«bank ishi va auditi» fakulteti «Bank ishi va auditi» kafedrasi



Yüklə 344,6 Kb.
səhifə5/15
tarix13.04.2023
ölçüsü344,6 Kb.
#97230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Xisobot

Bankning funksiyalari:

    • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;

    • yuridik va jismoniy shaxslardan depozit va omonatlarni jalb etish;

    • kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar berish;

    • chet el valyutasini yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;

    • cheklar, to’lov va hisob-kitob hujjatlarini inkassatsiya qilish;

    • uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;

    • qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;

    • moliyaviy lizing va faktoring xizmatlarini ko’rsatish;

    • jismoniy shaxslarga iste'mol, ipoteka va boshqa turdagi kreditlani berish;

    • litsenziyada ko’zda tutilgan va amaldagi qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa bank operatsiyalari.





3. Bankda buxgalteriya hisobi va hisobvaraqlar rejasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi - bank aktivlari va passivlaridan samarali foydalanish, ulami joylashtirish va ko‘rsatilgan bank xizmatlari yuzasidan daromad (foizli)lami hamda bank operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar (foizli) ni, shuningdek, budjet va budjetdan tashqari to‘lovlami o‘z vaqtida hisoblab, yakuniy moliyaviy natijalami to‘g‘ri aniqlashdan iboratdir. Bunda talabalar banklarda buxgalteriya hisobini o‘rganishda, avvalo, uning korxonalar, budjet va boshqa kredit muassasalarida yuritiladigan buxgalteriya hisobidan tub farqlarini tushunishlari zarur. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish boshqa korxona va tashkilotlarnikiga nisbatan o‘zining operativligi bilan ajralib turadi. Chunki ularda soat 16-00 gacha operatsion kun bo‘lib, shu davr mobaynida amalga oshiriladigan operatsiyalar o‘sha kuniyoq mijozlaming analitik hisobidagi shaxsiy hisobvaraqlarida aks ettiriladi va kundalik balans orqali umumlashtirish usuli bilan nazorat qilib boriladi. Bu pul mablag‘larining saqlanishi, kundalik pul aylanmasi va hisob-kitob kredit munosabatlarining holati, kassa rejasining bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini berish bilan birgalikda, pul muomalasi hamda kredit resurslarining aylanishini tartibga solishni ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ob’ektlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash hamda ular bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun o‘lchov birliklari (natura, mexnat va pul) dan foydalaniladi. Shu boisdan, Banklarda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritishda quyidagi asosiy vazifalarni bajarish talab qilinadi:

  • hisob-kitoblardagi mablag’lar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko‘rsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish;

  • bankdan pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turadigan blankalardan foydalanishning qonuniyligini ta’minlash;

  • operatsion kun davomida bajarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlaming qonuniyligini hamda to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • Banklarda bajarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha moliyaviy natijalami

  • shakllantirish va ulami to‘g‘ri aniqlash;

  • kundalik balansni tuzish uchun dastlabki hujjat ma’lumotlarini qayta ishlash va ulaming har bir hisobvaraqlari bo‘yicha taqsimlashni samarali tashkil etish;

  • oylik va yillik buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tuzish hamda tegishli nazorat organlariga o‘z vaqtida taqdim etib borishdan iboratdir.

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobining qonuniy va uslubiy asoslari bo‘lib, O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonuni", «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari», «Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari» hamda O’zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan ishlab chiqarilgan me’yoriy hujjatlari hisoblanadi. Ushbu qonuniy hujjatlar buxgalteriya hisobini yuritishda tartibga soluvchi qonuniy hujjatlar hisoblanadi vamulkchilik shaklidan, ya’ni, qaysi tarmoqqa tegishliligidan hamda kattakichikligidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun amal qilinadi.Shunday qilib, Banklarda buxgalteriya hisobi fanini o‘rganishda uning nazariy asoslarini chuqur o‘zlashtirish hamda buxgalteriya hisobi va xisobotlarini tuzishga oid me’yoriy hujjatlami ham bilishni taqazo etadi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g ‘risidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o‘rinbosari bajaradi.Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi. Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ulaming avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘iq b o‘ladi.Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin.
Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalaming hisobini yuritish maxsus bo‘limlarga topshirilishi mumkin. Ish hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati asosiy talablami hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. Shuningdek, barcha operatsiyalar mas’ul ijrochi buxgalterlar tomonidan dastlabki va nazoratchi buxgalterlar tomonidan joriy nazoratdan o‘tishini ta’minlash maqsadida ish hajmidan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o‘rtasida mutanosiblik saqlanishi lozim.
Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo‘g ‘inlarida o‘matilgan tartibga amal qilinishini kuzatib borish yuklatiladi. Shuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va yordamchi kitoblarda operatsiyalami qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra uning o‘rinbosapiga topshiriladi. Mijozlaming bank xodimlarining xatti- harakatlari ustidan shikoyatlari hamda boshqa murojaatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. Murojaat qilish tartibi e’lonlar osib qo‘yish yo‘li bilan mijozlarga ma’lum qilinishi lozim.
Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda balans va boshqa hisobotlami o‘z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart. Tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan yirik banklaming buxgalteriya apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi mumkin.
Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi: tarkibiy bo‘linmalaming asosiy vazifalari; mijozlarga xizmat ko‘rsatish; nazoratni amalga oshirish.
Tarkibiy bo‘linmalaming asosiy vazifalari:
Bank nuqtai-nazaridan Buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g ‘ridan- to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa, dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichni tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalami qayta ishlab, uni nihoyasiga etkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog‘Iiq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.
Mijoz nuqtai-nazaridan bo‘linishning ahamiyati shundaki, bankning bitta bo‘limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining barcha masalalarini echish imkoniyatini yaratish. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz bo‘lib hisoblanadi.Bank tarkibiy tuzilmasining mas’uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo‘limlar bo‘yicha vazifalar taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. Shuni qayd etish zarurki, bo‘linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo‘lishi shart emas. Bank bo‘linmalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining avtomatlashtirilgan darajasiga bog‘liq ravishda, Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida ayrim bo‘lim / sektor bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo‘lim / sektor vazifalarini boshqa bo‘lim / sektor bajarishi ko‘zda tutilishi lozim.
Vazifalar, bank tarkibiy tuzilmasining har bir bo‘limi uchun alohida taqsimlanadi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish:
Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo‘limida ko‘rsatilganligi bois, mazkur bo‘lim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda, shart-sharoitlar va bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxati e’lon qilinishi hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va bo‘lg‘usi mijozlari xabardor qilinishi shart.
Xizmat ko‘rsatish jarayonida nostandart - ko‘zda tutilmagan holatlar kelib chiqishi ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, aniq xizmatlar turi bo‘yicha paydo bo‘lgan savollami joyida hal qiluvchi va tegishli operatsiyalami butunlay nazorat qilish salohiyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan jamlangan bo‘lishi kerak. Bankning Front-ofis bo‘limidagi har bir guruh mutaxassisi mijozlarga ko‘rsatiladigan to‘liq standart xizmatlar ro‘yxatini ularga taqdim etadi. Xodimlar guruhi tomonidan mijozlarga ko‘p operatsiyalar turi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilsa, mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. Chunki, ko‘p turli operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatish bank xodimining ko‘p vaqtini egallaydi.Nazoratni amalga oshirish:
Front-ofis zimmasiga mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlaming rasmiylashtirilishi va ular tomonidan boshlangan operatsiyalaming to‘g‘riligini dastlabki nazoratdan o‘tkazish vazifasi yuklatiladi. Qo‘shimcha nazorat zarur hollarda Front-ofis xodimi operatsiyalar bo‘yicha hujjatlami nazoratchi xodimga taqdim etadi. Bank tomonidan amalga oshiriladigan mijoz operatsiyalarining nazoratini o‘z xususiyatlari bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • mijozning shartnomaga asoslangan harakatini tekshirish;

  • mijoz o‘z operatsiyalarini qonunchilikda o‘matilgan tartibda bajarayotganligini tekshirish;

  • hujjatlaming rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablarga rioya qilinishini ta’minlash;

  • to‘lovlami amalga oshirish uchun moliyaviy sharoitlar mavjudligini aniqlash.

Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan joriy nazoratdan o‘tkaziladi va ijroga qabul qilinadi.Yakuniy nazoratni Bek-ofis xodimlari tomonidan amalga oshirilib ulaming vazifasi operatsiyalaming yakuniy nazoratini amalga oshirish, ya’ni kun davomida amalga oshirilgan barcha bank operatsyalaming keyingi bank ish kunidan kechiktirmagan holda yakuniy nazoratdan o‘tkazish hisoblanadi.
Shunday qilib, Banklarda buxgalteriya apparatining ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish amaldagi qonuniy va me’yoriy hujjatlar talablarini o‘z vaqtida va ulaming ifatli bajarilishini ta’minlashda yaqindan yordam beradi.

Yüklə 344,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin