B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

3.5. TEMATIK RASM CHIZISHDA
KOMPOZITSIYA
Tematik rasm chizish odatda manzara, voqea-hodisalar, biron 
badiiy asar yoki orzu-umidlar, xayol, tasaw ur va tafakkurlar 
asosida amalga oshiriladi. U lardan qaysi biri bo‘yicha rasm 
chizmang, albatta o ‘z-o‘zidan bir butun kompozitsion mazmun 
dunyoga keladi. Lekin bu kompozitsiya qay holatda, qay darajada 
ishonarli, to ‘liq, yoqimli chiqishi mazkur voqeani rasm chizuvchi- 
ning qay darajada tasawur qilishiga bog‘liqdir. Rasm chizuvchi 
rasm chizishda tasvirlanadigan joyni, voqea-hodisani juda keng, 
har tomonlama, ifodalanishiga alohida e ’tibor bergan holda 
o‘rganishi va tasawur qilishi, uni ko‘z oldiga keltirishi, element- 
lami ijodiy birlashtira olishi hamda ularni tekislikka ko‘chirishda 
yuksak mahorat ko‘rsatishi zarur.
Agar rasm chizuvchi biron m anzarani ifodalam oqchi 
bo ‘lsa, u eng avvalo, ko‘rinib turgan manzaraning qancha 
qismini yoki rasmga tushiriladigan yerning ikJki chetini, yuqori 
(havo qismi) va quyi qism ining qog‘oz yuzasiga qanday 
tushirilishi, ko‘rinib turgan manzaradagi predmetlardan qaysi 
birini olib tashlash va nimalarni kiritish mumkinligi haqida 
bir fikrga kelib oladi. Bu ishlarda qiyinchiliklar tug‘ilsa, rasm 
chizuvchi o‘zi yasab olgan ko‘rinishni topuvchi (видеоискатель) 
dan foydalanishi mumkin. K o‘rinib turgan manzara qog‘oz 
yuzasiga tushiriladi. So'ngra kompozitsiyaga tushadigan daraxt­
lar, yer-suvlar, o ‘t-o ‘lanlaming o ‘rinlari aniq belgilab chiqi- 
ladi. Bu yerda kompozitsiya elementlarining qaysi biri natural 
holda, qaysi biri umumlashtirilgan, qaysi biri ijodiy-badiiy- 
lashtirilgan holda bo‘lishini aniqlab, kompozitsiya mazmuniga 
kiritiladi.
M anzara chizishdagi qalamtasvir — rasmi chiziladigan 
manzara qog‘oz yuziga joylashtiriladi. Bu uning chiziqli tasviri 
bo‘lib, undagi yorug‘-soyalar ifoda etiladi, ranglar ko‘rinishlari,
106


predmetlaming uzoq-yaqinligi, chuqurvabo‘rtiqlari topiladi. Agar 
chiziqli rasm bo‘yoqda davom ettirilib, ish yakunlansa, bu 
rangtasvir ish bo‘ladi.
Qalamtasvir va rangtasviming hammasida ham kompozitsion 
yechim bo'lishi talab qilinadi. Kompozitsion yechim rasmda 
m a’lum mavzu, uning mazmuni, elementlari hamda ikkinchi 
darajali obrazlar va elementlar bo‘lishini ishonarli holda, mavzu 
mazmuniga uyg'un tarzda yoritilishini, shuningdek, kompozitsiya- 
dagi barcha predmet, vaqt, davr, barcha harakatlar bir momentga 
va mavzu mazmuni — sujetiga moslashtirilishini talab qiladi (30— 
31- rasmlar).
Badiiy bezashda va naqqoshlikda ham kompozitsiya hamda 
uning yechimi talab qilinadi. Bu asosan ritm, elementlar muta- 
nosibligi, ularning bir markazga intilishi yoki ranglarning uyg‘un- 
ligida o‘z ifodasini topadi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin