34
2-BОB. “GO„RO„G„LI” DOSTONI VOSITASIDA O„QUVCHILARNI
MA‟NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHNING
YO‟LLARI VA VOSITALARI
2.1. Doston vositasida o„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashning mavjud ahvoli
Biz ―Go‗ro‗g‗li‖ dostoni vositasida o‗quvchilarni ma‘naviy-axloqiy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashning mavjud ahvolini bilish maqsadida boshlang‗ich
sinflar o‗qish darsliklarini tahlil qilib chiqdik. Tahlil natijasi shundan dalolat
berdiki, o‗qish darsliklarida ―Go‗ro‗g‗li‖ dostoni epizodlaridan parcha
keltirilmagan. Bizningcha ushbu dostondan darslikda parchalar keltirilsa maqsadga
muvofiq bo‗lar edi. Chunki, biz 1-bobda tahlil qilib o‗tganimizdek, dostonning
o‗quvchilar ma‘naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati nihoyatda kattadir. Undagi
epizodlar,
voqealarning
borishi,
kishilar
o‗rtasidagi
munosabatlar,
ajdodlarimizning
marq va jasurligi, vatanparvarligi, oliyjanobligi haqidagi fikrlar
o‗quvchilarni befarq qoldirmaydi, degan fikrdamiz.
Shu bois biz darsliklarda
dostondan parcha keltirilishini yana bir bor tavsiya etib qolamiz.
Tajriba-sinov ishlarini yanada davom ettirishni oldimizga maqsad qilib,
tajriba maydonchasi sifatida Qarshi shahridagi 29-o‗rta umumta‘lim maktabini
tanlab oldik. Tadqiqotimiz avvalida boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarining ko‗plab
dars mashg‗ulotlarini kuzatdik. Jami kuzatgan darslarimiz soni 30 soatni tashkil
etdi. Bunda biz o‗qituvchilarning o‗quvchilarda ma‘naviy-axloqiy
sifatlarni
shakllantirishga oid ishlarining ahvoli, biz tanlagan mavzuga o‗qituvchilarning
qiziqishlarini aniqlashga harakat qildik. Tajriba-sinov ishlarida jami 12 nafar
o‘qituvchi va 28 nafar boshlag‘ich sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Boshlang‘ch
sinf o‘quvchilariga og‗zaki savollar bilan murojaat qildik. Biz tuzgan
savolnomalarimizda quyidagi savollar o‗z aksini topgan edi:
1. Xalq og‘zaki ijodi namunalariga nimalar kiradi?
2. Qanday o‘zbek xalq dostonlarini bilasiz ?
35
3. ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonidagi qanday qahramonlarni bilasiz?
4. ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonidagi ma‘naviy-axloqiy g‘oyalarga misollar keltiring?
5. ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonini qaysi baxshilar ijro etgan?
6. O‘quvchilaringizga sinfdan tashqari o‘qishda ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonini tavsiya
qilganmisiz?
7. ―Go‗ro‗g‗li‖dostonidan tashqari qanday dostonlarni bilasiz?
8. Milliy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
9. Ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarga nimalar kiradi ?
Savollarga javob bergan o‘qituvchilar
javobi yuqori, o‗rta va quyi
daraja ekanligi ma‘lum bo‗ldi. Yа‘ni 12 nafar o‗qituvchidan 2 nafari savollarga
yuqori
darajada, 4 nafari o‗rta darajada, qolgan 6 nafar o‗qituvchi esa quyi
darajada javob berdi.
Og‗zaki savol-javoblar tahlili shuni ko‗rsatadiki, o‗qituvchilar ―Go‗ro‗g‗li‖
dostonidagi ma‘naviy-axloqiy qadriyatlar bilan yaqindan tanish emaslar. Faqatgina
dostonning ayrim epizodlarini biladilar xolos. Qadriyatlar, ma‘naviy-axloqiy
qadriyatlar haqida ham yuzaki ma‘lumotga egalar. Biz bergan savollarga
o‗qituvchilarning bergan javoblari a‘lo darajada deb bo‗lmasligiga sabab,
o‗qituvchilarning o‗z
ustida mustaqil ishlamasligi, vaqtida malakasini
oshirmayotganligi va vaqtli manbuotda berilayotgan ma‘lumotlar bilan tanish
emasliklari bilan izohlanadi. Shu bilan birga, sinfdan tashqari o‗qish va tarbiyaviy
tadbirlarni tashkil etishda o‗qituvchilar faoliyatida tashabbuskorlikning
yetishmasligi, ularning bu ishlarga nisbatan ikkinchi darajali deb qarashlaridadir.
Biz bu qatorga barcha o‗qituvchilarni kiritmoqchi emasmiz. To‗g‗ri,
maktablarda
tajribali, ijodkor, tarbiyaviy tadbirlarni tez-tez uyushtirayotgan o‗qituvchilar ham
bor, lekin ular ozchilikni tashkil etadi. Bu xulosalar natijasida biz o‗qituvchilarning
sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarga alohida e‘tibor qaratishni lozim deb
hisoblaymiz. Chunki, o‗quvchilarda milliy qadriyatlar, jumladan dostonlarni
o‗rganish
faqat dars jarayonida emas, sinfdan tashqari o‗qish, tarbiyaviy ishlar
jarayonida ham davom etishi zarur, deb hisoblaymiz.
36
Tajriba-sinov ishlarini davom ettirib, o‗quvchilarga
test savollari bilan
murojaat qildik. Test savollarini tuzishda albatta darsliklarda ―Go‗ro‗g‗li‖
dostonining keltirilmaganligiga alohida e‘tiborni qaratdik. Shu bois test savollarini
tuzishda ko‗proq o‗quvchilarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasini
aniqlashga harakat qildik. Test so‗rovnomalarida 4 B-sinf o‗quvchilari ishtirok
etishdi. (O‗quvchilar soni 28 nafar tashkil etdi).Ўқувчиларга қуйидаги тест
саволлари билан мурожаат қилдик:
Dostları ilə paylaş: