifi hajmi o’zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini ko’tarilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo’lgan sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo’lgan talabi pasayadi.
Investitsiya harajatlari umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli bu umumiy talab hajmining pasayishiga olib keladi.

Yüklə 123,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin