Bino va inshootlar konstruksiyasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/31
tarix10.03.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#87277
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari

A) Tabiiy zaminda sayoz joylashgan poydevorlar.
Yaxlit holdagi og'ir poydevorlar. Bunday poydevorlar juda og'ir inshootlar 
ostiga qo'yiladi. Ular asosan beton va temir betondan ishlanadi. Ularning shakli esa, 
asosan, inshoot tag yuzasi shaklini takrorlaydi. Agar poydevor o'lchamlari hisoblash 
bo'yicha inshoot o'lchamlaridan katta bo'lsa, u holda qurilish ashyolarini iqtisod qilish 
maqsadida poydevorga zina yoki qiyalik shakli beriladi. Masalan, 6.1- rasmda ko'prik 
ustunining poydevori tasvirlangan.
6.1-rasm. Ko'prik ustuni poydevori 
Alohida turuvchi poydevorlar. Bunday poydevorlar sanoat va jamoat binolari 
ustunlari; elektr simlarini ko'tarib turuvchi ustunlati, uncha og'ir bo'lmagan yuk 
ko'taruvchi ustunlar ostiga qo'yiladi.
Bu poydevorlar beton va temirbetondan yasaladi. Ba'zan yirik toshlardan va bu 
toshlardan qilingan betondan ham tuzilishi mumkin.
Alohida turuvchi poydevorlarni ko'p yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan 
zaminlarda yoki poydevorga uncha og'ir bo'imagan yuk ta'sir etganda qo'llash 
maqsadga muvofiq. Bunday poydevorlar balandligi bo'yicha ko'pincha zina shaklida 
loyihalashtiriladi (6.2 - rasm).
Jo'yaksimon poydevorlar. Bunday poydevorlar bino va inshootlarning yuk 
ko'taruvchi devorlari ostiga o'rnatiladi (6.3- rasm). Yuqoridan o'zgarmas kuch ta'sir 
etganda bunday poydevorlarning har qanday kesimi bo'yicha ishlash sharoiti bir xil 


81 
bo'lgani sababli ularning ko'ndalang kesimi o'zgarmas o'lchamga ega bo'ladi. 
Jo'yaksimon poydevorlar yirik toshlardan, yirik toshli betondan, betondan va 
temirbetondan yasalishi mumkin. Ko'ndalang kesim bo'yicha bunday poydevorlar 
zina va trapesiya shaklida loyihalanadi. 
6.2- rasm. Zinapoya shaklidagi poydevor. 6.3- rasm. Jo'yaksimon poydevor.
Ba'zi jo'yaksimon poydevorlar alohida ustunlar ostiga ham ishlatiladi. Bu esa 
faqatgina ustunlarga yuqoridan juda katta qiymatli yuk ta'sir etganda, zamin gruntlari 
esa u yukni ko'tara olish qobiliyatiga ega bo'lmaganda, alohida turuvchi poydevorlar 
o'lchovi talabga javob bermay, juda katta joyni egallaganda maqsadga muvofiq 
bo'lishi mumkin.
Jo'yaksimon chorraha poydevorlari. Ko'pincha alohida turuvchi ustunlar osti 
poydevorlarini loyihalashda zamin gruntlarining yuk ko'tarish qobiliyati yetarli 
darajada bo'lmaydi. Shuning uchun bino va inshoot qurilmalarining turlicha cho'kishi 
tufayli jo'yaksimon poydevorlar ularning mustahkamligini ta'minlay olmaydi. Bunday 
hollarda o'zaro kesishuvchi jo'yaksimon poydevorlar juda qo'l keladi (6.4- rasm). Bu 
poydevorlar asosan temirbetondan ishlanib, ustunlar esa ularning o'zaro kesishgan 
joyiga o'rnatiladi.
Yaxlit temirbeton to'shamalar. Ba'zan zamin gruntlarining ko'p yuk ko'tara 
olmasligi va poydevorga juda katta kuch ta'sir etishi natijasida bir necha poydevorlar 
bir-biri bilan birlashib ketish hollari yuz beradi. Bunday hollarda poydevorni yaxlit 
temirbeton to'shama shaklida loyihalash maqsadga muvofiq (6.5- rasm).
Yaxlit temirbeton to'shamalardan tashkil topgan poydevorlaming asosiy 


82 
afzalliklari quyidagilardan iborat:
a) bino va inshootlarning umumiy mustahkamligi ta'minlanadi;
b) bino va inshootlarning bir xil cho'kishi ta'minlanadi; 
d) qurilish ishlarini olib borish ancha yengillashadi;
e) yer qazish ishlari yengillashishi bilan birga sizot suvlarini inshoot zaminidan 
chetlashish ishlariga ehtiyoj qolmaydi;
f) agar poydevor qurilmasi ichki g'ovak to'shamalardan tashkil topgan bo'lsa, 
bu g'ovaklar turli yerosti inshootlarini o'tkazish uchun xizmat qiladi. 
6.4- rasm. Jo'yaksimon chorraha poydevor. 6.5- rasm. Yaxlit poydevor.
6.6- rasm. Yig'ma poydevorlar: 
a) zich joylashgan; b) siyrak joylashgan. 
Yig'ma poydevorlar. Qurilishda yig'ma buyumlarni ishlatish yildan yilga 
ko'payib bormoqda. Hozirgi vaqtda temirbeton korxonalari turli xil poydevor 
bloklarini ishlab chiqarmoqda, ular esa qurilishda juda qo'l kelmoqda (6.6- rasm).
Bunday yig'ma poydevor bloklarini ishlatish asosan binokorlik ishlarini 


83 
tezlatishga va turli moslamalardan unumli foydalanishga olib keladi. Bunda poydevor 
yig'ish tannarxi 15-20%, mehnat xarajati esa 3-4 martadan ortiq kamayishiga 
erishiladi.
Qurilishda qoziqli va alohida poydevorlar. Yuqorida keltirgan poydevorlar 
turlariga qoziqli poydevorlar kiradi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin