M a’lumki, oq va qora rangni bir-biriga qo‘shish asosida
juda ko‘p bir tUsdagi, ammo bir-biridan farq qiluvchi ranglar
olinadi.
Faqat yorug‘likni yutish va qaytarishi
bilan bir-biridan
farqlanuvchi ranglar
axromatik ranglar
deyiladi.
Axromatik rang alohida bir tusga ega emas, u faqat to ‘q,
ochroq, och, juda och (ya’ni rangsiz) ligi bilan farqlanuvchi
ranglardir. Demak oq, qora va shu ikki rangdan hosil bo‘luvchi
ranglaming hammasi axromatik ranglar turiga kiradi.
Bu ranglar
to‘q qora, qora, och qora, qoramtir, juda och qora va hokazo
ranglardan iboratdir.
Rangshunoslikda
rang h a lqasi
yoki
rang doirasi
degan
tushuncha bor. Rang halqasi rang spektrining
eng chekkasidagi
ikki rang, masalan, qizil va zangori ranglar orasidagi turli ranglar
bo‘lib, ular bir-biriga juda o ‘xshaydi, bu ranglar spektrining
ikki chekkasidagi ranglarning qo‘shilishidan hosil bo'lgan rang
lardir. Ana shu rang spektrining ikki chetidagi rangning qo‘shi-
lishidan rang halqasi hosil bo‘ladi.
Rang halqasining o‘zgarishi bilan, undagi ranglar kontrasti
ham o ‘zgaraveradi. Ranglarning qo‘shilishidan istalgan rangni
olish mumkin. Faqat qaysi rangni qaysi rangga, qancha miqdorda
qo‘shilsa, undan qanaqa rang hosil bo‘lishini aniqlab olish lozim.
Chunki:
1. Qizil va zangori rangning qo'shilishidan: qizil, to ‘q qizil,
qirmizi, och qirmizi, to‘q qirmizi,
binafsha, to ‘q binafsha, och
binafsha kabi ranglar hosil bo‘ladi.
2. Qizil va sariq rangning qo‘shilishidan: zarg‘aldoq, to ‘q
zarg‘aldoq, och zarg‘aldoq, sariq, to ‘q sariq, och sariq, qovoq-
rang, limonrang,
tillarang, pushti kabi ranglar hosil bo‘ladi.
3. Sariq va zangori rangning qo‘shilishidan: och yashil,
yashil, to ‘q yashil, och zangori, zangori, to ‘q zangori, havo-
rang, ko‘k, zumrad, sabzarang, barikaram
kabi ranglar hosil
bo'ladi.
Pedagogika kollejlarida foydalanadigan rang va bo‘yoqlar
tayyor holda olinadi. Ular asosan akvarel, guash, flomaster
kabilardan iboratdir. Chunki ular tabiatdagi va turmushdagi
Dostları ilə paylaş: