O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim bazirligi qarshi davlat universiteti boshlahg‟ich ta‟lim kafedrasi



Yüklə 374,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix19.01.2023
ölçüsü374,57 Kb.
#79730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
gorogli dostoni vositasida oquvchilarni manaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

Yaxshining makoni bordir har joyda. 
Keyingi saboqlarda (7-saboqda) so‗zning qudrati haqida fikr yuritilib, inson 
bir so‗z bilan ezguliklar qilishi mumkinligi va bir so‗z bilan ―shoh qal‘asi‖ni 
vayron ham qilish mumkinligi uqtiriladi: 
Bir so‗z bilan buzilar shoh qal‘asi, 
Ingranib chiqadi go‗dak nolasi, 
O‗t balosi, suv balosi yomondir, 
Undan yomon, bilgin tuhmat balosi. 
Va bunday fikrlardan kelib chiqadiki, insonning qancha umr ko‗rgani uning 
qilgan yaxshiliklari bilan o‗lchanadi (8-saboq). YA‘ni, ayrim insonlarning qilgan 
bir savobli ishlari butun umrlariga tatigulik rahmat olib kelsa, ayrim insonlar butun 
umrlari davomida ham birovga yaxshilik qilmay o‗tishlari mumkin ekan.
Birovning bir kunda qilgan ishini, 
Birov qilolmaydi yashab yoshini, 
Birov bir kunida ming yil yashaydi, 
Birov ming kunda ham yig‗mas esini. 
Chiltonlarning keyingi saboqlarida yaxshilikning bir ko‗rinishi bo‗lmish 
sahovat haqida to‗xtalib o‗tiladi (14-saboq). Sahovat bu oliyhimmatlilik, birovlarga 
yaxshilik qilish demakdir. Sahovat qilish uchun inson umri davomida topadigan 
davlatini sarf qilishni bilishi, har bir insonni – u boy yoki kambag‗al bo‗lishi, bola 
yoki katta yoshli bo‗lishidan qat‘iy nazar hurmat qila bilishi lozim: 
Mensimaslik keltiradi adovat, 
Yig‗olmagan qilolmaydi sahovat, 
Gadoni ko‗rganda kulmagin zinhor, 
Bolani ko‗rsangda aylagin hurmat. 
Islom ta‘limotining asosi bo‗lmish Qur‘oni Karimning ―Al-isro‖ surasida 
―Parvardigoringiz, yolg‗iz Uning o‗ziga ibodat qilishingizni hamda ota-onaga 


31 
yaxshilik qilishingizni amr etdi‖ deyiladi. Ota-onani hurmat qilish eng oliy 
qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Sharq tarbiyashunosligiga xos xususiyatlardan 
biri ham ota-onani ulug‗lash, ularga hurmat ko‗rsatish va yaxshilik qilishga 
chaqirish g‗oyasiga alohida e‘tibor qaratilishidir. Ushbu g‗oya ―Zaydinoy‖ 
dostonida ham nazardan chetda qolmagan. Chiltonlarning 25- va 26-saboqlarida 
ota va onani hurmat qilishga chaqiriladi: 
 Ota bilan yashar ushbu basharyat, 
Farzand uchun ota oltin imorat. 
Yomon bo‘lsa hamki ota ulug‘dir, 
Ketgan bo‘lsa qil qabrin ziyorat. 
 
Ona ko‘rsatadi jahon yuzini, 
Oltinga bit har bir aytgan so‘zini, 
Birisi oy bo‘lsa, biridir quyosh, 
Tavob ayla bosib ketgan izini. 
Chiltonlarning yaxshilikka undovchi nasihatlari insonlarga yaxshilik qilish, 
sahovat ko‗rsatishning natijasi yaxshi nom qoldirish haqidagi saboqlar (36- va 37-
saboq) bilan yakunlanadi: 
Yaxshidan, yomondan birday nom qolar. 
Har kim qilganiga haqini olar. 
Yomonga la‘natdir, yaxshiga rahmat, 
Yaxshini bu olam ardoqlab kelar. 
Ya‘ni, nasihatda ifodalanishicha, yaxshimi, yomonmi – har bir inson bu 
olamdan o‗tadi. Ammo har kim qilgan amallariga ko‗ra haqini oladi. Umri 
yomonlik bilan o‗tgan insonni orqasidan la‘natlasalar, yaxshi insonni hamma 
ardoqlab yodga oladi. Bu yaxshi nom qoldirish demakdir. 
Inson yaxshi nom qoldirish uchun turli ezgu amallarni amalga oshirishi 
mumkin: 
Bog‘bonning ustasi guldan bilinar, 
Shohlikning shavkati yo‘ldan bilinar, 


32 
Odamzod bir daraxt ekib ketsa ham, 
Qalbining pokligi shundan bilinar. 
Bu to‗rtlikdan anglashiladiki, bog‗bon yaxshi nom qoldirishi uchun 
insonlarga zavq-shavq bag‗ishlovchi gullardan iborat gulzor qiladi, shavkatli nom 
orttirmoqchi bo‗lgan shoh esa ellarni birlashtirib turuvchi ravon yo‗l qurdiradi. 
Hattoki insonning ekib ketgan bitta daraxti ham uning qalbi pokligini bildirib 
turadi va shu bilan u yaxshi nom qoldiradi. 
―Zaydinoy‖ 
dostonida 
chiltonlar 
saboqlari 
orqali 
ifodalanadigan 
nasihatlardagi ravonlik, g‗oyalardagi uzviylik va tizimlilik bir tomondan xalqning 
yaratuvchanligini bildirsa, ikkinchi tomondan xalq baxshisi Qodir baxshi 
Raximjon o‗g‗lining mahorati, ijodidagi betakrorlik va fikrlarini ifodalashdagi 
uzviylikni ko‗rsatadi.
Ushbu dostondagi nasihatlardan yosh avlod tarbiyasida o‗rinli foydalanish 
ularda ma‘naviy-axloqiy sifatlar bilan birgalikda, milliy qadriyatlarimizdan 
faxrlanish va vatanparvarlik tuyg‗ularini shakllantirishga yordam beradi. 
―Go‘ro‘gli‖ doston turkumiga mansub “Nuralining yoshligi”da ham 
ma‘naviy-axloqiyg‘oyalar nihoyatda teran ifodalahgan. Unda o‗zbek xalqiga xos 
bo‗lgan mardlik, tantilik, vatanparvarlik, or-nomus, oriyat, mehnatsevarlik, ota-
onaga hurmat, ilm olishga intilish kabi bir qator fazilatlar haqida tushunchaga ega 
bo‗ladi. Jumladan bo‗limda Go‗rug‗li, Avazbek, Nurali obrazlari orqali oriyatli 
shaxs gavdalantirilgan. Dostonda Gurug‗li nevarasi asrga tushganligini aytishga 
uyalib, uni Nuralibek deb izlamasdan, qora norni ko‗rgan bormi deya chaqirtirgani 
bayon qilinadi: 
Ko‗p shaharga bordim so‗rab,
Topolmadim norim istab, 
Bandi nuqra, tilla xatab, 
Qora nordin ko‗rgan bormi? 
Yoki bandi bo‗lib yotgan o‗g‗lini olib qochmoqchi bo‗lgan otasi Avazxonga: 
Ming yigitim o‗ldi dushman qo‗lida, 
Men ham shahid o‗lay alar yo‗lida, 
Uchirtirib yuray Chambilbelida, 


33 
Bul kun menga qochmoq ordir, otajon! 
Nurali der ajal bolin ichmasam, 
Orim bitmay shirin jondin kechmasam,
O‗rda ichra shohning qizin quchmasam, 
Shartim birdir, qochmoq ordir, otajon!..
deya Nuralining zindondan pinhona qochishga rozi bo‗lmaganligi bayon 
etiladi. Ushbu parchalarda o‗zbek xalqiga xos bo‗lgan oriyat tushunchasi mohirona 
bayon etilgan. Xulosa sifatida shuni ta‘kidlash joizki ushbu dostondan o‗quvchi 
yoshlarimizda g‗urur, iftixor, oriyat, vatanparvarlik kabi tuyg‗ularni tarbiyalashda 
keng foydalanishimiz mumkin. 

Yüklə 374,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin