Asr oshgan asarlar


dast qo‘llar endi qaltiraydi. Lekin hali ham ichki



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   161
Navoiy romani. Oybek

dast qo‘llar endi qaltiraydi. Lekin hali ham ichki,
tashqi dushmanlardan davlatni qo‘riqlashga har vaqt
tayyor u. Davlat binosi uchun, garchi puturdan ketgan
bo‘lsa ham, hozircha eng ishonchli ustun u edi.
Badiuzzamon otani uloqtirib, taxtni egallashi mum-
kin. Lekin u vaqtda o ‘n to‘rt shahzodaning kamida
o‘ntasi, zanjirdan uzilgan, quturgan itlardek, bir-bir-
larining ustiga tashlanib, bo‘g ‘ishib, bir-birlarining
halqumlarini yirtadilar...
Alisher Navoiy ko‘zlariga cho‘kkan qayg‘u bilan
podshohga qaradi.
— Bu falokatning oldini olmoq kerakki, uning
dahshatli changali mamlakatni qaqshatmasin!.. — dedi
Navoiy.
— Qanday qilib? — so‘radi ezilgan Husayn Boy-
qaro. — Aqlli kengash beringiz.
— Aqlli kengash shulki, — javob berdi Navoiy, —
Badiuzzamon Mirzoni aqlga chaqirasiz, insof va vij-
donga da’vat qilasiz. Uning ko‘nglida mehru muhab-
bat uyg‘otishga harakat etasiz.— Navoiy bir nafas su-
kut qilib davom etdi.— 0 ‘rtada bo‘lib o ‘tgan ginalami
bartaraf etib, samimiy sadoqat, vafo, muhabbatni
barpo qilmoq kerak:
— Demak, safarga hojat yo‘q!
— Aslo! — javob berdi Navoiy. — Modomiki,
orada haqiqat uchun kurash yo ‘q; balki bu harakat—
xusumat, jaholat mevasi. Demak, to ‘kilgan har bir
tomchi qon ulug‘ jinoyatdir!
— Qon to ‘kmoq flkri menda ham yo‘q, — dedi
kuyinib Husayn Boyqaro. — Ammo noqobil farzand
yaxshi tilaklarimizni idrok etmasa?
— Mehru muhabbatni idrok etmoqdan ojiz
farzandning bo‘yniga tayoq urmoq otaning vazifasi-
dir, — javob berdi Navoiy.
Husayn Boyqaro, yengillangandek, q o ‘zg‘alib
qo‘ydi. Keyin bir oz sukut qilib, bu vazifani bajarish-

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin