IIIBOB
RANGSHUNOSLIK
Tabiatdagi barcha predmet va elementlar turli-tuman rang
tarqatuvchi massa — moddalardan iborat. Insoniyat shu rangiar
qurshovida shakllanadi, uni ko‘radi, o ‘rganadi va boyitadi. Shu
boisdan ham inson o ‘z
xarakter va xususiyatiga, m ehnat
faoliyatiga ko‘ra rassom — ijodkordir. Chunki har bir kishi o’z
hayoti davomida nimanidir o‘zgartirib, yangisini yaratadi. Ammo
odamlar bu o ‘zgartirishni turlicha shaklda, xarakterda, ranglarda
amalga oshiradilar. Kimdir buni awalgisidan-da go‘zal, ko‘rkam,
yoqimli, qulay qilib o‘zgartirsa, kimdir buni aksincha bajaradi.
Buning
asosiy sababi, kimdir shaklni, rangni yaxshi sezadi,
kimdir sezmaydi. Odamlar tabiatdagi va turmushdagi chiroyli,
go‘zal, yoqimli, nozik,
qulay shakl, rang va narsalarni turlicha
ko‘radilar, turlicha tahlil etadilar. Chunki odamlardagi shakl va
rang bo‘yicha badiiy m a’lumotlar, ko‘nikmalar turli me’yorda,
turli xarakterda bo‘ladi. Bunday bilim va ko‘nikmalar insonga
juda yoshligidan, hatto chaqaloqlik davridan singdirib boriladi.
Demak insoniyatni shakl va rang
bilan tanishtirish juda
yoshlikdan, bolalar bog‘chasidan pedagog-tarbiyachilar, onalari
tom onidan amalga oshira boshlanadi. Shu boisdan b o ‘lajak
pedagog-tarbiyachilarning rang va bo‘yoq bilan ishlash qobi-
liyatlarini, malaka va ko‘nikmalarini o‘stirish juda zarur vazifadir.
Dostları ilə paylaş: