B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


I - I Y SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT VA BADIIY



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

5.2. I - I Y SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT VA BADIIY
MEHNAT DARSLARI
Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh 
qilish munosabati bilan xalq ta’limining barcha jabhalarida, shu 
jumladan, tasviriy san’at ta ’limini jahon pedagogikasi tajribalari 
asosida qayta qurish bugungi kun talabiga aylanmoqda.
159


Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda tasviriy san’atning o‘qitilishini 
qayta qurish bo‘yiqha 0 ‘zbekiston xalq ta’limi vazirligining 1996- 
yil 18-iyuldagi 0 1 -2 8 2 - sonli qaroriga asosan „Tasviriy san’at 
va badiiy qurish - yasash“ nomi bilan yagona integrativ o‘quv 
predmeti tuzildi.
Bu o‘quv predmetiga o‘quv rejalarida 1 soatdan vaqt ajratilib, 
bu fanni faqat tasviriy san’at, amaUy san’at rassomlari va pedagogik 
rassomlar o‘qitadilar. Ushbu predmet mazmuniga boshlang‘ich 
sinflardagi tasviriy san’at darslari va mehnat darslarini badiiylash- 
tirilgan xarakterdagi materiallari kiritiladi. Bu o‘quv predmetining 
yillik mashg‘ulotlari uchun har bir sinfga 34—35 soatdan vaqt 
ajratilgan bo‘lib, ularni muvaffaqiyatli o ‘qitish tasviriy san’at 
o ‘qituvchisi zimmasiga yuklangan.
Bu o‘quv predmeti dasturi bo‘yicha o‘quv materiallari viloyat 
malaka oshirish institutlari, Namangan davlat universiteti „Tasvi­
riy san’at“ kafedrasi, 0 ‘zbekiston PFITI ning „Badiiy ta’lim 
va tarbiya“ sektori birgalikda taxminan rejalashtirishlar ham 
ishlab chiqildi. Bu dastur va rejalashtirishlar o‘quvchilarga zamon 
talabi darajasida grafik bilim va malaka berishning va o‘quvchilami 
har tomonlama kamol topishini hamda ularga yuksak estetik tarbiya 
berishni ko‘zda tutadi.
Mazkur dasturda I—IV sinf o‘quvchilariga quyidagicha bilim 
va malakalar berish ko‘zda tutilgan:
1) borliqning go‘zalligi-yu tuzilishi va ranglarini ko‘ra olish 
va ulami ifoda eta olish malakalarini;
2) natura va obyektlami qalamtasvir va rangtasvirini yarata 
olish malakalarini;
3) unchalik murakkab bo‘lmagan narsalar, predmetlar va 
mexanik buyumlami qog‘ozda, kartonda, yog‘ochda, loy va plas- 
tilinda ishlash ko‘nikmalarini;
4) tasviriy san’at asarlarining, boshlang‘ich tahlilini o‘tkaza 
olish, tasviriy san’at bo‘yicha boshlang‘ich so‘z va atamalami 
o'rgatish kabi asosiy ta’limiy vazifalami.
Uzluksiz ta ’Umni va kadrlar tayyorlashning milliy dasturini 
amalga oshirish munosabati bilan boshqa fanlar qatori tasviriy 
san’at darslari ham ancha murakkablashib, birinchi va asosiy
160


talab maktabda tasviriy san’at kabinetini tashkil etish va uni zaruriy 
o ‘quv-didaktik m ateriallar bilan ta ’m inlashdir. K abinetda 
0
‘quvchilar qiziqishini oshirish uchun barcha zaruriy shart- 
sharoitni yaratish lozim.
Maktab tasviriy san’at o ‘qituvchisi o‘quvchilarni tasviriy 
san’atga qiziqishini oshirib borish tadbirlarini ishlab chiqadi. Sinf- 
dan va maktabdan tashqari ishlarni muntazam tarzda amalga 
oshiradi.
I—IV sinflarda o‘qituvchi tasviriy san’at darslarini o‘tkazish 
metodikasi va didaktikasining pedagogik asoslariga tayanadi. Shunga 
ko‘ra, o ‘qituvchi I—IV sinfda o ‘quvchilaming bilim-malakasi
qiziqishi va yosh xususiyatiga ko‘ra dars materialini tanlaydi.
M a’lumki, I—III sinflarda hajmli predmetlar rasmi chiziladi. 
Bu mashg‘ulotlaming samarali bo‘lishi uchun o ‘qituvchi ko‘proq 
amaliy ishlarga e’tibor berib, o‘quvchilami rasm chizishning ilmiy 
asoslari bilan tanishtirib boradi. Darsda tasvirlash mashqlari 
uzluksiz, ya’ni didaktikaning ,,sistemalilik“ prinsipi asosida amalga 
oshiriladi.
I—III sinflarda „Narsaning o ‘ziga qarab“ , „Mavzu asosida“ 
rasm chizish, „Badiiy-amaliy san’at“ va ,,Haykaltaroshlik“ka oid 
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu sinflarda san’at asarlarini 
o ‘rganish uchun alohida vaqt ajratilmagan bo‘lsa-da, har bir 
mashg‘ulotda dars mavzusi bo‘yicha 1—2 tadan asar o‘rganib 
boriladi. Bu mashg‘ulotlar asosida o ‘quvchilarga boshlang‘ich 
sinfdanoq tasviriy san’at haqida, chiziq, kompozitsiya, shakl, 
hajm, fazo, natura haqida boshlang‘ich m a’lum otlar berish 
ko‘zda tutiladi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin