Asosiy ma’lumotlar turlari va о‘zgaruvchilari



Yüklə 24,02 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2022
ölçüsü24,02 Kb.
#70938
  1   2   3   4
7.1-mavzu

ASOSIY MA’LUMOTLAR TURLARI VA О‘ZGARUVCHILARI


Reja:

    1. Butun sonli o'zgaruvchilar: SINT, INT, DINT va LINT ma'lumot turlari

    2. Word ma'lumot turi

    3. Mantiqiy va haqiqiy sonlar

Bevosita IEC standartiga kirgan tillarni о‘rganishdan avval bu tillarning umumiy elementlari bilan tanishib olish zarur bо‘ladi. Umumiy elementlar bir loyixa tarkibiga kо‘p tilli kompanentlarni birlashtirishning yagona poydevori xisoblanadi. Mazkur ma’ruzada standart MDKlar ishlaydigan ma’lumotlar hamda ularning formatlari batavsil kо‘rib о‘tiladi.


О‘zgaruvchining ma’lumot turi axborot turini, uning ifodalanish diapazonini, uning ustida bajarilishi mumkin bо‘lgan amallarni aniqlaydi. IEC tillari ma’lumotlar turini qat’iy tekshirish ideologiyasidan foydalanadi. Bu esa, har qanday о‘zgaruvchidan foydalanish faqat uning turi e’lon qilinganidan sо‘nggina amalga oshirilishini bildiradi. Shuningdek, bir foydalanuvchi turining о‘zidan kо‘ra diapazoni keng bо‘lgan foydalanuvchiga о‘zlashtirishga ruxsat etiladi. Masalan mantiqiy о‘zgaruvchi faqatgina ikkita qiymatni qabul qila oladi. Bular mantiqiy 1 yoki mantiqiy 0. Mantiqiy turdagi axborotni SINT (- 128...+127) turdagi о‘zgaruvchiga о‘zlashtirish mumkin. Chunki u -128 dan
+128 gacha bо‘lgan qiymatni qabul qila oladi. Bu qiymatlarning ichiga 0 va 1 ham kiradi. Ammo aksincha SINT turdagi axborotni mantiqiy turdagi о‘zgaruvchiga о‘zlashtirish mumkin emas.
Dasturni translyatsiya qilishda barcha о‘zlashtirish operatorlari о‘zlashtirilayotgan turga mosligi tekshiriladi. Agar о‘zlashtirishda xatolik bor bо‘lsa, xatolik tо‘g‘irlamnagunicha dastur ishlamaydi. Agar katta diapazonga ega bо‘lgan axborotni kichik diapazonga ega turga о‘girish zarur bо‘lsa, bu faqat

maxsus о‘zgartiruvchi operatorlar yordamida amalga oshiriladi. IEC ning о‘zgartirish operatorlari bir muncha murakkab bо‘lgan amallarni ham bajara oladi. Masalan, raqamni yoki kalendar sanasini matnga о‘girish yoki shuning teskarisini amalga oshirish shular jumlasidandir.

Yüklə 24,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin