Malika Sattarova
Samarqand tumani 10-IDUM o‘qituvchisi
XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING BOSHLANG‘ICH SINFLARDA
QO‘LLANILISHI
FTAI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
ISSN: 2181-1776
140
“BILIG –
ILMIY FAOLIYAT” nashri |
http://bilig.academiascience.org
http://bilig.academiascience.or
ttp://bilig.academiascience.or
siyosati va amaliyotning ta‘sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida ta‘lim sohasida keng
miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta‘lim jarayonlari va natijalarini ko‘rib
chiqib, ta‘lim sifatiga ta‘sir etuvchi omillarni qiyosiy tahlil qiladi. Xalqaro baholash
dasturlari boshlang‘ich sinflardan boshlab amaliyotga joriy etilmoqda. Boshlang‘ich
sinflarda xalqaro baholash dasturlarining PIRLS, TIMSS, EGMA va EGRA turlaridan
foydalaniladi. PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot
dasturidir. Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish
ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma‘lumotlarni xalqaro miqyosda
taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta‘lim sohasidagi
davlat siyosatiga oid ma‘lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.
PIRLS dasturi 2001-yilda Ta‘lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi
tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas‘uliyat
Chestnut Hill Boston kollejiga yuklatilgan. Shuningdek, tadqiqot uchun topshiriqlarni
tayyorlash Germaniya ma‘lumotlar markazida amalga oshiriladi. Xalqaro baholash dasturi
PIRLS dunyoning turli mamlakatlari milliy ta‘lim tizimida o‘qish savodxonligi bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni qiyoslashga yo‘naltirilgan. Har besh yilda
o‘tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro
darajada baholaydi. O‘qish savodxonligi o‘quvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatini
o‘sishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, PIRLS ta‘lim sohasida olib
borilayotgan siyosatning muvaffaqiyatga ta‘sirini baholash uchun qimmatli vosita
hisoblanadi. O‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson
tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish
qobiliyatidir. Hozirgi vaqtda PIRLS ta‘rifiga ko‘ra, o‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan
talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va
ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma‘no hosil qila olish
qobiliyati hamdir. PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining
ikkita maqsadiga qaratilgan: Bular: badiiy tajriba orttirish hamda ma‘lumot olish va
ulardan foydalanish uchun o‘qishdir. PIRLS o‘qish maqsadlarining har birida to‘rtta keng
tushunish jarayonini birlashtiradi: diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma‘lumotlarni
topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish va
uyg‘unlashtirish, kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish. PIRLSda har bir
matn parchasi yoki matn yuzasidan beriladigan savollar to‘rtta tushunish jarayonini
baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilar matndan ma‘no hosil qilar ekan,
ular aniq tushuntirilmagan g‘oyalar yoki ma‘lumotlarga nisbatan tushuntirishlar beradi.
Xulosalash o‘quvchilarga matndan tashqariga chiqishga imkon beradi. Ko‘pgina hollarda
muallif matnni o‘quvchining aniq yoki bevosita xulosa chiqarishi uchun yaratadi.
O‘quvchilar oddiy xulosalar bilan bir qatorda, matndagi g‘oyalar va axborotlarni talqin
FTAI
Dostları ilə paylaş: |