Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
ISSN: 2181-1776
141
“BILIG –
ILMIY FAOLIYAT” nashri |
http://bilig.academiascience.org
http://bilig.academiascience.or
ttp://bilig.academiascience.or
qilishda va uyg‘unlashtirishda aniq yoki umumiy ma‘nolarga e‘tibor berishlari yoki
tafsilotlarni umumiy mavzular va g‘oyalar bilan bog‘lashlari mumkin.
To‘liq javob berish uchun o‘quvchidan barcha matnni yoki hech bo‘lmaganda uning
muhim qismlarini,
shuningdek, matndan tashqaridagi fikrlarni yoki axborotni tushunish
talab qilinadi [3]. PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar tarkibi 1000 ta so‘zgacha
bo‘lib, badiiy matnlar asosiy mavzuga ega, u berilgan matndan tashqari o‘quvchi
tomonidan umumlashtiriladigan, axborot matnlari o‘quv
materiallardan olinmagan
mavzuni yoritib bergan bo‘lishi kerak. Matnda hech qanday so‘zlashuvga oid so‘z yoki
jargon ishlatilmaydi hamda ortiqcha texnik ifodalar olib tashlanadi. Matnning mazmuni 9-
10 yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, ayrim madaniyatlarga juda
xos bo‘lgan mavzulardan chetlanishi, shuningdek, matn shu yoshdagi maktab o‘quvchilari
uchun qiziqarli va zavqli bo‘lishi hamda o‘quvchi uchun unchalik tanish bo‘lmasligi lozim.
O‘qish darslarida PIRLS testlaridan foydalanish o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini
oshiradi, ularda o‘qib tushunish malakasi rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu tadqiqotning
ijobiy tomonlari bilan birgalikda salbiy tomonlari ham bor deb o‘ylayman
Mening
fikrimcha, PIRLS tadqiqotlari uchun tanlangan matnlar 10-14 yoshli o‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga biroz to‘g‘ri kelmaydi. Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha yaratilgan
qo‘llanmalarda berilgan ba‘zi matnlarni tahlil qilib, bu matnlar
biroz bizning millatga
to‘g‘ri kelmasligini guvohi bo‘ldim. PIRLS tadqiqoti o‘tkazilganda matnlar o‘zimizning
millatga moslab olinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 5 ta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi‖ 2019-yil 29-
apreldagi PF-5217 sonli Farmoni
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Xalq ta‘limi tizimida ta‘lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi‖ 2018-yil 8dekabrdagi 997-sonli qarori
4. A.
Ismoilov, D. Norboyeva, K. Kucharova, Z.
Qosimova, N. Aminova. Xalqaro
tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini baholash. (o‘quv
qo‘llanma) – T.: Sharq NMAK, 2019. -94 b.
5. A. B. Panjiyev, A. A. Ismoilov, J. R.
Narziyev, X. P. Ahmedov, G. O. Tog‘ayeva.
O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi. (qo‘llanma) –
T.: 2019. -62 b. 6. www.edu.uz 7. www.aim.uz.