O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim bazirligi qarshi davlat universiteti boshlahg‟ich ta‟lim kafedrasi



Yüklə 374,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix19.01.2023
ölçüsü374,57 Kb.
#79730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
gorogli dostoni vositasida oquvchilarni manaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

 
Mavzuning dolzarbligi: Har bir millatning ma‘naviy boyligi milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Ma‘naviy meros 
o‗tmishning yutug‗i. Uni to‗la, odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi 
avlodlarning vazifasidir. O‗z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki 
mensimaslik madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib yuksak darajaga ko‗tarishga 
intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta ziyondir. Ma‘naviyati yuksak 
darajada rivojlangan insongina mustaqilllik ravnaqi uchun kurashga o‗zida kuch 
topa oladi. 



Demak, milliy qadriyatlarni o‗rganish, ularda olg‗a surilgan g‗oyalarga 
amal qilish, ularni kelgusi avlodlar ongiga singdirish jamiyat har bir a‘zosining 
vijdon oldidagi, Vatan oldidagi burchidir. Mustaqil Respublikamiz istiqbolini 
belgilovchi har bir fuqaroning o‗z burchi va majburiyati mohiyatida ma‘naviyat va 
axloqiylikni qayta tiklash; o‗zbek xalqi asrlar moboynida yaratgan madaniy 
boyliklarni, noyob tarixiy obidalarni avaylab asrash va kelgusi avlodlarga 
tadbirlarini ko‗rish; qadimiy va zamonaviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va san‘atni 
bilish va rivojlantirish; o‗zbek tilini taraqqiy ettirish; boshqa xalq vakillarini 
hurmatlash kabi shartlarni amalag oshirish yotadi. 
Insoniyat paydo bo‘lgandan to bugungi kunga qadar insonlar ikkita 
qadriyatga amal qilib yashaydi, ya‘ni - axloqiy va huquqiy qadriyatlar. Huquqiy
qadriyatlar davlat tomonidan qat‘iy o‘rnatilib, belgilab qo‘yiladi. Axloqiy 
qadriyatlar esa jamiyatda o‘rnatilmaydi ham, belgilanmaydi ham, balki, 
jamiyatdagi shaxslar ularga ongli ravishda o‘z e‘tiqodlari va dunyoqarashlari 
asosida amal qiladi. Bizning xalqimiz qadimdan, har qanday davrda ham, ko‘proq 
axloq qadriyatlarga amal qilib yashaydi. Bu bizning yutug‘imizdir. Chunki, 
fuqorolik adolatli jamiyatni qurishimizda uuqorida aytib o‘tilgandek, axloqiy 
madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega shaxslar orqali
quramiz. 
Shunday ekan, hayotimizning ajralmas qismi va mazmuni bo‘lgan axloqiy 
qadriyatlarga rioya qilishimiz ichki ehtiyojimiz bo‘lishi bilan birga bugungi
kundagi hayotimiz mohiyatini begilab beruvchi mezon hamdir.
Inson hayotida axloqiy qadriyatlar katta ahamiyatga ega ekan, ularni 
kundalik hayotimizda ma‘lum axloqiy tamoyillrning amalga oshish
muruvvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli
sifatida royobga chiqadi. Halollik, rostgo‘ylik, insoflilik, xushmuomalilik, 
boodoblik, kamtarlik singari axloqiy qadriyatlar ayniqsa diqqatga sazovor.
Xalqimizning buyuk axloqiy qadriyatlari uning og‗zaki ijodida, jumladan
dostonlarida ham saqlanib kelinmoqda. Bu borada o‗zbek xalqining sevimli 
dostoni ―Go‗ro‗g‗li‖ni alohida ta‘kidlash joizki, unda biz izlagan axloqiy 



qadriyatlarning barchasi mujassamdir. Ayniqsa, dostondagi axloqiy qadriyatlarni 
boshlang‗ich sinf o‗quvchilari ongiga singdirish, undagi barcha ezgu g‗oyalarga 
amal qilishni o‗rgatishimiz lozimki, bu o‗z navbatida kelajakda barkamol 
insonlarni shakllantirish ishlariga hissamizni qo‗shish bilan barobardir.
Biz ushbu bitiruv malakaviy ishda axloqiy qadriyatlarning tarbiyaviy 
imkoniyatlari, ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonining mazmuni va mohiyati; doston vositasida 
o‗quvchilarni ma‘naviy-axloqyi qadriyatlar ruhida tarbiyalashning yo‗llari, usullari
haqidagi fikr yuritishga harakat qildik.

Yüklə 374,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin