Tadqiqot metodlari:
1. Mavzusiga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish.
2. Kuzatish,
3.Test, og‗zaki so‗rovnoma.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Mazkur tadqiqot ishi kirish, ikki bob,
besh paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati hamda
ilovalardan iborat bo‗lib, uning asosiy matni 49 betni tashkil etadi.
8
I-BОB. “GO„RO„G„LI” DOSTONI VOSITASIDA O„QUVCHILARNI
MA‟NAVIY- AXLOQIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHNING
NAZARIY ASOSLARI
1.1. O„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash
pedagogok muammo sifatida
Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‗lgan eng dastlabki axloqiy-
ma‘naviy tasavvurlari xalq pedagogikasi, qadimiy yozma manbalar («Avesto‖,
―Urxun bitiklari‖, ―Irq bitigi‖) va mustoz adabiyot vositasida avloddan-avlodga
o‗tib, ularning ba‘zi birlari umuminsoniy, milliy-ma‘naviy qadriyatlarning paydo
bo‗lishi
hamda
shakllanishida
asosiy
poydevor
vazifasini
bajarib
kelgan.Islomgacha bo‗lgan qadimiy tarbiya aqidalarining asosiy maqsadi insonni
ruhan va jismonan yovuz ruhlardan xalos etish va saqlash, ularda yaxshilikning
doimiy g‗alabasiga ishonch hissini shakllantirish, qalb pokligi, sihat-salomatlikka
da‘vat etuvchi dastlabki tasavvurlardan iborat bo‗lgan.
O‗sha davrlarga xos bo‗lgan insonning ruhiy-ma‘naviy qadriyatlarining
ibtidoiy negizlari haqida Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining qadimiy madaniy
yodgorliklaridan biri zardo‗shtiylik dinining muqaddas kitobi ―Avesto‖da
yetarlicha ma‘lumot beriladi. Sharq xalqlarining muhim qadriyatlari hisoblangan
yaxshilik, hojatbarorlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, halollik,
poklik va boshqalar tarbiyaning eng oddiy usuli: savol-javob, pand-nasihat,
namuna shaklida xalq o‗rtasida targ‗ib qilingan. Zardo‗shtiylar ta‘limotida sog‗lom
tanda sog‗ fikr bo‗ladi, degan aqida asosida ruhiy sog‗lomlikka erishish g‗oyasi
ilgari suriladi. O‘quvchi shaxsini ma‘naviy–axloqiy tarbiyalashda «Qur‘on‖ va
―Hadis‖larning alohida o‗z o‗rni bor. Hadislar sharq xalqlarining qimmatli
ma‘naviy qadriyati bo‗lib, u yettinchi asrda muhim ilmiy yo‗nalish sifatida raydo
bo‗ldi. Ular asrlar davomida yoshlarni ma‘naviy shakllantirishda ota-onalar,
masjid, madrasa va maktablarlarda tayanch qo‗llanma bo‗lib xizmat qildi.
Hadislarda xalq tajribasida sinalgan ezgu g‗oyalar kuchaytiriladi, ular nasihat va
talab shaklida xalqqa yetkaziladi, xalq g‗oyalariga zid xislatlar esa majoziy
9
jihatdan bo‗rttiriladi, yomon oqibatlardan ogoh etiladi. Bunday hollarda
mubolag‗ali usul orqali hadislarning tarbiyaviy ta‘siri kuchaytiriladi. Hadislar
zaminida kishilarninsh e‘tiqodi va tasavvurlari, olamni bila borish vaidrok etish
darajasi yotadi. Hadislar o‗ziga xos ta‘limiy va tarbiyaviy xarakterga ega bo‗lgan
ijodiy janr bo‗lib, boshqa adabiy tur va janrlardan o‗zining tarbiyaviy ta‘sir doirasi,
hajmi, ifoda xususiyatlari bilan ajralib turadi. Hadislarda «savob‖ mazmunini ochib
beruvchi fazilatlar: ota-onaga, keksalarga hurmat, ilmli bo‗lish, hamkorlik,
do‗stlik, insonparvarlik. Ayollarni qadrlash, saxovat, rostgo‗ylik, ifaat, nonni
e‘zozlash, diyonat, rahm-shafqat, e‘tiqod, mehmondo‗stlik, xayr-ehson, tozalik,
sabr-qanoat, ishonch va boshqalar shaxs ma‘naviy madaniyatini shakllantiriuvchi
axloqiy-ma‘naviy omil tarzida namoyon bo‗ladi. Inson axloqi aqlga, xulq va hatti-
harakati esa ilm-fanni o‗rganishga va ma‘rifatga asoslangandagina ma‘naviy
kamolotga erishadi. Sharq mutafakkir allomalarining fikricha insonparvarlik
g‗oyalarining amalga oshishi, ma‘naviy-axloqiy barkamollikka erishuv chuqur
bilim olish va ma‘rifatli bo‗lishga bog‗liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni
umuminsoniy qadriyat darajasida ulug‗ladilar, jamiyatning barcha a‘zolarini ilm
egallashga chaqirdilar, ilmning inson ma‘naviy hayotida tutgan o‗rnini yuqori
baholadilar.
Farobiy o‗zining «Baxt saodatga erishuv haqida‖, ―Fanlarning tasnifi‖.‖
Falsafani o‗rganishdan oldin nimani bilish kerakligi‖ kabi ko‗plab asarlarida
insonning ma‘naviy rivojlanishi ilm-ma‘rifatga bog‗liqligini ta‘kidladi.
Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o‗rganishning kaliti
ekanligini alohida ta‘kidlaydi. Ilm-ma‘rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri
uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir.
Al Xorazmiy esa insonning ma‘naviy-axloqiy qarashlari mantiqiy fikrlashga
asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin, degan g‗oyani elgari surdi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy butun umri davomida, barcha asarlarida
insonning guzal odobi, ta‘lim-tarbiyasi xaqida fikr yuritadi. Uning qay bir asariga
nazar tashlamaylik barkamol insoniylik fazilatlari uluglanadi. Jumladan,
mutufakkirning «Maxbubul-kulub» nomli asarida odob va axloq, tavoze,
10
insonlarga yaxshilik kilish, shu bilan birga insonlarda mavjud bulgan yomon
xulqlar: o‘ziga bino quyish, takabburlik, yolg‘on so‘zlash, nafs balosi kabilar
tugrisida fikr yuritadi. Shoir odobli-axloqli kishini quyidagicha ta‘riflaydi:
«Adabli, agarchi barcha kishilardan yaxshidir va hamma xaloyiqdan yoqimlidir,
ammo uluglardan ko‘ra yaxshiroq va qo‘li ustunlardan yoqimliroqdir. Adabli o‘z
tengqurlari orasida bir-biriga maqtanarli bo‘ladi, kattadan kichik o‘rtasida yaxshi
ko‘rinadi. Saxiylik qilmay elni shod qiladi va biror narsa xadya qilmay kishini
g‘amdan ozod qiladi. Adab kichik yoshdagilarni uluglar duosiga sazovor etadi va u
duo barakoti bilan umrbod bahramand bo‘ladi. Adab kichkinalar mehrini uluglar
kungliga soladi va u muxabbat kungilda abadiy qoladi…» 1
Alisher Navoiy yosh avlodni kelgusida ma‘naviy-axloqiy fazilati yuksak
fazilatli qilib yetishtirish, ularni yoshligidan boshlab qunt bilan tarbiya qilish
kerakligini uqtiradi. O‘zbek xalqida ota-onaga bulgan hurmat, e‘tiqod, uni uluglash
hamisha yuqori darajada bo‘lib kelgan. Shoir ham Vatanga muhabbatni, ota-
onaga, insonlarga muhabbatni chin insoniylikning eng yaxshi fazilatlaridan biri
deb biladi:
Boshni fido ayla ato koshiga,
Jismni kil sadko ano boshiga,
Ikki jaxoningga kilarsan fazo,
Xosil et ushbu ikkisin rizo.
Tunu-kununga aylagali nurposh,
Birisin oy ayla, birisin kuyosh.
Suzlaridin chekma kalam tashkari,
Xatlaridan kuyma kadam tashkari,
Bulsun adab birla bori ximmating,
Xam qil adab «dol» kabi qomating.
Navoiyning yana bir zamondoshi va dusti Abduraxmon Jomiydir. U juda
kup asarlar muallifidir. Jumladan uning «Baxoriston» nomli asarida ta‘lim va
tarbiyaga keng urin beriladi. Jomiy bu asarida chin insoniylikni uluglaydi. Shoir
11
vafoni, sadokat va dustlikni, adolat va xakikatni, saxovat va muruvvatni, iymon va
e‘tikodni axlokli kishilarga xos fazilat deb biladi. U xakikiy duslikni xamma
narsadan ustun kuyadi:
Dushmanga kursatgil dustlikni, xargiz
Adovat tigidan tilinmas pusting
Adovat kursatma dustlarga aslo
Alamidan dushman bulmasin dusting.3
Jomiy asarlarida uz davrining xakchil goyalari insonparvarlik, insonning insonga
tobe bulmasligi, ilm-ma‘rifatga intilish, odob, tavoze, soflik, tugrilik uluglanadi va
boshka kup insoniy fazilatlar xakidagi fikrlar xikoyatlar, masallar orkali talkin
kilinadi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Sharq mutafakkirlari o‗zlarining ko‗p
qirrali ijodlarida va ilmiy faoliyatlarida kishilarning talab va ehtiyojlari asosida
vujudga kelgan islom dini va uning aqidalarini hurfikrlilik nuqtai nazaridan
ko‗rmadilar,
balki
jamiyatning,
insoniyat
ma‘naviy
madaniyatining
rivojlanishining muhim vositasi sifatida ularga munosabatda bo‗ldilar. Sharq
mutafakkirlari didaktik xarakterdagi ilmiy asarlarida ma‘naviy madaniyatni
shakllantirishning shakl-usul va vositalarini bayon etdilar. Mutafakkir olimlar
yuksak ma‘naviy fazilatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin etdilar,
jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida ma‘naviy omillarni yuksak
baholadilar.
Sharq
allomalarining
bu
kabi
shaxs
ma‘naviy
madaniyatini
shakllantirishdagi ilg‗or fikrlaridan foydalanish I.A.Karimov asarlarida batafsil
yoritilgan. Shuningdek, o‗tmish madaniy merosdan ta‘lim-tarbiyani jarayonini
takomillashtirish, yangilash, insonparvarlashtirish sifatida foydalanish ham
prezident asarlaridan olg‗a surilgan g‗oyalardan biridir.
Dostları ilə paylaş: |