O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim bazirligi qarshi davlat universiteti boshlahg‟ich ta‟lim kafedrasi



Yüklə 374,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix19.01.2023
ölçüsü374,57 Kb.
#79730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
gorogli dostoni vositasida oquvchilarni manaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

Tadqiqot metodlari: 
1. Mavzusiga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish. 
2. Kuzatish,
3.Test, og‗zaki so‗rovnoma.
 
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Mazkur tadqiqot ishi kirish, ikki bob, 
besh paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati hamda 
ilovalardan iborat bo‗lib, uning asosiy matni 49 betni tashkil etadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I-BОB. “GO„RO„G„LI” DOSTONI VOSITASIDA O„QUVCHILARNI 
MA‟NAVIY- AXLOQIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHNING 
NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. O„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash 
pedagogok muammo sifatida 
Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‗lgan eng dastlabki axloqiy-
ma‘naviy tasavvurlari xalq pedagogikasi, qadimiy yozma manbalar («Avesto‖, 
―Urxun bitiklari‖, ―Irq bitigi‖) va mustoz adabiyot vositasida avloddan-avlodga 
o‗tib, ularning ba‘zi birlari umuminsoniy, milliy-ma‘naviy qadriyatlarning paydo 
bo‗lishi 
hamda 
shakllanishida 
asosiy 
poydevor 
vazifasini 
bajarib 
kelgan.Islomgacha bo‗lgan qadimiy tarbiya aqidalarining asosiy maqsadi insonni 
ruhan va jismonan yovuz ruhlardan xalos etish va saqlash, ularda yaxshilikning 
doimiy g‗alabasiga ishonch hissini shakllantirish, qalb pokligi, sihat-salomatlikka 
da‘vat etuvchi dastlabki tasavvurlardan iborat bo‗lgan. 
O‗sha davrlarga xos bo‗lgan insonning ruhiy-ma‘naviy qadriyatlarining 
ibtidoiy negizlari haqida Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining qadimiy madaniy 
yodgorliklaridan biri zardo‗shtiylik dinining muqaddas kitobi ―Avesto‖da 
yetarlicha ma‘lumot beriladi. Sharq xalqlarining muhim qadriyatlari hisoblangan 
yaxshilik, hojatbarorlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, halollik, 
poklik va boshqalar tarbiyaning eng oddiy usuli: savol-javob, pand-nasihat, 
namuna shaklida xalq o‗rtasida targ‗ib qilingan. Zardo‗shtiylar ta‘limotida sog‗lom 
tanda sog‗ fikr bo‗ladi, degan aqida asosida ruhiy sog‗lomlikka erishish g‗oyasi 
ilgari suriladi. O‘quvchi shaxsini ma‘naviy–axloqiy tarbiyalashda «Qur‘on‖ va 
―Hadis‖larning alohida o‗z o‗rni bor. Hadislar sharq xalqlarining qimmatli 
ma‘naviy qadriyati bo‗lib, u yettinchi asrda muhim ilmiy yo‗nalish sifatida raydo 
bo‗ldi. Ular asrlar davomida yoshlarni ma‘naviy shakllantirishda ota-onalar, 
masjid, madrasa va maktablarlarda tayanch qo‗llanma bo‗lib xizmat qildi. 
Hadislarda xalq tajribasida sinalgan ezgu g‗oyalar kuchaytiriladi, ular nasihat va 
talab shaklida xalqqa yetkaziladi, xalq g‗oyalariga zid xislatlar esa majoziy 



jihatdan bo‗rttiriladi, yomon oqibatlardan ogoh etiladi. Bunday hollarda 
mubolag‗ali usul orqali hadislarning tarbiyaviy ta‘siri kuchaytiriladi. Hadislar 
zaminida kishilarninsh e‘tiqodi va tasavvurlari, olamni bila borish vaidrok etish 
darajasi yotadi. Hadislar o‗ziga xos ta‘limiy va tarbiyaviy xarakterga ega bo‗lgan 
ijodiy janr bo‗lib, boshqa adabiy tur va janrlardan o‗zining tarbiyaviy ta‘sir doirasi, 
hajmi, ifoda xususiyatlari bilan ajralib turadi. Hadislarda «savob‖ mazmunini ochib 
beruvchi fazilatlar: ota-onaga, keksalarga hurmat, ilmli bo‗lish, hamkorlik
do‗stlik, insonparvarlik. Ayollarni qadrlash, saxovat, rostgo‗ylik, ifaat, nonni 
e‘zozlash, diyonat, rahm-shafqat, e‘tiqod, mehmondo‗stlik, xayr-ehson, tozalik, 
sabr-qanoat, ishonch va boshqalar shaxs ma‘naviy madaniyatini shakllantiriuvchi 
axloqiy-ma‘naviy omil tarzida namoyon bo‗ladi. Inson axloqi aqlga, xulq va hatti-
harakati esa ilm-fanni o‗rganishga va ma‘rifatga asoslangandagina ma‘naviy 
kamolotga erishadi. Sharq mutafakkir allomalarining fikricha insonparvarlik 
g‗oyalarining amalga oshishi, ma‘naviy-axloqiy barkamollikka erishuv chuqur 
bilim olish va ma‘rifatli bo‗lishga bog‗liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni 
umuminsoniy qadriyat darajasida ulug‗ladilar, jamiyatning barcha a‘zolarini ilm 
egallashga chaqirdilar, ilmning inson ma‘naviy hayotida tutgan o‗rnini yuqori 
baholadilar. 
Farobiy o‗zining «Baxt saodatga erishuv haqida‖, ―Fanlarning tasnifi‖.‖ 
Falsafani o‗rganishdan oldin nimani bilish kerakligi‖ kabi ko‗plab asarlarida 
insonning ma‘naviy rivojlanishi ilm-ma‘rifatga bog‗liqligini ta‘kidladi. 
Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o‗rganishning kaliti 
ekanligini alohida ta‘kidlaydi. Ilm-ma‘rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri 
uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. 
Al Xorazmiy esa insonning ma‘naviy-axloqiy qarashlari mantiqiy fikrlashga 
asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin, degan g‗oyani elgari surdi. 
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy butun umri davomida, barcha asarlarida 
insonning guzal odobi, ta‘lim-tarbiyasi xaqida fikr yuritadi. Uning qay bir asariga 
nazar tashlamaylik barkamol insoniylik fazilatlari uluglanadi. Jumladan
mutufakkirning «Maxbubul-kulub» nomli asarida odob va axloq, tavoze, 


10 
insonlarga yaxshilik kilish, shu bilan birga insonlarda mavjud bulgan yomon 
xulqlar: o‘ziga bino quyish, takabburlik, yolg‘on so‘zlash, nafs balosi kabilar 
tugrisida fikr yuritadi. Shoir odobli-axloqli kishini quyidagicha ta‘riflaydi: 
«Adabli, agarchi barcha kishilardan yaxshidir va hamma xaloyiqdan yoqimlidir, 
ammo uluglardan ko‘ra yaxshiroq va qo‘li ustunlardan yoqimliroqdir. Adabli o‘z 
tengqurlari orasida bir-biriga maqtanarli bo‘ladi, kattadan kichik o‘rtasida yaxshi 
ko‘rinadi. Saxiylik qilmay elni shod qiladi va biror narsa xadya qilmay kishini 
g‘amdan ozod qiladi. Adab kichik yoshdagilarni uluglar duosiga sazovor etadi va u 
duo barakoti bilan umrbod bahramand bo‘ladi. Adab kichkinalar mehrini uluglar 
kungliga soladi va u muxabbat kungilda abadiy qoladi…» 1
Alisher Navoiy yosh avlodni kelgusida ma‘naviy-axloqiy fazilati yuksak
fazilatli qilib yetishtirish, ularni yoshligidan boshlab qunt bilan tarbiya qilish 
kerakligini uqtiradi. O‘zbek xalqida ota-onaga bulgan hurmat, e‘tiqod, uni uluglash 
hamisha yuqori darajada bo‘lib kelgan. Shoir ham Vatanga muhabbatni, ota-
onaga, insonlarga muhabbatni chin insoniylikning eng yaxshi fazilatlaridan biri 
deb biladi: 
Boshni fido ayla ato koshiga, 
Jismni kil sadko ano boshiga, 
Ikki jaxoningga kilarsan fazo
Xosil et ushbu ikkisin rizo.
Tunu-kununga aylagali nurposh, 
Birisin oy ayla, birisin kuyosh. 
Suzlaridin chekma kalam tashkari, 
Xatlaridan kuyma kadam tashkari, 
Bulsun adab birla bori ximmating, 
Xam qil adab «dol» kabi qomating. 
Navoiyning yana bir zamondoshi va dusti Abduraxmon Jomiydir. U juda 
kup asarlar muallifidir. Jumladan uning «Baxoriston» nomli asarida ta‘lim va 
tarbiyaga keng urin beriladi. Jomiy bu asarida chin insoniylikni uluglaydi. Shoir 


11 
vafoni, sadokat va dustlikni, adolat va xakikatni, saxovat va muruvvatni, iymon va 
e‘tikodni axlokli kishilarga xos fazilat deb biladi. U xakikiy duslikni xamma 
narsadan ustun kuyadi: 
Dushmanga kursatgil dustlikni, xargiz 
Adovat tigidan tilinmas pusting 
Adovat kursatma dustlarga aslo 
Alamidan dushman bulmasin dusting.3 
Jomiy asarlarida uz davrining xakchil goyalari insonparvarlik, insonning insonga 
tobe bulmasligi, ilm-ma‘rifatga intilish, odob, tavoze, soflik, tugrilik uluglanadi va 
boshka kup insoniy fazilatlar xakidagi fikrlar xikoyatlar, masallar orkali talkin 
kilinadi. 
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Sharq mutafakkirlari o‗zlarining ko‗p 
qirrali ijodlarida va ilmiy faoliyatlarida kishilarning talab va ehtiyojlari asosida 
vujudga kelgan islom dini va uning aqidalarini hurfikrlilik nuqtai nazaridan 
ko‗rmadilar, 
balki 
jamiyatning, 
insoniyat 
ma‘naviy 
madaniyatining 
rivojlanishining muhim vositasi sifatida ularga munosabatda bo‗ldilar. Sharq 
mutafakkirlari didaktik xarakterdagi ilmiy asarlarida ma‘naviy madaniyatni 
shakllantirishning shakl-usul va vositalarini bayon etdilar. Mutafakkir olimlar 
yuksak ma‘naviy fazilatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin etdilar, 
jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotida ma‘naviy omillarni yuksak 
baholadilar.
Sharq 
allomalarining 
bu 
kabi 
shaxs 
ma‘naviy 
madaniyatini 
shakllantirishdagi ilg‗or fikrlaridan foydalanish I.A.Karimov asarlarida batafsil 
yoritilgan. Shuningdek, o‗tmish madaniy merosdan ta‘lim-tarbiyani jarayonini 
takomillashtirish, yangilash, insonparvarlashtirish sifatida foydalanish ham 
prezident asarlaridan olg‗a surilgan g‗oyalardan biridir.

Yüklə 374,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin