AKDS+VGV+XIB (pentovaksina) — besh valentli-ko‘k yo‘tal, bo‘g‘ma, qoqshol, VGV va XIB infeksiyalariga qarshi vaksina.
Rota — rotovirus infeksiyaga qarshi ichiriladigan vaksina.
Pnevmo-pnevmokokk infeksiyaga qarshi ichiriladigan vaksina.
Emlashga bo‘lgan ko‘rsatmalar, bu birinchi navbatda profilaktik emlash kalendariga muvofiq yoshi va noxush epidemiologik vaziyat hisoblanadi.
Tibbiy xodim tomonidan emlashni o‘tkazishga asoslanmagan tibbiy cheklovni belgilash — qoida buzishlik deb baholanadi. Boshqariladigan yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan, asossiz emlamaslik holatlari tibbiy xodimni javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha sanitariya qoida va me’yorlariga rioya etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.