O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim bazirligi qarshi davlat universiteti boshlahg‟ich ta‟lim kafedrasi



Yüklə 374,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix19.01.2023
ölçüsü374,57 Kb.
#79730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
gorogli dostoni vositasida oquvchilarni manaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


47 
U M U M I Y X U L O S A L A R 
O‗zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta‘lim-tarbiya sohasida, milliy 
kadriyatlarni tiklash, milliy urf-odatlar, an‘analardan foydalanish, ularni yanada 
rivojlantirish sohasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqil davlatimizning jahondagi rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‗rin 
olishi uchun uning iqtisodiy qudratini yanada oshirish, XXI asr fan-texnika 
taraqqiyoti talablariga javob beraoladigan darajada qayta qurish zarur edi. Bunday 
dolzarb masalani amalga oshirish uchun avlodlarimizning boy ma‘naviy merosini, 
jumladan, ta‘lim-tarbiyaga oid qarashlarini o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buning uchun yoshlar nafaqat hozirgi zamon dunyoviy ilmlarini, balki 
o‗tmishda o‗tgan buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyatini ham mukammal 
bilishlari kerak. Chunki biz o‗tmish tariximizni chuqur bilganimizdagina hozirgi 
davrimizning qadr-qimmatini yaxshi tushunamiz hamda kelajak uchun to‗g‗ri 
yo‗nalishga ega bo‗lamiz. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: Bugun 
oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‗ldiki, biz bosib o‗tgan yo‗limizni 
tanqidiy baholab milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz 
tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o‗tmishdagi boy an‘analarni 
yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog‗imiz kerak.
Biz yashayotgan zamin qadim-qadimdan madaniyat va ziyo maskani bo‗lib, 
xalqimiz boy madaniy merosiga, yuksak qadriyatlariga ega xalqdir. Buyuk 
bobomiz Amir Temur, jahonga mashhur mutafakkirlarimiz Muhammad Muso al-
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu 
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Al-Marg‗inoniy, Ahmad Yassaviy, 
Najmiddin Kubro, Abduxoliq /ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad al-
Farg‗oniy, Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Pahlavon Mahmud va yurtimizda yashab ijod etgan boshqa ko‗plab siymolar jahon 
fani, madaniyati va sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‗shganlar. 


48 
Shu sababli mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov o‗z asarlarida doimo 
xalqimiz boy madaniy merosini izchillik bilan o‗rganishga, ulardan mustaqillik 
ma‘naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda foydalanishga da‘vat etib kelganlar. 
Ajdodlarimiz qoldirgan madaniy meroslarda shunday fikrlar borki, ular 
bugungi kunda ham taraqqiyotimizning o‗ziga xos yo‗lini belgilashda o‗z 
ahamiyatini yo‗qotgan emas. Xalqimiz madaniyatini, milliy istiqlol mafkurasini 
yaratish va uni rivojlantirishda madaniy merosimiz, undagi ilm-fan, ijtimoiy-
siyosiy, ta‘lim-tarbiyaga oid fikrlarni o‗zlashtirish va amalga tatbiq qilish ham 
nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. 
Prezident I.A.Karimov: «Biz ma‘naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‗zlikni 
anglashning o‗sishidan, xalqning ma‘naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga 
qaytishidan iborat uzviy, tabiiy sharoit deb hisoblaymiz» deb alohida ta‘kidlagan 
edi
3

Olib borilgan tadqiqot natijasida qo‗yidagi xulosaga keldik:
1. O‗quvchilarda shaxs dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‗lgan ma‘naviy-
axloqiy sifatlarni shakllantirish mamlakatimizda ustuvor sohalardan biri ekan, uni 
maqsadga muvofiq holda bartaraf etish yo‗llarini izlash pedagogika fanining 
dolzarb muammolaridandir.
2. 
Boshlang‗ich 
sinf o‗quvchilarida 
ma‘naviy-axloqiy 
sifatlarni 
shakllantirishda o‗zbek xalq dostonlari, ayniqsa, ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonining 
imkoniyatlari katta ekanligi tadqiqotda o‗z isbotini topdi. 
3. Mavjud holat tahlili shundan dalolat berdiki, boshlang‗ich sinf O‗qish 
darsliklariga doston epizodlaridan o‗quvchilarning yosh va psixologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda kiritilsa maqsadga muvofiq bo‗lar edi.
4. ―Go‗ro‗g‗li‖ dostoni asosida o‗quvchilarni ma‘naviy-axloqyi qadriyatlar 
ruhida tarbiyalashda o‗qituvchilar asosiy kuch bo‗lib, ular o‗zlarining ustida 
mustaqil va izchil ish olib borishlari lozimligi tadqiqotda kuzatildi.
3
Karimov I.A. O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari 
-T.: O‗zbekiston, 1997.-326 b.


49 
5. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini ―Go‗ro‗g‗li‖ dostoni bilan tanishtirish va 
ularni ma‘naviy–axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda sinfdan tashqari 
tarbiyaviy ishlarning ahamiyati katta ekanligi namoyon bo‗ldi.
6. ―Go‗ro‗g‗li‖ dostoni asosida tashkil etilgan tarbiyaviy tadbirlar natijasida 
o‗quvchilarda o‗zbek xalqiga xos bo‗lgan oliyjanoblik, tantilik, vatanparvarlik, 
mehr-shafqat, vafodorlik kabi ijobiy sifatlar tarkib topadi.

Yüklə 374,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin