Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə32/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#199764
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

Avtomat liniya deb, texnologik ketma-ketlikda joylashgan va umumiy tashish bosqichlari, vositalari, bilan ta’minlangan avtomatlashtirilgan tarzda sozlashdan boshqa operatsiyalarni bajaradigan mashinalar tizimiga aytiladi.

2.4-rasm. Tipaviy avtomat liniya’ning strukturaviy sxemasi.
Alohida mashinalarni ishchi sikllarini avtomatlashtirishda to’plangan tajribalardan so’ng, yangi yanada murakkab masalalarni xal qilishga kirishiladi. Bunday masalalardan biri ishlov berilayotgan detallarni dastgohlar aro tashishni avtomat tizimini yaratish bo’lib qoldi. Bu masala detalni bir ishchi mashinadan ikkinchisiga avtomatlashtirilgan tarzda uzatish bilangina bog’liq bo’lib qolmasdan. Bunda hamma ishchi mashinani ish ritmi, ularni bo’zi lishlarida hosil bo’lgan yo’qotishlarni har xiligi masalani yanada murakkablashtirib Yuboradi.
Bu bosqichda mashinalar tizimini boshqaruv tizimi shakllantiradi. Bunda kulachoklar, kulachokli vallar bilan boshqarish mumkin emas, shu sababli elektrik, elektron va gidravlik boshqaruv tizimlaridan foydalaniladi, xozirda kompyuterlar keng qo’llanilmoqda.
Avtomatlashtirishni ikkinchi bosqichida avtomatik nazorat tizimlari, jumladan dastgohni ishini o’zgartiradigan aktiv (faol) nazorat qo’llanilishi boshlanadi
Avtomatlashtirishning uchinchi bosqichi, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish tizimlari va EXMlarni keng qo’langan holda avtomat bo’limlar, sexlar va ishlab chiqarish korxonasilar qurish bilan ishlab chiqarish jarayonini kompleks avtomatlashtirish bilan bog’liq. Kompleks avtomatlashtirishda Yuqori texnika bilan ta’minlangan ishlab chiqarish jarayonidavrini iloji boricha qisqartirish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarishni qo’llash muxim axamiyat kasb etadi.
Avtomatlashtirishning uchinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, avtomat sexlar va ishlab chiqarish korxonalarini yaratish.
Avtomat sex yoki ishlab chiqarish korxonasi asosiy ishlab chiqarish jarayonlari, avtomatik boshqarish sistemalari, hisoblash texnikasi, sifatni boshqarish sistemalari va xokazolardan foydalanib avtomat liniyalarda bajariladigan sex yoki ishlab chiqarish korxonasidir.

  1. 5-rasmda rotorli liniyalar bilan jihozlangan avtomat sexning struktura sxemasi ko’rsatilgan. Bu erda texnologik rotorli mashinalari, tashish, boshqarish mexanizmlari va boshqa mexanizmlari bor avtomat liniyalar ish bajaruvchi elementlardir. Zamonaviy avtomat ishlab chiqarish korxonasi boshqarishning ko’p bo’g’inlimurakkab ob’ektidir. Uning barcha elementlari o’zaro dinamik harakatda bo’ladi. Avtomatlashtirilgan korxona ishda eng yuqori iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishishi uchun boshqarish ob’ektlari elementlari orasida optimal o’zaro bog’lanishlar o’rnatilishi avtomat sistemalar funksiyalarining bajarilishini belgilaydi. EXM dan foydalanish ishlab chiqarishni boshqarishga oid masalalarnigina emas, balki texnologik jarayonlarni va jihozlarning barcha texnologik kompleksini moslashgan holda boshqarishga imkon beradi.

Asosiy ishlab chiqarish jarayoni avtomat liniyalarda bajariladi, liniyalar va sexlar orasidagi tashish, taxlash qirindilarni yig’ish va qayta ishlash, sifatni boshqarish, ishlab chiqarishni avtomat boshqarish tizimlari keng qo’llaniladi.

2.5-rasm. Avtomat sexning struktura sxemasi.
Xozirda kompleks avtomatlashtirishda dastgohlar bazasida tashkil qilinadigan moslanuvchan ishlab chiqarish modullarida keng qo’lanilmoqda. Bundagi EXM bilan boshqarish imkoniyati, nafaqat texnologik dastgohlar balki butun ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish EXM ga yuklatilmoqda.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin