Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


O‘zbekistonning tarixiy-shaharlari bo‘ylab ekspedisiyalar tashkil etish va o‘tkazish



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə22/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

20. O‘zbekistonning tarixiy-shaharlari bo‘ylab ekspedisiyalar tashkil etish va o‘tkazish.
Ekspeditsiya (lot.:-tartibga keltirish, yurish). Arxeologiya ekspeditsiyalari-moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yo‘li bilan o‘rganish uchun tashkil qilinadigan ekspeditsiyalar. Ularni ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari, muzeylar va o‘lkashunoslik to‘garaklari tashkil etadi. Ko‘pincha, kompleks ravishda tuzilib, tarkibiga arxeologlardan tashqari etnograf, antropolog, geograf, tuproqshunos, biolog, botanik va boshqa olimlar kiritiladi. Har bir ekspeditsiyaning o‘ziga xos nizomi, ilmiy kengashi, maxsus bazasi bo‘ladi. Dastlabki arxeologik kuzatuvlar 19-asrning 2-yarmida boshlangan. 1895-yilda Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi tashkil qilingan. 1920-yildan O‘zbekistonning har bir viloyatida turli Arxeologiya ekspeditsiyalari ish olib bordi. Eng yirik Arxeologiya ekspeditsiyalari-Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi va Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi 1936-37 yillarda tuzilgan. Ekspeditsiyalar O‘zbekistonning tarixiy va madaniy yodgorliklarini topish va o‘rganishga muayyan hissa qo‘shdi.
Tuproq qal’a, Qo‘yqirilgan qal’a, ko‘hna Termiz shahri va boshqa moddiy madaniyat va san’atning ajoyib yodgorliklari topildi. Akademik Ya. G‘ulomov rahbarligidagi Arxeologiya ekspeditsiyalarining Xorazm, Zarafshon va Toshkent vohalarida, Farg‘ona vodiysida; A. R. Muhammadjonovning Buxoroda olib borgan arxeologik tadqiqotlari O‘zbekistonning qadimgi sug‘orish sistemasi va dehqonchiligini o‘rganishda, undan xalq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanishda katta ahamiyatga ega. Ekspeditsiya Dalvarzintepa, Xolchayon, Budrochtepada qazishmalar o‘tkazib, qizil sopollarning noyob namunalarini topib, tadqiq qildi.
Qashqadaryo arxeologik topografik ekspeditsiyasi (QATE), Kesh arxeologik topografik ekspeditsiyasi-Qashqadaryo vohasidagi tarixiy arxeologik yodgorliklarni o‘rganish, tarixiy davrlarni o‘rganish hamda arxeologik materiallar to‘plash maqsadida tashkil etilgan ilmiy ekspeditsiya Qashqadaryo vohasidagi 600 dan ortiq turli tarixiy davrlarga mansub yodgorliklar o‘rganilib chiqildi. Ular ichida Janubiy So‘g‘dning yirik shahar markazlari (Uzunqir, Kitob, Shahrisabz, Naxshab, Nasaf, Qarshi), qadimiy o‘troq dehqonchilik makonlari, qadimiy davr va o‘rta asr savdo yo‘llari, hunarmandchilik ustaxonalari, meʼmorlik yodgorliklari, mudofaa inshootlari va qo‘rg‘onlari (O‘rta qo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Chim mudofaa devori va boshqalar) bor.
QATE tomonidan Qashqadaryo vohasida olib borilgan tarixiy arxeologik tadqiqotlar natijalari “Goroda yujnogo Sogda v VIII—XII vv.”, “O‘rta Osiyoning qadimgi davr va o‘rta asrlar arxeologiyasi” (to‘plam), “Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda”, “Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi”, “Qadimgi Kesh-Shahrisabz tarixidan lavhalar” (monografiya), “O‘rta Osiyo arxeologiyasi”, “Shahrisabz. Ming yilliklar merosi” (yubiley albomi) kabi ilmiy va ilmiy ommabop asarlarda o‘z aksini topdi.



Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin