O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim bazirligi qarshi davlat universiteti boshlahg‟ich ta‟lim kafedrasi



Yüklə 374,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix19.01.2023
ölçüsü374,57 Kb.
#79730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
gorogli dostoni vositasida oquvchilarni manaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
2-BОB. “GO„RO„G„LI” DOSTONI VOSITASIDA O„QUVCHILARNI 
MA‟NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHNING 
YO‟LLARI VA VOSITALARI 
2.1. Doston vositasida o„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida 
tarbiyalashning mavjud ahvoli
 
Biz ―Go‗ro‗g‗li‖ dostoni vositasida o‗quvchilarni ma‘naviy-axloqiy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashning mavjud ahvolini bilish maqsadida boshlang‗ich 
sinflar o‗qish darsliklarini tahlil qilib chiqdik. Tahlil natijasi shundan dalolat 
berdiki, o‗qish darsliklarida ―Go‗ro‗g‗li‖ dostoni epizodlaridan parcha 
keltirilmagan. Bizningcha ushbu dostondan darslikda parchalar keltirilsa maqsadga 
muvofiq bo‗lar edi. Chunki, biz 1-bobda tahlil qilib o‗tganimizdek, dostonning 
o‗quvchilar ma‘naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati nihoyatda kattadir. Undagi 
epizodlar, 
voqealarning 
borishi, 
kishilar 
o‗rtasidagi 
munosabatlar, 
ajdodlarimizning marq va jasurligi, vatanparvarligi, oliyjanobligi haqidagi fikrlar 
o‗quvchilarni befarq qoldirmaydi, degan fikrdamiz. Shu bois biz darsliklarda 
dostondan parcha keltirilishini yana bir bor tavsiya etib qolamiz.
Tajriba-sinov ishlarini yanada davom ettirishni oldimizga maqsad qilib, 
tajriba maydonchasi sifatida Qarshi shahridagi 29-o‗rta umumta‘lim maktabini 
tanlab oldik. Tadqiqotimiz avvalida boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarining ko‗plab 
dars mashg‗ulotlarini kuzatdik. Jami kuzatgan darslarimiz soni 30 soatni tashkil 
etdi. Bunda biz o‗qituvchilarning o‗quvchilarda ma‘naviy-axloqiy sifatlarni 
shakllantirishga oid ishlarining ahvoli, biz tanlagan mavzuga o‗qituvchilarning 
qiziqishlarini aniqlashga harakat qildik. Tajriba-sinov ishlarida jami 12 nafar 
o‘qituvchi va 28 nafar boshlag‘ich sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Boshlang‘ch 
sinf o‘quvchilariga og‗zaki savollar bilan murojaat qildik. Biz tuzgan 
savolnomalarimizda quyidagi savollar o‗z aksini topgan edi: 
1. Xalq og‘zaki ijodi namunalariga nimalar kiradi? 
2. Qanday o‘zbek xalq dostonlarini bilasiz ?


35 
3. ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonidagi qanday qahramonlarni bilasiz?
4. ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonidagi ma‘naviy-axloqiy g‘oyalarga misollar keltiring? 
5. ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonini qaysi baxshilar ijro etgan?
6. O‘quvchilaringizga sinfdan tashqari o‘qishda ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonini tavsiya 
qilganmisiz? 
7. ―Go‗ro‗g‗li‖dostonidan tashqari qanday dostonlarni bilasiz? 
8. Milliy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz? 
9. Ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarga nimalar kiradi ?
Savollarga javob bergan o‘qituvchilar javobi yuqori, o‗rta va quyi 
daraja ekanligi ma‘lum bo‗ldi. Yа‘ni 12 nafar o‗qituvchidan 2 nafari savollarga
yuqori darajada, 4 nafari o‗rta darajada, qolgan 6 nafar o‗qituvchi esa quyi 
darajada javob berdi.
Og‗zaki savol-javoblar tahlili shuni ko‗rsatadiki, o‗qituvchilar ―Go‗ro‗g‗li‖ 
dostonidagi ma‘naviy-axloqiy qadriyatlar bilan yaqindan tanish emaslar. Faqatgina 
dostonning ayrim epizodlarini biladilar xolos. Qadriyatlar, ma‘naviy-axloqiy 
qadriyatlar haqida ham yuzaki ma‘lumotga egalar. Biz bergan savollarga 
o‗qituvchilarning bergan javoblari a‘lo darajada deb bo‗lmasligiga sabab, 
o‗qituvchilarning o‗z ustida mustaqil ishlamasligi, vaqtida malakasini 
oshirmayotganligi va vaqtli manbuotda berilayotgan ma‘lumotlar bilan tanish 
emasliklari bilan izohlanadi. Shu bilan birga, sinfdan tashqari o‗qish va tarbiyaviy 
tadbirlarni tashkil etishda o‗qituvchilar faoliyatida tashabbuskorlikning 
yetishmasligi, ularning bu ishlarga nisbatan ikkinchi darajali deb qarashlaridadir. 
Biz bu qatorga barcha o‗qituvchilarni kiritmoqchi emasmiz. To‗g‗ri, maktablarda 
tajribali, ijodkor, tarbiyaviy tadbirlarni tez-tez uyushtirayotgan o‗qituvchilar ham 
bor, lekin ular ozchilikni tashkil etadi. Bu xulosalar natijasida biz o‗qituvchilarning 
sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarga alohida e‘tibor qaratishni lozim deb 
hisoblaymiz. Chunki, o‗quvchilarda milliy qadriyatlar, jumladan dostonlarni 
o‗rganish faqat dars jarayonida emas, sinfdan tashqari o‗qish, tarbiyaviy ishlar 
jarayonida ham davom etishi zarur, deb hisoblaymiz.


36 
Tajriba-sinov ishlarini davom ettirib, o‗quvchilarga test savollari bilan 
murojaat qildik. Test savollarini tuzishda albatta darsliklarda ―Go‗ro‗g‗li‖ 
dostonining keltirilmaganligiga alohida e‘tiborni qaratdik. Shu bois test savollarini 
tuzishda ko‗proq o‗quvchilarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasini 
aniqlashga harakat qildik. Test so‗rovnomalarida 4 B-sinf o‗quvchilari ishtirok 
etishdi. (O‗quvchilar soni 28 nafar tashkil etdi).Ўқувчиларга қуйидаги тест 
саволлари билан мурожаат қилдик: 

Yüklə 374,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin