Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


YuNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Vatanimizdagi obyektlarni o‘rganish



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə19/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

17.YuNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Vatanimizdagi obyektlarni o‘rganish.
Umumjahon merosi-butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorlik (boylik)lar. 1972-yili YUNESKO Umumjahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgan (1975-yildan kuchga kirgan). Konvensiyani ratifikatsiya qilishda (1992-yil boshlari) 123 mamlakat qatnashgan. Umumjahon merosi ro‘yxatida 80 mamlakatning 358 qurilish maydoni (1992 yil boshlari): alohida meʼmoriy inshoot va ansambllar-Akropol, Amyen va Shartr (Fransiya)dagi soborlar, Misr ehromlari, Tojmahal, Borobudur qasri, Varshavaning tarixiy markazi, Moskva Kremli va Qizil maydoni (Rossiya) va b.; shaharlar-Braziliya, Venetsiya (qo‘ltiqlari bilan birga) va b.; arxeologik qo‘riqxonalar-Delfa milliy bog‘lari hududlarida joylashgan davlat yodgorliklarni saqlashga javobgardir. YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga dunyo bo‘yicha 1054 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan (2021). Bular ichida O‘zbekistondan madaniy yodgorlik sifatida Xivadagi Ichan qalʼa (1990), Buxoro tarixiy markazi (1993), Shahrisabz tarixiy markazi (2000), Samarqand-Madaniyatlar chorrahasi (2001) hamda tabiat yodgorligi sifatida Gʼarbiy Tyan-Shyan (Ugom-Chotqol qo‘riqxonasi, Qirg‘iziston va Qozog‘iston birgalikdagi transchegaraviy obyekt) kiritilgan. Xiva shahridagi “Ichan-qal’a”, “Samarqand-madaniyatlar chorrahasi” obekti, Buxoro va Shahrisabz tarixiy markazlari hamda Chotqol biosferasi (tabiiy meros) Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrining tarixiy markazida keng ko‘lamda qurilish va obodonlashtirish ishlarini olib borishda Konventsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qo‘llanma qoidalariga rioya qilmasdan va ularning loyihalari YuNeSKOning Umumjahon merosi markazi bilan avvaldan kelishilmagan holda olib borilgani uning bemisl universal va umumbashariy qiymatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Natijada, YuNeSKO huzuridagi Umumjahon merosi qo‘mitasining 40-sessiyasi qarori bilan Shahrisabz tarixiy markazi 2016 yilda Umumjahon merosining xavf ostidagi obektlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi hududlarni muhofaza qilishni takomillashtirish va YuNeSKO huzuridagi Umumjahon merosi qo‘mitasining tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha 26 ta banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Yangi qarorga muvofiq, Ishchi guruh Konventsiya, xalqaro umume’tirof etilgan normalar hamda YuNeSKO huzuridagi Umumjahon merosi qo‘mitasi tavsiyalari, “Tarixiy shaharlar manzaralari to‘g‘risida”gi YuNeSKO tavsiyanomasini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning milliy qonun hujjatlari, shaharsozlik norma va qoidalari, tarixiy shaharlarning bosh rejalarini, shu bilan birga, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan yurtimizdagi tegishli hududlarni olimlar, xalqaro ekspertlar, keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda tanqidiy tahlil qiladi hamda asoslangan takliflar ishlab chiqadi.

Bu borada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan va amaliy mexanizmlari, shu jumladan, jamoatchilik kengashlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga har jihatdan ko‘maklashiladi. Olimlar, xalqaro, xorijiy va milliy tashkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlaridan iborat tarkibda Xalqaro maslahat kengashi, doimiy amaliy muloqot olib borishga qaratilgan “Do‘stlar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga asosan Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi tegishli hududlar (obektlar) alohida muhofaza qilinadigan hududlar sifatida e’tirof etiladi hamda ularda rejalashtirilgan barcha qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari YuNeSKOning Umumjahon merosi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan belgilangan tartibda avvaldan kelishilgan holda amalga oshirilishi shartligi, belgilab qo‘yilgan. Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi tegishli hududlar (obektlar)da Konventsiya talablari bajarilmaganda va ulardagi qurilish ishlarining loyihalari kelishmasdan amalga oshirilgan holatlar bo‘yicha ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan tartibda kuchaytiriladi. YuNeSKO huzuridagi Umumjahon merosi qo‘mitasining tavsiyalarini inobatga olgan holda Shahrisabz tarixiy markazining bemisl universal va umumbashariy qiymatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
X
iva shahridagi “Ichan-qal’a” va Buxoro tarixiy markazi va ularning muhofaza hududidagi barcha kapital qurilish ishlari, ularning loyihalari Umumjahon merosi markazi tomonidan ma’qullangunga qadar to‘xtatiladi.
Aholining xabordorligini oshirish maqsadida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat rasmiy-veb saytlarda e’lon qilinadi.
Har yili 18 aprel-Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kunini O‘zbekistonda keng nishonlanadi, shu kun arafasida soha vakillarini munosib rag‘batlantiriladi, turli tadbirlar va respublika ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi. 18 aprel kuni respublika aholisini davlat muzeylari va moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlariga bepul, xorijiy fuqarolarni arzonlashtirilgan narxlarda kirishi yuzasidan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi hududida Konventsiya qoidalariga og‘ishmay rioya qilish, mamlakatimizdagi Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obektlar va hududlarni muhofaza qilish, ularning noyobligi, jahon madaniyati va tarixiga qo‘shgan har tomonlama beqiyos hissasini saqlab qolish, kelajak avlodga yetkazishga hissa qo‘shadi.



Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin