Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi



Yüklə 72,79 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü72,79 Kb.
#195273
1   2   3   4
Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi (2)

uning oqibatlari.
Havoning kuchli ifloslanishi insonlar soliiga, qolaversa barcha jonzotlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bir kishi sutka davomida o`rtacha 25 kg havo bilan nafas oladi. Havo tarkibidagi zarali chang, qurumlar, zararli gazlar kishi organizmida to`planaveradi. Oqibatda teri va ko`z kasalliklari, jigar serrozi, qonbosimining ortishi, surunkali bronxit, enfizima, nafas qisish va o`pka raki kabi kasalliklarning ko`payishiga sabab bo`ladi. Bolalar o`rtasida umumiy kasallanishning ortishi qayd qilingan.
Havoda oltingugurt oksidi ko`p bo`lishi natijasida kishilarda bronxit, gastrit kasalliklari vujudga keladi.
Atmosfera havosining ifloslanishi o`simlik va hayvonlarga ham zarar etadi. O`simlik barglariga, tuproq va suv orqali esa ildiziga o`tadi. Ifloslangan havo o`simliklarni zararlab, ularda modda va energiya almashinuvini buzadi. Qishloq xo`jalik ekinlari va mevali daraxtlar ham kam hosilli bo`lib qoladi. Sanoat va transportdan chiqqan zararli gazlar fotosintez jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Transpirasiyani 3 barobargacha qisqartiradi.
Qayraoch dalalarda 300-400 yil yashasa, shahar parklarida 120-220 yil, avtomobil yo`llari atrofida 40-50 yil yashar ekan.
Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham ta`sir etib, ularning zaharlanishiga, ba`zan esa nobud bo`lishiga sabab bo`lmoqda. Hayvon turlarining kasallanib, zaharlanib, qirilib ketishida urushlarning, xususan AQShning Vetnamda, Laosda olib borgan urushlarida kimyoviy qurollarni qo`llash tufayli 170 qush turidan hozir 24 qush turi, 55 sut emizuvchilar turidan 5 turi qolgan.
Atmosferaga milliard tonnalab SO2 gazining chiqarilishi natijasida sayyoramizning o`rtacha harorati 1850 yilga nisbatan 0,5oS ga oshganligi aniqlangan. Agar atmosferadagi SO2 ning miqdori ortib boraversa, uning miqdori 2025 yilga borib 0,0379% ga etishi mumkin, bu esa er sayyorasi haroratini 1,8oS gacha ko`tarilishi taxmin qilinmoqda. YEr atmosferasi haroratining o`sishi, muzliklarning erishiga, suv sathining ko`tarilishiga olib keladi, bu esa ekin maydonlarini kamaytiradi, yoin-sochin miqdori ko`payib, iqlim o`zgaradi.
Oxirgi 25-30 yil ichida kislotali yomirlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqili yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot qo`sh oksidlari bo`ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomirni kislotaga aylantiradi. So`nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, Shvesiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomirlar ta`sirida katta maydondagi o`rmonlar quriy boshladi. Bunday yomirlar tuproq hosildorligini pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson soligiga zarar etkazadi.
Ayrim hududlarda havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaharli tuman “smog” insonlar soligiga o`ta salbiy ta`sir ko`rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo`lgan. Fotoximik smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarning quyosh nurlari ta`sirida reaksiyaga kirishib xavfli birikmalarni hosil qilishni tushuniladi. Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo`lishi va miqdorining ortishi uzatiladi. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko`rilishi lozim.
Amerikalik meterolog Luis Battan aytganidek: “Yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks holda tutun er yuzida insonlarni kamaytiradi”.
Rivojlangan mamlakatlarda tashqi muhitning ifloslanishi avtomobil dvigatellari chiqarayotgan zaharli moddalar tufayli yuz berayotir. Ba`zi kapitalistik mamlakatlarda, masalan: Yaponiyada avtomobillarning ko`pligi natijasida ko`cha harakatini boshqaruvchi polisiya xodimi har 2 soatda kislorod maskasini almashtirib turishga majbur bo`ladi. Shu sababli ham mutaxassislar avtomobillarni “ildirakdagi ximiyaviy fabrika” deyishadi. Mashina motori chiqargan gaz tarkibida uglerod oksidlari, karbonat angidrid, aldegidlar, azot oksidlari, uglevodlar, qo`roshin birikmalari bo`lib, ular inson soligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, uglerod oksidlari qondagi gemoglabin bilan birikib, uning kislorod tashishi funksiyasini pasaytiradi. Qo`roshin birikmasi nafas olish yo`llari orqali o`tib kishilarning yurak-qon tomirlarini shikastlar ekan.
Atmosferaning kosmosdan ifloslanishi kosmik changlardan sodir bo`lmoqda. Yer sirtiga yiliga 10 mln.t. kosmik chang tushadi. Eng xavflisi olam fazosidan Yerga kelayotgan turli xil chang, meteor zarralari, radiasiya oqimlari. Vulqonlarning otilishi va to jinslarining emirilishidan atmosferaga chiqqan turli xil zarralar bir necha yilgacha havoga suzib yurishi mumkin. Masalan: 1883 yil Karakatauda (Indoneziya) kuchli vulqon otilib, atmosferaga shunday ko`p miqdorda chang zarralari chiqqandiki, u 8-24 km balandligi, 16 km qalinligi qoplab olib 5 yil davomida havoda uchib yurgan.
O`zbekiston Respublikasida ham atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Aholi, sanoat va transport yuqori darajada to`plangan Toshkent va Farona iqtisodiy rayonlari, metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo`lgan Olmaliq, Toshkent, Farona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori.
Viloyatimiz hududida atmosfera havosiga o`z ta`sirini ko`rsatadigan 46600 dan ortiq transport vositalari va 6700 dan ortiq yirik qo`zalmas manbalar mavjud bo`lib, ulardan bir yilda o`rtacha 320000 tonnadan ortiq zararli moddalar atmosferaga chiqarilmoqda. Shundan 212,4 ming t. qo`zalmas manbalarga, 108,2 ming t. qo`zaluvchan manbalarga to`ri keladi. Bundan atmosfera havosini ifloslaydigan birinchi darajali ob`ektlarga quyidagilar kiradi:
1. Muborak gazni qayta ishlash zavodi 55 ming t.
2. Muborak gaz konlari unitar shu`ba korxonasi 5 ming t.
3. Sho`rtan neft-gaz unitar shu`ba korxonasi 70 ming t.
4. Sho`rtan gaz kimyo majmuasi 15 ming t.
5. Muborak issiqlik elektr markazi 10 ming t.
Bu ob`ektlardan atmosfera havosiga chiqadigan zaharli moddalar viloyat bo`yicha 65 % ni tashkil etadi.
Atmosferani muhofaza qilish.
Yuqoridagi ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki atmosfera havosi inson hayoti, qolaversa tabiatdagi muvozanat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlaridan ustivori – bu ekologik ta`lim-tarbiya ishlarini olib borishdir, chunki atmosfera havosining ifloslanishi natijasida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni to`liq anglay olgan inson to`ri va atroflicha xulosa chiqara oladi.
Havo ifloslanishini oldini olish va kamaytirishning turli yo`llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o`rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o`tish, shuningdek transport harakatini tartibga solish metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqili sifatini yaxshilash, ekologik toza transport vositalarini yaratish havoning ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda sanoat korxonalari, shahar, dam olish zonalari atroflarini ko`kalamzorlashtirib atmosfera havosidagi muvozanatga erishish mumkin.

Atmosfera geografik qobiqda muhim ahamiyatga ega. Atmosferani Yerning “ko‘rpasi” va “qalqoni” deyishadi. U Yerning issiqlik rejimini tartibga solib turadi, issiqlikni Yer yuzasida taqsimlanishiga imkon beradi. Binobarin, uning mavjudligi tufayli Yer yuzasi sovib ham ketmaydi, isib ham ketmaydi. Agar havo qobig’I bolmaganda edi, yer yuzasida haroratlarning kunlik ozgarishi 2000 gacha yetgan holda, kunduzi jazirama issiq (+1000 dan yuqori ) va oqshom izg’irin sovuq (-1000ga yaqin) bo‘lar edi.


Atmosfera tirik mavjudotlarni halokatli ultrabinafsha, rentgen va kosmik nurlardan, meteorit jismlardan asraydi.
Tabiatda atmosfera havosidagi gazlar miqdori nisbatlarini yerdagi hayot uchun optimal darajada taqsimlangan. Havodagi gazlarning deyarli hammasi organizmlarning hayotiy faoliyatida muayyan funksiyani bajaradi. Biologik jarayonlar uchun organizmlarni nafas olishida va organic moddalarning minerallashuvida foydalaniladigan kislorod hamda fotosintez jarayonida sarflanadigan karbonat angidrid gazikatta ahamiyatga ega.
Kislorod – tabiatning hayotbaxsh unsurlaridan eng asosiysidir. Odam bir kunda 25 kg ga yaqin kislorod iste’mol qiladi. Odam ovqatsiz 5 haftadan ortiqroq, suvsiz bir hafta yashashi mumkin , lekin kislorodsiz 5 daqiqadan ortiq yashay olmaydi.Organizmlarning faoliyati uzluksiz ravishda energiya sarf qilishni talab etadi. Energiya esa kiskorod faol ishtirok etadigan oksidlanish-tiklanish reaksiyalari jarayonida hosil bo‘ladi.Bunday reaksiyalar natijasida organism hujayralarida oziqlantiruvchi moddalarning potensial energiyasining adenozintrifosfat (ATF) kislotasiga aylanishi sodir bo‘ladi.Universal (lot. universalis umumiy) energetik mahsulot bo‘lgan ATF da to‘plangan energiya zahiralari hujayra ichkarisi sintezi (yunoncha sintesis-qo‘shilish, birikish, tuzish), sekretsiya (lotincha sekretino-ajralish) bezlari, mushaklarning qisqarishi, miya faoliyati va organizmlarningboshqa jarayonlari sarflanadi.
Havodagi kislorodning miqdori hajmiga ko‘ra o‘rtacha 20,95 %ni tashkil etadi.Atmosferadagi erkin kislorodning umumiy miqdori nihoyat darajada katta (1,5*1015t).F.F.Davitayaning (1978) hisoblariga ko‘ra kislorodning fotosintetik mahsulotining yillik miqdori 120-190*109.Yoqilg’ilarni yoqish, metallurgiya va kimyo mahsulotlari, turli xil chiqindilarning qo‘shimcha oksidlanishiga har yili 10-20*109t kislorod sarf bo‘ladi. Binobarin, insonning xo‘jalik faoliyati tufayli har yili biogen paydo bo‘lgan kislorodning 10-16%i sarflanadi. Lekin atmosferada kislorodning kamayib ketish xavfi yo‘q. Chunki yashil o‘simliklar va okean fitoplankton (yunoncha fito-o‘simlik va plankton-sahqib yuradigan, adashib yuradigan, darbadar kezadigan) karbonat angidrid gazini o‘ziga singdirib , fotosintez jarayonida kislorod ajratadi.
Havoda doimo ozon (O3) bo‘ladi. Ozon quyoshning ul’trabinafsha nurlari ta’sirida molekulyar kislorodning parchalanishi natijasida kislorod atomlapining molekulyar kislorod bilan qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Yer yuzasidagi havo tarkibida ozonning ulushi atigi 10-6% ni tashkil etadi. Atmosferadaulushigi ozonning eng katta zichligi 20-22km balandlikda kuzatiladi.Bu qatlam ozonosfera (ozon ekrani) deyiladi. Ammo bu qatlamdagi ozonning miqdori katta emas. Meyoriy bosimgakeltirilgan qalinligi atigi 3mm bo‘ladi.
Ozon qatlami yer yuzasidagi hayotni asraydigan qalqon bo‘lib xizmat qiladi.Bu qatlam hayot uchun xavflibo‘lgan ul’trabinafsha nurlarning deyarli hammasini o‘ziga singdiradi. Bundan tashqari ,ozon Yerning ul’traqizil nurlarining ham bir qismini singdiradi va atmosferaning isitish imkoniyatlarini oshirgan holda yer yuzasini sovib ketishdan saqlaydi.
Ozon – faol gaz bo‘lib ,inson organizmiga noqulay ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.Ayniqsa ,yirik shaharlarda avtomobillar chiqaradigan gazlarning fotokimyoviy o‘zgarishi natijasida havoda ozon miqdorining ko‘payishi xavfli vaziyatni vujudga keltirishi mumkin. Ozonning hosil bo‘lish va parchalanishining tabiiy jarayoni vodorod, xlor, brom, azot oksidining mavjudligi tufayli buziladi va ozonning parchalanishidagi fotokimyoviy reaksiyalar katalizatorlik sajiyasiga ega bo‘ladi.
Atmosferada karbonat angidridning (CO2)miqdori 0,03% atrofida bo‘lib, umumiy miqdori 2,3x1012 t ni tashkil etadi. Karbonat angidrid gazining tabiiy manbalari - vulkan gazlari, issiq buloqlar, odam va hayvonlarning nafas chiqarishidir. Bundan tashqari, hozirgi sharoitlarda atmosferaga har yili 1010 t ga yaqin karbonat angidrid gazi yoqilg’i mahsulotlarini yoqish natijasida tushadi. 1011 t karbonat angidrid atmosfera va okean orasidagi uzluksiz havo almashuvida ishtirok etadi. Atmosferada CO2 ning to‘liq almashinuvi 300-500 yilni o‘z ichiga oladi.
Karbonat angidrid gazi yashil o‘simliklar tomonidan fotosintez jarayonida uzluksiz iste’mol qilinadi. Yashil o‘simliklar atmosferadan har yili 16*1010t karbonat angidrid gazini oladi. Atmosferada turbo‘lent aralashuvning mavjudligi sababli yer yuzasining turli hududlarida CO2 ning miqdorida sezilarli tafovutlar bo‘lmaydi.
Odamlar yashaydigan binolarda karbonat angidrid gazining miqdori 1,1% dan oshmasligi kerak,chunki karbonat angidrid gazining katta miqdori narkotik (yun. narkotikos karaxt qiluvchi,gangituvchi,miyani aynituvchi) ta’sirga ega.
Atmosferada erkin vodorodning miqdori juda kam (0.0001% atomlar soniga nisbatan). Atmosferadagi inert gazlarning(geliy, neon, argon, krypton, ksenon) mavjudligi tabiiy radioaktiv parchalanishning uzluksiz jarayonlari bilan bog’liq . Bu gazlar biologikjihatdan indifferent (lotincha indifferens-loqayd,e’tiborsizlik) gazlar qatoriga mansub.
Atmosferada, shuningdek, uran, toriy va radonning parchalanish mahsulotlari ham bor. Atmosferaning mutlaq katta qismini massasi (75,6 %) va hajmiga (78,09 %) ko‘ra azot tashkil etadi. Hayotning mavjudligi ko‘p jihatdan azotga bog’liq.Ayni paytda Yer yuzasi havosidagi azotning paydo bo‘lishi va hayotiy jarayonlar tufaylidir. Amalda inson biroz kislorod qo‘shilgan azot atmosferasida yashaydi.
Atmosferaning quyi qatlami – troposferaning qalinligi 10 – 12 km dan iborat bo‘lib, unda butun atmosferaning 80% massasi mavjud. Troposferada barcha iqlim hodisalari, suv va boshqa kimyoviy elementlarning aylanma harakati sodir bo‘ladi atmosferaning Yer yuzasi ustidagi o‘rtacha harorati quyosh radiatsiyasining intensiqligi, ya‘ni Quyoshdan shu joygacha bo‘lgan masofa va albedo (er yuzasidan koinotga qaytgan radiatsiya miqdori), bilan aniqlanadi. Troposferada mavjud bo‘lgan turli moddalarning oz yoki ko‘pligi “issiqxona” samarasini belgilaydi. Masalan, troposferada suv bug‘lari, uglerod ikki oksidi, metan, xlor, ftor, uglerod, azot oksidi, ozon va boshqalarning mavjudligi tufayli qaytgan radiatsiya yana yer yuzasiga qaytadi.
Hisob – kitoblarga ko‘ra, aynan shu moddalarning troposferada mavjudligi sababli hozirda uning quyi qismidagi havoning o‘rtacha harorati 1,50 ni tashkil qiladi, aks holda harorat – 3,00 bo‘lishi mumkin edi.
Atmosferaning yuqori qatlamlarida Yerdan qaytgan radiatsiya hisobiga havo ma‘lum darajagacha isiydi, binobarin sayyora sathi qo‘shimcha issiqlik oladi. Bu hodisa “issiqxona samarasi” deb ataladi.
Atmosferaning mahalliy miqyoslarda ifloslanishi anchadan buyon ma‘lum bo‘lsada, XX asrda global muammoga aylandi. Atmosferaning ifloslanishi antropogen manbalardan chiqarilayotgan gazlar (90%) va aerozollar (yun. air – havo; nem. sol – erituvchi) (10%) tufayli sodir bo‘moqda. Atmosferaga chiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli moddalar borligi aniqlangan.
Transport, sanoat, issiqlik stantsiyalari va shuningdek, aholi manzilgohlari, xarbiy harakatlar, sinov maqsadlarida o‘tkaziladigan yadroviy portlatishlar atmosfera ifloslanishining asosiy antropogen manbalaridir.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab energiya olish maqsadlarida katta miqdorda mineral yoqilg‘ilardan foydalanish atmosferaga katta miqdorda turli chiqindilarni chiqarishga olish keldi.Hisoblarga ko`ra XX asr oxirida yonilg`ini yoqish natijasida Yer atmosferasiga har yili 250 mln. t kul, 250 oltingugurt dioksidi (SO2), 93 mln.t serovodorod, 300 mln.t uglerod oksidi, 23 mln.t uglerod dvuokisi, 50 mln.t azot oksidi va boshqa ko`pgina ifloslovchi moddalar chiqarilgan. [elektroenergiya ishlab chiqarish, po‘lat quyish va avtomobillarning harakati natijasida atmosferaga 5 mlrd. t uglerod, taxminan 100 mln.t oltingugurt va azot oksidi chiqarilgan.] Endilikda uglerodning atmosferaga chiqarilayotgan jami miqdori 6 mlrd. t ga yetdi. Tabiiy o‘rmonlarning yo‘q qilinishi ham is gazi hajmining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Sivilizatsiyaning rivojlanishi va sanoatning o`sishi natijasida juda miqdorda atmosfera kislorodining qo`shimcha sarflanishi ro`y bermoqda. Agar kislorodni iste’mol qilish har yili 19% ga ortib boraversa, 100 yildan so`ng kislorodning atmosferadagi ulushi 21% dan 8 % gacha kamayadi va bu hol insoniyat ucnun kislorod taqchilligini yuzaga keltiradi.
Atmosferaga ko‘p miqdorda turli chiqindilarning chiqarilishi Yerda havoning o‘rtacha haroratini 1890 yildagi 14,50 dan 1980 yilda 15,20 ga oshishiga sabab bo‘ldi. Atmosferaga turli chiqindilarning chiqarilishi tufayli haroratning ko‘tarilishi davom etmoqda. AQSHlik olimlarning hisoblaricha 2030 – 2050 yillar orasida havoning o‘rtacha harorati 1,5 – 4,50 ga ko‘tarilishi bashorat qilingan. Rossiyalik olim M.I. Budiko (1992) Yerning o‘rtacha havo harorati quyidagicha bo‘lishini bashorat qiladi: 2000 yilda 0,90 (yo‘l qo‘yilgan hato ± 0,30), 2025 yilda – 1,40 (± 0,70), 2050 yilda – 2,00 (± 1,00), 2075 yilda – 2,50 (± 1,60), 2100 yilda – 3,20 (± 2,00).
Havo haroratining global miqyosda tobora ortib borishi turli salbiy ekologik va ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi mutaxassislar tomonidan asoslanmoqda.
Dunyo miqyosida havo haroratining 1 – 20 ga ko‘tarilish Shimoliy yarim sharla tundra va o‘rmonlar zonalari maydonining qisqarishiga, daryolarda suv oqimining kamayishiga, janubiy yarim sharda esa havo harorati yuqori ko‘tarilmay, yog‘in miqdorining sezilarli oshishi kutiladi.
Dunyo miqyosida iqlimning isib borishi daryolardagi suv oqimining oshishiga olib keladi. Umuman olganda oqim miqdori o‘rtacha 10% ga ko‘payadi. Oqimning ko‘payishi, havo haroratining ortishi natijasida okean suvining issiqlik ta’sirida kengayishi va quruqlikdagi muzlarning erishi Dunyo okeani sathining ko‘tarilishiga olib keladi. Mavjud hisob – kitoblarga ko‘ra keyingi 100 yil mobaynida okean satxi yiliga 1,2 mm dan ko‘tarilib borgan (Budiko va b., 1992) yoki XX asda davomida okean sathi o‘rtacha XXI asrning o‘rtalarida okean sathi 30 – 100 sm ga ko‘tarilishi mumkin. Amerikalik olimlarning bashoratlaricha 2100 yilda Dunyo okeanining sathi 1,4 – 2,2 m ga ko‘tarilish taxmin qilinmoqda.
Tabiiyki, Dunyo okeani satxining ko‘tarilishi quruqlikning ancha qismini suv bosishiga olib keladi va natijada qishloq xo‘jalik yerlari, Niderlandiya, Daniya va boshqa dengiz bo‘yidagi pasttekisliklarda joylashgan mamlakatlar suv ostida qolish xavfi bor. Nyu – Orlean, Qoxira, Shanxay, Tokio va boshqalar suv bosishidan jiddiy zarar ko‘radi.
“Issiqxona samarasi”ni vujudga keltirishda freon guruhini tashkil etuvchi (xlor, ftor, uglerod) gazlari faol ishtirok etadi. Atmosferada bu gazlarning miqdori yiliga 5 – 10 % ortib bormoqda. Ular, odatda havoni sovitishda, sovitgich va penoplastik maxsulotlar tayyorlashda foydalaniladi.
Amerikalik mutaxassislarning fikricha, freon gazlari Yer yuzasidan ko‘tarilgan issiqlikni is gaziga nisbatan 20 ming marta samaraliroq to‘xtalib qolar ekan. Xlor atomi 100 ming ozon molekulasini yo‘qotishga qodir. Hozirgi vaqtda atmosferaga chiqqan freon atomlari 100 yildan so‘ng ham “yashash” xususiyatiga ega.
Ozon qatlamining freon gazlari tomonidan yemirilishi uning ultrabinafsha nurlarni qaytarish qobiliyatini kamaytiradi va ozon qatlamining yupqalashishi bilan ultrabinafsha nurlarining Yer yuzasiga kelishi ko‘payadi. Ultrabinafsha nurlar boshoqli ekinlarning xamda kartoshka, soyaning maxsuldorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, baliq va okean planktonining yashash sharoitlarini yomonlashtiradi, odamning teri raki kasalligiga chalinishini tezlashtiradi.
Ozon qatlamining buzilishi dastlab 1985 yilda Antarktikada osmonida yuz bergan va “ozon tuynugi” deb nom olgan. Amerikalik mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, “ozon tuynugi” nafaqat Janubiy Amerika va Antarktidada, balki aholi zich yashaydigan Shimoliy Amerika, Osiyo va Yevropa ustida ham paydo bo‘lishi mumkin.
Geografik qobiq jarayonlarining energetika asosini, yuqorida ta’kidlanganidek,
Quyosh radiatsiyasi energiyasining oqimi hamda yer bag’irlarining issiqlik oqimni Yer yuzasida to‘playdigan issiqlik maydoni tashkil etadi.Ammo Yerning ichki qismlarining issiqlik energiyasi Quyoshdan tushadigan energiya miqdoriga nisbatan juda kam.Shu sababli bu energiyaning miqdori balans hisoblaridagina e’tiborga olinadi.

Adabiyotlar ro`yxati:





Yüklə 72,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin