Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Yigirma yettinchi bob
Haydar dilgir edi, bu — o‘zi qilmishi uchun biron 
jazoga tortilishi vahimasidan emas, balki Hirotga kel- 
ganiga o‘n besh kun bo‘lgan esa-da, biron kun 
quvonch ko‘rmay, tanholik tuyib, hayot bilan o‘z ruhi 
orasida allaqanday mubham bir ohangsizlik sez- 
ganidan edi. U «Unsiya»da yashar va ko‘p ichardi. 
Ba’zan faqat Sohib Doro bilan bir oz dardlashar edi. 
Ammo Sohib Doro ham har vaqt nash’asiz. Navoiy- 
ning bu qadrdoni «Unsiya»dagi awalgi hayotini 
sog‘inar, awalgi nash’ali kunlami qo'msab, g‘amgin, 
umidsiz she’rlar yozar, Haydarga o‘qir edi. Durust, 
«Unsiya»da barcha mulozimlar va qadrdonlar, yaqin-
370


lar yashar, ular o ‘z vazifalarini awalgidek bajarishardi. 
Ba’zan shoirlar, olimlar yig‘ilib, awalgidek suhbat 
tuzishardi. Ammo, badanga hayot bag‘ishlagan yurak 
kabi, bu dargohga fayz, qut, nash’a bergan bir nima 
yo‘q edi. Yurakni umid, imon, nash’a, muhabbat 
bilan to ‘ldiruvchi shu narsani hamma qo‘msar edi.
Haydar bilan Sohib Doro — ikki qayg‘uli do‘st 
«Unsiya«ning darvozasiga chiqishdi-da, supachaga 
o‘tirishdi. Lojuvard ko‘kda, shamol uchirgan mayin 
oq shohi ro‘mollardek, bulutlar hilpiraydi. Quyosh 
yoqimli. Qarshidagi bog‘chalar ko‘m-ko‘k bo‘lsalar 
ham, ularning nafasidan kuzning isi anqirdi.
— Umrimni faqru fano yo‘liga‘ bag‘ishlamoq niya- 
tidamen,— ko‘zlaridagi hasratni uchqunlantirib gapir- 
di Haydar. — Nurga, soflikka, haqiqiy muhabbat va 
oliy husnga tashna ko‘ngillar uchun yagona yo‘l 
buldir. Sirri hikmat2 darveshning yuragidadir. Ayting, 
ne deysiz, uch kunlik hayotning yolg‘onchi ne’mat- 
laridan qo‘l uzib, husni mutlaq3ning muhabbati bilan 
yashamoq qadar ulug‘ va insoniy baxt bormi?
Sohib Doro Haydardagi bu oniy qaror uning 
ko'ksida lov etib yonib, yana so‘nuvchi orzulardan, 
deb o‘yladi-da, yelkasini qisib, sukut qildi. Haydar 
darveshlik falsafasi haqida gapirdi. Farididdin Attor, 
Jomiy ham Navoiyning asarlaridan chiroyli misollar 
keltirib, haqiqiy darvesh zavqi bilan o‘qimoqqa bosh- 
ladi. Sohib Doro uni huzur bilan tingladi. Nogoh adil, 
ko‘rkam daraxtlar orasida qivrilib cho‘zilgan yo‘lda, 
yengil chang ko‘tarib kelayotgan uch-to‘rt otliqqa 
ko‘zi tushdi-da, ravshan ko‘rish uchun qo‘lini qoshlari 
ustiga qo‘yib tikildi ham birdan o ‘rnidan turib, 
qichqirib yubordi: «Mir janoblari kelmoqdalar!»
— Ha, ha oldindagi Mir... — o‘tirgan joyida qotib 
dedi Haydar.
«Unsiya»ga birdan jon kirdi. Hamma xonalardan 
mulozimlar, qadrdonlar, yaqinlar, navkarlar yugu-
1 D arveshlik, so 'filik yo'li.
’ O lam siri. d o n o lik siri.
J M u tlaq g o 'z a llik ; darveshlik e ’tiq o d ich a, x u d o n in g jam o li.
371


rishib istiqbolga chiqdilar. Navoiy otdan tushib, etak- 
larini qoqdi, hamma bilan ko‘rishdi. Oyoq ostida 
pildiragan bolalaming boshlarini siladi, har qaysiga 
shirin so‘zlab, erkaladi. Keyin to ‘g‘ri o‘z xonasiga 
kirdi. Bu yerda har narsa u Hirotdan jo ‘naganda qay 
holda bo‘lsa, xuddi shunday turgan edi. Obrezda 
yuvindi. Yo‘l kiyimlarini chechib, qayta kiyindi. 
Keyin yostiqqa yonboshlab, bir oz dam oldi. Haydami 
chaqirib, uning kayfini parishon ko‘rgach, xafa bo‘ldi. 
Muloyimlik bilan nasihat qilib, yupantirishga tirishdi. 
Haydar yolg‘iz haqiqatni soddadillik bilan e’ion qi- 
lishdan o‘zga gunohi yo‘qligini aytdi. Navoiy ta ’kid- 
lovchi ovoz bilan dedi:
— Munofiqlar haqiqatdan qo‘rqadilar. Haqgo‘ylik 
ulug‘ fazilatdir. Lekin zarur vaqtdagina tilga erk ber- 
moq lozim. Shuni unutmangki, podshohga yaqin tur- 
moq, og‘zini ochgan ajdahoga yaqin turmoq bilan 
barobar! — Navoiy o‘midan qo‘zg‘aldi, podshohga 
ko‘rinish bermoq uchun ketdi.
Eshikda uni atrofdagi oddiy xalqdan iborat qalin 
guruh kutib turar edi. Hamma ko‘zlarda quvonch 
yonardi. Har yoqdan yoshlaming va keksalarning 
hayajonli sadolari yuksaldi:
— Ko‘zlarimiz yo‘lingizga intizor edi!
— Yurtning tirikchiligi, baxti sizda!
— Dardlarimiz behad-behisob, sizdan o‘zga hi- 
moyachimiz yo‘q!
— Bizdan sizni uzoqlashtirguvchilar qirilsinlar!
Navoiy ta ’sirlanib, titrak tovush bilan minnat-
dorchilik bildirdi. Bir ko‘plarning turmushi, kasb-kori 
to‘g‘risida so'radi. Har lahza xalq ko'paydi. Navoiy 
qaerda bo‘lmasin, ko‘ngli hamisha xalq bilan bir 
ekanini juda kamtarlik bilan ishora qildi-da, hamma- 
ni quvontirib, uy-uylariga jo ‘natdi.
Bog‘i Jahon oroga borguncha darveshdan a’yon- 
gacha, hammoldan olimgacha, hamma uchragan 
odamlar uni olqishlab, sevgi va ehtirom to ‘la ko‘zlari 
bilan kuzatib qoldilar.
372


Shoir bir vaqtlar zavqlanib kezgani saroyda gulzor- 
larni sog‘inchli nazarlar bilan tomosha qilib, bosh 
qasrga borarkan, sarvzolar orasidan Husayn Boyqaro, 
orqasida har vaqtki hamsuhbatlari, hamsharoblari 
bilan chiqib keldi. Bulaming ichida Majididdin, Amir 
M o‘g‘ul, To‘g‘onbek va boshqalar ham bor edi. 
Navoiy rasmiy ta’zimni bajo qilib, Husayn Boyqaro 
bilan ko‘rishdi. Qolganlarning o‘zlari yaqinlashib, 
shoirning qo‘lini siqdilar. Majididdinning ko‘zlarida 
kuchli sarosima ochiq sezilsa ham u tilyog'lamalikni 
yaxshi bajardi: «Diydoringizni ko‘rmoq nasib bo‘lgani 
uchun kamina o ‘zimni favqulodda mas’ud his etmoq- 
daman», dedi u ko‘risharkan.
Husayn Boyqaro shoirning o‘zini devon yonidagi 
tillakori kichik xonalardan biriga olib kirdi.
— Poytaxtga kelmog‘ingiz uchun bizdan ijozat 
bo‘lgani yo‘q edi-ku,— dedi u og‘ir chordana qurib. — 
Biz sizni hech kutmagan edik.
— Muborak qo‘lingiz bilan yozilgan nomani olgan- 
dan so‘ng, — dedi Navoiy oddiy narsa haqida so‘zla- 
gandek, — viloyatning ishini muvaqqatan Valibekka 
topshirib, oliy dargohingiz sari yugura qoldim, toki 
har nechuk so‘z b o ‘lsa, o‘rtaga tashlab, aql va insof 
bilan hal etmoq mumkin bo‘lsin...
Husayn Boyqaro o ‘ng‘aysizlangandek, to ‘lg‘anib 
oldi. Jinoyatning chigilini yechganda, bir ko‘p arzan- 
dalarining sharmanda bo‘lishlari, ham ulaming makri- 
ga laq etib tushganidan o‘zining-da qizarishi mumkin- 
ligidan, fojia tafsilotiga kirishmaslikka qaror berdi.
— Telba Haydar ba’zi ko‘ngilsiz voqealar to ‘g‘risi- 
da gapirdi. Bu, albatta, uning xayolxonasida to ‘qilgan 
bo‘lishi kerak. H ar holda, janoblariga noma yozdim. 
Nomamizni olganingizdan so‘ng ko‘nglingizda hech 
qanday shak-shubha qolmaganiga imonim komil. 
Janoblari ne derlar?
— Ko‘nglim kek va adovat saqlashga moyil emas,— 
javob berdi Navoiy. — Razillarni sharmanda qilmoq 
ham behuda, chunki ko‘mirchining yuzi qaro, jallod- 
ning ko‘zi qon b o ‘lganidek, razillaming razolati ular
373


uchun ulug‘ jazo va ayni sharmandalikdir. Ular bilan 
da’volashmoqni o‘z qadrim uchun nuqson bilurmen. 
Ammo haqqingizda hech qanday shubha ko‘nglimdan 
kechgan emas.
Husayn Boyqaro oltin kamariga bir qo‘lini tiragan 
holda, ezilgan, parchinlangandek bo‘lib, ko‘zlarini 
qayga yashirishni bilmay qoldi. Borgan sari og‘irlash- 
gan, chuqurlashgan sukunat hukm surdi. Bu sukunat 
go‘yo haqning ustunligini ta’kidlagandek, m a’nodor 
edi. Nihoyat, sukunatni Husayn Boyqaro buzdi:
— Endi ko‘nglingizdagi maqsadni bayon qiling. 
Bizdan nima tilaysiz?
— Menga hech qanday vazifa, mansab kerak 
emas,— dedi Navoiy. — Faqat Hirotda istiqomat 
etmakka oliy ruxsatingizni bersangiz, bas.
Husayn Boyqaro bu iltimos qarshisida haqiqatan 
jiddiy o‘yladi. Keyin, garchi ichida rozi bo‘lsa ham, 
lekin iltimosni qabul etishni shoirga katta bir sovg‘a, 
yon berish kabi ko‘rsatish niyatida uzoq tixirlik qildi. 
Bir-biriga zid, bir-biridan kuchsiz har nav monelik- 
lam i dastak qilmoqqa tirishdi. Navoiy o ‘z fikrida qat- 
tiq turdi. Ko‘rsatilgan moneliklami, mulohazalami 
shoir cho‘p-xasday supurib tashlagach, podshoh 
ko‘nishga majbur bo‘ldi. Navoiy qulluq qilib, tashqari 
chiqdi.
Navoiy har burchagi jonli latofat bilan nafas oigan 
bog‘da yuragi qofiyalaming jarangi bilan to ‘lib, xayol- 
larga berilib borarkan, to ‘satdan to ‘xtadi. Ko‘zi tush- 
gan bir mulozimni chaqirdi: — Behzodni tanirmusen? 
Hozir mashg‘uloti qaerda? — so‘radi undan.
— Taqsir: tanurmen, — tavoze bilan javob berdi 
mulozim, — u kishi kutubxonani humoyun qoshidagi 
xonalardan birida surat tortadilar. Ko‘rsatayinmi?
Navoiy «Rahmat, eski o‘mida ekan», deb o‘ng 
tomonga, kutubxonaga qarab ketdi.
Behzod, uzoq safardan qaytgan otasiga tashlangan 
bolalardek, o ‘z ustoziga otildi. Ko‘rishib, shoirning 
q o ‘llarini o‘pdi. Navoiy ham ta ’sirlanib, yuragidagi 
butun muhabbatini ko‘zlariga, ovoziga quyib, bu rang
374


va ziyo sohiri ahvolini so‘rarkan, Behzodning daho 
uchquni bilan yongan, maftun qilarlik ajoyib ko‘zlari- 
da qalbning mehri, samimiyati porloq ko‘z yoshlariga 
aylandi. San’atkoming nozik siymosi, gui niholiga 
bahoming iliq, hayotbaxsh shabbodasi tekkandek, 
yashnab ketdi: «Bu onni umrimda hech unutib b o l- 
mas. Yuragimni sog‘inch, firoq limmo-lim toldirgan 
bolsa, shu onda uni shodlik va baxt labo-lab toldirib 
yubordi», dedi-da, to ‘shak solib, shoimi o‘tqazdi. Chi- 
royli, yop-yorug‘ uy. Ochiq derazadan zangón samo, 
xiyobonlaming nozik tebrangan yashil devori, uzoqda, 
og‘ochlar orasida, suvning bir parcha oynasi ko‘ri- 
nardi.
Past, to‘garak taxtadan ma’dandan, chinnidan ish- 
langan kichik idishlarda turli ranglar. Bular bilan ras- 
som tabiat va hayotning cheksiz jilvalarini yana 
chuqur, yana m a’nodor jonlantiradi. M o‘yqalamlar, 
qog‘ozlar, tayyor va chala rasmlar yotadi. Navoiyning 
ko‘zlari butun ehtiros bilan yonib, rasmlarga qadaldi: 
«Shahzoda ovda», «Ustiga kichkina guldor gilam 
to‘shalgan teva». «Oshiq va m a’shuqning gulzorda 
uchrashuvi». Navoiy har bir chizgida, birgina nuqta- 
day ko‘rsatilgan ko‘zda, ranglaming mayin quyilmasi- 
da hayot tomirining urishini, hayotning quyuqlashgan, 
porloq jilvasini ko‘rdi. Bir ko‘rgan rasmni yana q o lg a 
olib, to ‘ymas ko‘zlari bilan tikildi. Zavqlanib, Beh­
zodning ajoyib mahoratini maqtadi. Rasm san’atining 
imkoniyatlari haqida gapirdi. Kamtarin san’atkoming 
qop-qora soqol bilan qoplangan uzunchoqroq yuzini 
mas’um tabassum bezadi.
— Janob ustod, — murojaat etdi Behzod. — Sher- 
ning bo‘ynidan zanjirlar uzildimi?
Navoiy «yalt» etib unga qaradi. Keyin kulimsirab 
dedi:
— Haydar aytdimi sizga? U yigitning ko‘ngli 
g‘oyat beg‘ubordir.
— Haydar ishontirdiki, — dedi Behzod. — u 
yolglz menga so‘zlagan. Men u rasmni ko‘rmoqqa 
mushtoqmen. Qachon ko‘rsatursiz?
375


— Meniki bamisoli bolalarning chizmakashligidek 
bir narsa... — dedi Navoiy qo‘lini silkib.
— Zanjirband sher o‘z asoratchilariga qarshi yana 
ham qo‘rqinchliroq bo‘ladi, — dedi sekingina Beh- 
zod. — Sherning bo‘yni zanjirga itoat qilsa ham, yura- 
gi aslo bo‘ysunmas, afsuski, bu oddiy haqiqatni idrok 
etmaydilar...
— Aql va idrok insonlarga xos sifatdir! — dedi 
Navoiy qat’iy ohang bilan.
Behzod dasturxoncha yozib, ustodni mehmon qil- 
moqqa harakat qilarkan, Navoiy e’tiroz etdi. Uning 
huzuriga borib, yo‘qlab turishni rassomdan so‘rab, 
jo ‘namoqchi bo‘larkan, eshikdan halpillab Muham­
mad Said Pahlavon kirdi. Shoir va pahlavon quchoq- 
lashib ko‘rishdilar. Pahlavon o‘zining gavdasi va 
nash’asi bilan shu topda go‘yo uyni to ‘ldirdi. Yillar 
uning azamat jussasiga o‘z ta’sirini ko‘rsata boshlagan 
esa-da, lekin yuzlarcha kurashlarda yelkasini yerga 
o‘ptirmagan bu pahlavon endi kuchga to ‘lgandek 
ko‘rinar edi. Navoiy bu ajoyib odamga to ‘ymaganday 
sog‘inchli ko‘zlari bilan unga qayta-qayta tikilib, yana 
o‘tirib qoldi. Shoir, rassom va pahlavon Bog‘i Jahon 
oroning latofatlariga boqib, shirin, jonga yaqin suhbat 
qilishdi. Mavzular, so‘zlar buloqday qaynab, ravon 
oqardi. Yangi ilmiy kitoblar, devonlar, tir-andozlik1 
haqida, shayx ul-islom bilan pahlavonning fiqh 
masalalari ustida podshoh qoshida mubohasa qilishib, 
pahlavonning yengishi va hokazo haqida so‘z ketdi. 
Shoir Shayxim Suhayliy bilan Xo‘ja G'iyosiddin 
Dehdor kirib kelgach, o‘tirish yana qizidi. H ar kim 
Hirotda ro‘y bergan jiddiy va kulgili har xil voqealar 
haqida so‘zlab, Navoiyni xursand qilishga tirishdi. 
Navoiy pahlavonning musiqiyda yaratgan yangi 
maqomlari haqida Astrobodda eshitganini so‘zlab, 
undan tafsilotini surishtirarkan, Behzod tokchadan 
tanbumi olib, pahlavonning qo‘liga tutdi:
— Musiqiy ijod to ‘g‘risida musiqiysiz so‘zlashmoq 
maholdir, — dedi Behzod.
10 ‘q-yoy otish.
376


— 
Pahlavonning mahoratini tanbur hikoya qilsin,— 
dedi Shayxim Suhayliy.
Muhammad Said mallarang chakmonining yengini 
picha shimarib, kurash maydonida pahlavonlaming 
gupchak belini siqadigan qudratli qo‘llari bilan tanbur 
sozladi-da, o ‘zi yaratgan maqomni chala ketdi. 
Sevuvclii hassos ingichka hislari, kechirmalari, og‘riq- 
lari, nash’alarini sozchi tanbuming qillarida shunday 
jonli, shunday porloq ifoda etdikim, tinglovchilar 
sehrli sadolarda go‘yo erib ketdilar. Mana, sadolar 
ruhning so‘nggi faryodi bilan tindi. Behzodning katta 
sallali boshi tizzasiga tegayozgandi. Navoiy, shirin 
tushdan ayrilganday, hasrat bilan ko‘zlarini ochdi. 
Bu — yangi maqom edi. Navoiy Muhammad Saidni 
tabrikladi. Pahlavon esa tanbum i devorga tirab qo‘ydi- 
da, kelar hafta bo‘ladigan katta kurashda qatnashuvchi 
pahlavonlar haqida bu kasbga xos til va uslub bilan 
gapira boshladi. Keyin yana so‘z musiqiyga ko‘chdi. 
Navoiy Hirotdagi o‘zga mashhur cholg‘uchilaming 
ishi, ahvoli haqida surishtirdi. Boshqalar m a’lumot 
berarkan, Navoiy cholg‘uchilaming muhtojlariga qan- 
day yordam ko‘rsatish to ‘g‘risida ichida o‘ylab o‘tirdi. 
Keyin Xurosondagi eng iste’dodli musiqiyshunoslar- 
ning ishlari haqida bir kitob yozish, unda hamma eski, 
yangi kuy-maqomlami to ‘plab, shakllar bilan ko‘rsa- 
tib, kelajak nasllarga qoldirish kerakligini so‘zladi. Bu 
fikr hammaga m a’qul bo‘ldi.
Bog‘i Jahon oroning yam-yashil dengiziga g‘urub- 
ning qon shu’lasi yugurdi. Uzoqdan podshoh bazmi- 
ning mast qiyqiriqlari eshitildi. D o‘stlar xo‘shlashib, 
ayrilishdi.
Navoiy «Unsiya»ga yaqin solingan o‘z kutub- 
xonasiga keldi. Bu — bir-biriga yopishgan, har biri 
o‘zga uslub va zavq bilan naqshlangan, boy bezakli, 
o'nlarcha xonalardan iborat chiroyli bino edi. Shoir 
ikkinchi xonada kitoblar orasida, sham nurida suhbat- 
lashib o ‘tirgan Sultonmurod bilan Zayniddinni uchrat- 
di. Ota-o‘g‘illardek ko‘rishishdi. Ular bir nafasda talay 
narsa haqida so‘zlashmoqqa ulgurishdi.
377


— Xo‘sh, sizni shakkoklikda ayblamoq uchun ular- 
da hech asos bormi?— so‘radi Navoiy kulib Sulton- 
muroddan.
— Meni tabiiyyun1 deydilar, — javob berdi Sulton- 
murod. — Lekin men aql va ilmga ergashurmen. 
Yolg‘iz bulaming haqiqatini tanurmen.
— Albatta, olim haqiqatni qidirur ekan, shak-shub- 
haga bormog‘i tabiiydir, — dedi Navoiy jiddiy. — 
Tabiatning sirlaridan voqif bo‘lmoq uchun uni tatab- 
bu etmoq kerak. Zotan, bu narsa hech kimsani olloh- 
dan uzoqlashtirmas. Chunki tabiatning o‘zi husni 
mutlaqning bepoyon jilvalar ko‘rsatgan ulug‘ ko‘zgu- 
sidir. Lekin, bu jihatni johillar anglamaydilar. Xo‘b, 
erta biz sizni madrasaga olib bo rib, shogirdlaringizni 
quvontirurmiz, ilm va haqiqatni johillar panjasidan 
qutqarurmiz.
Sultonmurod va do‘sti Zayniddin cheksiz qu- 
vonishdi. Navoiy Zayniddinning shatranj, musiqiy, 
xattotlik sohalaridagi muvaffaqiyatlarini Astrobod- 
dayoq eshitib, suyunganini bildirdi. Keyin musiqiy 
haqida kitob yozmoq kerakligi haqidagi haligi fikrni 
o ‘rtaga tashladi. Sultonmurod bu vazifani Zayniddin 
bajarishi mumkinligiga ishonch bayon qildi. Zaynid­
din bu haqda o‘ylab ko‘rib, keyin qat’iy javob bermoq- 
chi ekanini aytdi. Navoiy, gap orasida, ularning mod- 
diy ahvollari to ‘g‘risida so‘radi. Ular muhtoj emaslik- 
larini bildirsalar ham, Navoiy ularga boshdan-oyoq 
razm solib, yuz dinordan yordam bermoqqa o‘z ichi- 
da qaror qildi. Keyin bu do‘stlarini yoniga olib, sham- 
lar bilan yoritilgan, tokchalariga kitoblar qalangan 
xonalami kezdi. Yangi asarlarni tez-tez ko‘zdan 
kechirib, u yo‘q bo‘lsa ham, ikki yil mobaynida kutub- 
xonaning ishini rivojlantirgan va undagi tartibni yaxshi 
saqlagan kutubxonachidan ham yangi kitoblar sotib 
olib, eskilarini yaxshi kotiblarga ko‘chirtirgan Sohib 
Dorodan mumnun bo‘ldi.
1 Falsafad a ta b ia tn i asos qilib oluvchilar.
378


Ular «Unsiya»ga qaytishdi. Bu yerda yigirmaga 
yaqin do‘stlar sabrsizlik bilan kutishardi. Bular orasida 
shoirlardan Hiloliy, Hofiz Yoriy, Pir Muammoiy, 
Osifiy, Hotifiy, olimlardan munkillab qolgan Fasihid- 
din, hali ham sho‘x M ir Mirtoz va Xurosonning 
mashhur tarixchisi qari Mirxond va boshqalar bor edi. 
Ko‘ngilli suhbat va ziyofat boshlandi.
Bu kecha uy sohibidan, mehmonlardan boshlab 
xizmatkorlarga qadar hamma xushchaqchaq edi.
Navoiyning Hirotga qaytishi xalqning va do‘stlar- 
ning ko‘nglidan g‘am-tashvishni va umidsizlikni 
ko‘tardi. Har kun «Unsiya»ga paydar-pay odamlar 
kelaverdi. Olim, shoir , kosib, dehqon — hamma uni 
ko‘rishni, unga bo‘lgan mehrini bildirishni o‘zi uchun 
faxr va sharaf deb bilardi. Majididdin va To‘g‘onbek 
singarilaming zulmi, qiynog‘i, ta’qibidan jon hovuch- 
lab pana-panada yurganlarning yurak o ‘ynog‘isi 
to‘xtab, erkin nafas oldi. Navoiy yetim-esirlar, faqirlar 
uchun oylab osh-non berdi, kiyim-kechak ulashdi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin