Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161
Navoiy romani. Oybek

O ttiz birinchi bob
Uzun qish tuni qora pardasini endi quyuqlashtir- 
gan bo‘lsa ham, «Unsiya»da ulug‘vor, fayzli, ma’noli 
bir sukunat hukm surardi. Hamma xonalarda shamlar 
yoqig‘lik. Birida mavlono Osifiy boshliq bir necha 
shoir qizg‘in suhbat qiladi. Ikkinchisida kotiblar kitob
408


ko‘chiradilar. Yana bir xonada Shayx Bahlul bilan 
Sohib Doro qoshlarini jiddiy chimirib, boshlarini shat- 
ranj taxtasiga egganlar...
Navoiy xuftondan so‘ng, kutubxonani aylanib 
chiqib, o ‘z xonasiga kirdi. Shamdonni tokchadan olib, 
kichkina mayin gilam yopilgan past kursi ustiga 
qo‘ydi. «Majolis un-nafois»'ni davom ettirishga o‘tir- 
di. Savag‘ich qalam qog‘oz ustida shoiming fikriga, 
tuyg‘usiga inoq yurib ketdi.
Navoiy tunlarda qalamni qo‘lga olib, o‘z fikrlari, 
tuyg‘ulari bilan ulfatchilik qilishni sevardi. Bu — bir 
qarich bolalikdan qolgan odat edi. U qishki sokin 
kechada, xuddi o‘zi baytda aytgani kabi, fikrlaming 
ajoyib bazmini qurdi.
To baraqs oyand shabho shohdoni bazm i fikr,
Ham chu nay dar k a f qalam sozi xush ohangi man ast
2
«Majolis un-nafois» — bir necha yuz shoiming ha- 
yotlari va ijodlarining yaproqlaridan terilgan bir gul- 
dasta. Navoiy Xuroson va Movarounnahrda yasha- 
moqda bo‘lgan yoki dunyodan abadiy ko‘z yumgan 
yuzlarcha shoirlami, she’rga aloqa ko‘rsatgan olim, 
fozillami xotiraga oladi. Ko‘plarini taniydi, ko‘plari 
bilan maktublashgan. Oralarida unga do'stlik ipi bilan 
bog‘langanlar bo‘lganidek, dushmanlar ham bor. Le- 
kin Navoiy ulaming hayotiga, fe’l-atvoriga, iste’dodi- 
ga, yuksak fazilatlari va ojizliklariga xolisona qaraydi. 
Insonlarga xos qancha g‘alati, qiziq, turli-tuman sifat- 
lar ko‘z oldida yorqinlashadi. Bir necha og‘iz so‘z 
bilan har shoiming hayot durdonasini, bir necha og‘iz 
so‘z bilan uning insoniy sifatini, o‘ziga xos alomatini 
ko‘rsatish kerak ham bir necha og‘iz so‘z bilan shoir- 
ning ijodiga qimmat berish kerak. Inson tabiatining 
porloq, xira, rangsiz, qora va hokazo sonsiz jilvalari 
ko‘z oldida tajassumlanadi. Qancha yorqin va nodir 
siymolar, qancha razil va ojiz, qayg‘uli va kulgili
1 «N afis m ajlislar» — N av o iy n in g a sa rla rid an biri.
: M a ’ n o s i: K ech alar fik r b azm ida g o 'z a l raq q o salar — fikrlar o 'y in g a tu shishi 
u c h u n q a la m m en in g q o 'lim d a xushovoz, x u sh o h an g b ir sozdir.
409


qiyofalar uning tasawur yonasida aks etadi. Ba’zan 
bir ongina shoiming yuzidan m a’nodor tabassum 
uchib o‘tadi. She’r, san’at, ilm ahli — mayli, yaxshi- 
mi, yomonmi, oqilmi, johilmi, insonmi, shaytonmi,— 
baribir, so‘zning torini chertgan. Shuning uchun ki- 
tobda uning to‘g‘risida bir necha og‘iz gapirish kerak.
Navoiy fikrlarning bazmiga, qalamning ohangiga 
berilib, vaqtning alla-palla bo‘lganini sezmay qoldi. 
Qalamni qo‘ydi. Barmoqlarida og‘riq sezdi. Devorga 
suyalib, boshini quyi solgan holda fikrga tolganday, 
bir muddat o ‘tirdi. Yana kasal Jomiy ko‘z o‘ngiga 
keldi. Yuragi hovliqdi. Kunduz borganda, bemoming 
holini ko‘rib, ko‘ngli allanechuk buzilgan edi. Biron 
kishini yuborsammikan, deb o ‘yladi. Lekin sezgilari 
tashvishli bo‘lganidan, o‘zi borishga qaror qildi. 
0 ‘m idan turib, shamni o‘chirdi.
Izg‘irin shoirning yuzini timadi, etaklariga yopish- 
di. Osmon qora, xo'mraygan. Uzoqda, maydonda 
navkarlar, qorovullarning gulxani tunning qora 
bag‘rini yalamoqda edi. Qayerdadir chang, ud va nay 
ovozini eshitdi, qayerdadir yolg‘iz tovush uning bir 
g‘azalini yangi yaratilgan maqomlardan biriga solib 
aytmoqda. Xushkayf bir guruh: tor ko‘chadan chiqib, 
madrasa orqasida g‘oyib bo‘ldi, bular ichida tanish 
ovozlami — yosh, sho‘x shoirlaming ovozini eshitdi.
Jomiyning eshigida, fanor bilan yoritilgan hovlida 
odamlaming tashvish bilan yurib turganini ko‘rdi. 
Bular Jomiyning aqrabolari, yaqinlari, do‘stlari edilar. 
Navoiy bemorning holi haqida hech kim bilan 
so‘zlashmasa ham, yuragini birdan o‘tkir alam sanchib 
ketdi. Xona ichiga kirdi. To‘rda, to ‘shakda yotgan be­
moming atrofida bir to ‘da do'stlar turardi. Jomiyning 
oyog‘ida uning o‘g‘li Ziyoiddin Yusuf yig‘idan shish- 
gan ko‘zlarini ojizlik bilan otaga tikkan edi. Navoiy 
xastaning oldiga tiz cho‘kib, boshiga engashdi. Qayg‘u 
va muhabbat uchqunlangan so‘zlar bilan unga muro- 
jaat etdi. Evoh, donishmand ko‘zlar ochilmadi. Jomiy 
behush edi! Navoiy dardli ko‘zlarini tabib Abdulhayga 
tikdi. Hoziq hakim boshini ojizona chayqadi, xolos.
410


Navoiy qaltirab o‘rnidan turdi. Ko'zlaridan yoshlar 
quyilib, soqollarini yuvdi. Ziyoiddin Yusufning boshi- 
ni ota mehribonligi bilan silarkan, hech kim o‘zini 
tuta olmadi — h o ‘ngrab-ho‘ngrab yig‘lashdi.
Jomiy goh qisqa muddat hushiga kelib, goh yana 
behol bo‘lib yotdi. Navoiy uning yonidan siljimadi. 
Xushovoz G ‘iyosiddin Dehdor Jomiy boshida qiroat 
bilan muttasil Q ur’on o‘qidi. Keyin qalin xalq davra 
qurib, naqshbandiy usuliga muvoflq, zikr tushdi. 
Értalab xastaning holi yana og‘irlashdi, ko‘p o ‘tmas- 
dan, o‘lim o‘z og‘ushiga tortdi. Janozaga butun Hirot 
qatnashdi. Ulug‘ shoir va shayxni katta tantana bilan 
mavlono Sa’diddin Koshg‘ariyning mozori yoniga 
dafn etdilar.
0 ‘limning yettinchi kuni Navoiy ulug‘ do‘stining 
xotirasi uchun minglab xalqqa osh berdi. Bu yerda 
Jomiy haqida yozilgan she’rlar o‘qildi. Oqshom uyga 
horg‘in qaytdi. U Jomiyning o‘limidan keyin qan- 
daydir bir tanholik, o ‘ksizlik sezar, birin-sirin o‘lim 
og‘ushidan joy olayotgan jonajon do‘stlarni alam 
bilan yodlar, hayot va o‘lim ziddiyati haqida alam 
bilan o‘ylar edi. Bu, olamning markaziy masalasi kabi, 
uning boshida gala-gala masalalami tug‘dirardi. Fikr, 
falsafa, ilm, haqiqat, xudo masalalarining tubsiz gir- 
dobida chirpinar, yaralangan burgut qudratli qanotla- 
rini tog‘ toshlariga ura-ura, xavfsiz qo‘nar, joy topish- 
ga uringandek uning flkri ham negizli bir maskan qidi- 
rardi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin