21.O‘zbekistonning tog‘ sayyohligi rivojlangan joylari bo‘ylab sayohatlar tashkil etish. Turizm-(fransuzcha: Tour-sayr, sayohat), sayyohlik-sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, maʼrifiy, kasbiy amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan 1 yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.
Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yo‘l sayyohligini tashkil qildi. Shundan so‘ng u o‘zining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyohlik guruhlari AQShga jo‘natildi. Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyohlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.
Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari bo‘yicha uyushtiriladi. Turizmning juda ko‘p turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, tog‘ turizmi, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar).
O‘zbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi (27-iyul 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqqan: klassik yo‘nalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent). Bu yo‘nalish eng qadimiy yodgorliklar va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga tashrif bilan bog‘liq; ekologik turizm yo‘nalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qo‘riqxonasi, Buxoro viloyatidagi qo‘riqxonalar). Bu yo‘nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bog‘liq; arxeologik turizm yo‘nalishi (Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Samarkand hududdari bo‘ylab). Bu yo‘nalish O‘zbekistonning eng qadimiy topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qo‘yadi; ekstremal turizm yo‘nalishi (Chimyon, Farg‘ona vodiysi, Orol bo‘yi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo‘ylab); diniy turizm yo‘nalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent)-mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda “Kumushkon” turistik bazasi va “Sanzar” kemping majmuasi mavjud bo‘lib, ular “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. O‘zbekistonda ko‘plab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan mehmonxonalar soni tobora o‘sib bormoqda.
2004-yil “Buyuk ipak yo‘li” loyihasi doirasida Samarkand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda turizm sohasiga oid “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turistik reklama axborot gaz. (1994-yildan), “Biznes Gayd” JUR (RUS va ingliz tillarida) va boshqa ommaviy nashrlar chop etiladi.
2021-yil aprel oyida Dog‘istonda O‘zbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti o‘tkazildi. Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirig‘i bilan Dog‘istonda “Imomlar yurtiga sayohat” yo‘nalishidagi targ‘ibot ishlari boshlangan. Markaziy Osiyo yuragida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi o‘zining ko‘plab meʼmoriy yodgorliklari, ajoyib tabiiy landshaftlari, saroylari, o‘tmish sivilizatsiyasining qalʼa xarobalari, eng yorqin madaniy tadbirlar, gastronomik zavq va mashhur hunarmandchilik ustaxonalari bilan mashhur. O‘zbekiston tarkibiga 12 viloyat va Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi kiradi. O‘zbekistonning har bir burchagi o‘ziga xosligi bilan o‘ziga jalb qiladi-Toshkentda siz dunyodagi eng go‘zal metroda yurishingiz yoki Usmon Qur’onning qadimiy qo‘lyozmasini ko‘rishingiz mumkin. YUNESKOning madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy shaharlarda-Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Xivada qadimgi meʼmoriy obidalarni ziyorat qilib, o‘tgan davrlarning aks-sadolari saqlanib qolgan, mamlakatning janubiy qismida-Surxondaryo, tog‘ daralari bo‘ylab sayohat qilish yoki Termiz yaqinidagi qadimiy shaharlarning xarobalarini ko‘rish mumkin.