84
imkoniyati bo'lsa, ularga o'rnatish eng maqsadga muvofiq. Bunda inshoot zamini
haqiqiy ma'noda mustahkam bo'lib, cho'kish deyarli yuz bermaydi. Ustun
qoziqlarning inshoot qurilmasi sifatida ishlash mohiyati oddiy ustunlarnikidan kam
farqlanib, qoziq orasidagi grunt ularning ish jarayonida deyarli qatnashmaydi.
Osma qoziqlarning uchlari mustahkam gruntlarga yetib bormaydi (6.8-b rasm).
Poydevorning bunday turlari mustahkam grunt qatlami
chuqur joylashgan hollarda
qo'llanadi. Bunday qoziqlar orasida joylashgan gruntlar qoziqlar bilan birgalikda
ishlaydi. Bunda bo'sh gruntga qoqilgan yoki o'rnatilgan qoziq sirti bo'ylab grunt
orasida qarshilik kuchi vujudga keladi.
Qumli gruntlarda ishqalanish, loylarda esa bog'lanish kuchi, asosan, zamin
mustahkamligini belgilaydi.
6.8-rasm. Past (a) va yuqori (b) rostverkli qoziqli poydevorlar.
6.9-rasm. Eshkaksimon qoziqlar.
85
Bosh o'qlarining yo'nalishi bo'yicha qoziqli poydevorlar
oddly va
eshkaksimon
turlarga bo'linadi. Oddiy qoziqlar o'qi tik yo'nalgan bo'ladl,
eshkaksimonlariniki esa
ta'sir etuvchi yuk
N yo'nalishiga nisbatan α burchak tashkil etadi (6.9- rasm). Bunday
qurilmalar tirgovich devorlar, gumbazsimon inshootlar, qirg'oq turg'unligini
ta'minlovchi inshootlar poydevorlari ostlga o'rnatiladi.
Qoziqli poydevorlar barpo etishda quyidagi ashyolardan foydalaniladi:
yog'och, beton, temirbeton va temir. Ular ko'ndalang kesimi bo'yicha: yumaloq,
cho'ziqroq, kvadrat, to'g'ri to'rtburchak va ko'pburchak shaklida; bo'ylama kesimi
bo'yicha esa: silindr, konussimon, ostki qismi kengaytirilgan holda yasalishi mumkin.
Qoziqli
poydevorlar qoqish, suv yordamida titratish, bosim ostida qisish va
burash usullari yordamida o'rnatiladi.
Tayyorlanish sharoiti bo'yicha ham qoziqli poydevorlar yig'ma va yaxlit
bo'ladi. Yig'ma qoziqlar korxonada yasalib, qurilish
maydoniga tayyor holda
keltiriladi, yaxlit qoziqlar esa shu maydorming o'zida loyiha asosida tayyorlanadi.
Yog'och qoziqlar asosan qarag'ay, eman, tilog'och daraxtlaridan yasaladi.
Buning uchun to'g'ri va sog'lom o'sgan daraxt tanlab olinib, po'stloqlari archiladi.
Yog'och qoziqlarni yaxlit, ba'zan bir xil o'lchovli bir necha yog'ochni ulash
yordamida ham tayyorlash mumkin. Yaxlit qoziqning uzunligi 4,5-15 m,
ulanganlarniki esa 20-25 m gacha bo'lishi mumkin. Shu bilan birga ularning
ko'ndalang kesimi 18-20 sm dan kam bo'lmasligi kerak.
Yog'och qoziqlardan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:
- o'rnatishda murakkab aslahalar talab etmaydi va mustahkam bo'lganligi
uchun tashishga qulay;
- o'rnatish vaqtida uzaytirish imkoniyati bor;
- to'la namlangan gruntlarda yoki suv ostida benuqson va davomiy ishlaydi.
Beton qoziqlar qurilish maydonida loyihada
belgilangan sathlarda quyma
holda tayyorlanadi. Buning uchun ma'lum nuqtalarda qoqish, bosib kiritish yoki
burg'ilash uskunalaridan biri yordamida chuqurlar kovlanadi. So'ng bu chuqurlar
beton bilan to'ldirilib, shibbalanadi.
86
Quvur ichiga beton yuborishdan oldin undagi suvni so'rib olish kerak. Quvurni
sug'urib olish jarayonida undagi beton chuqurni to'ldirib boradi. Bunda grunt qancha
bo'sh bo'lsa, beton yotqiziqlari shuncha kengroq joyni egallaydi (6.10- rasm).
Quvurni sug'urish jarayonida uning uchki bo'shlig'ida hamma vaqt beton bo'lishiga
ahamiyat berish darkor. Aks holda, bo'shliqqa grunt tushib qolib, betonlash sifatini va
qoziqning yuk ko'tarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin.
6.10-rasm. A.E.Straus qozig'i: a) o'rgatish jarayoni; b) tayyor qoziq;
1-quvur; 2-gurzi; 3-beton
Beton qoziqlarning
afzalligi shundaki, ularni tayyorlashda gruntning
muvozanat holati saqlanib, yon atrofdagi binolarga dinamik ta'sir etmasligidir. Shu
bilan birga ularni o'rnatish vaqtida sifatini kuzatish imkoni cheklangan bo'lib, ba'zan
betonning qotishi jarayonida sizot suvlari zararli ta'sir etadi.
Temirbeton qoziqlar so'nggi yillarda poydevor sifatida keng qo'llanilmoqda.
Buning asosiy sababi, ularning korxona sharoitida yasalib, tayyor holda
ishlatilishidir. Shu bilan birga temirbeton qoziqlardan sizot suvlari sathidan qat'iy
nazar foydalanish mumkin.
Temirbeton qoziqlar ko'ndalang kesirni bo'yicha kvadrat, ko'pburchak va
yumaloq shaklda tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda 200-300 navli betondan
foydalaniladi. Bo'ylama armaturalar ish bajaradi, ko'ndalanglari esa ular
87
rnuvozanatini saqlashga xizmat qiladi.
Temirbeton qoziqlar
yaxlit va
g'ovak holatda yasalishi mumkin (6.11- rasm).
Yaxlit qoziqlarning o'lchami. 400x400 mm bo'lib, armaturasi 100 mm li 4 dona
bo'ylama va ko'ndalang temir halqachadan iborat.
Amalda ko'ndalang kesimi 200x200 mm bo'lgan qoziqlar ham mavjud.
Temirbeton qoziqlar uzunligi 5-20 m oralig'ida bo'ladi.
6.11- rasm. Temirbeton qoziqlar: a) yaxlit; b) g'ovak.
Temir qoziqlar sifatida asosan quvur ishlatiladi. Ular temirbeton qoziqlar kabi
urib, suv yordamida tebratib yoki burab kiritish usullari yordamida o'rnatiladi. Burab
o'rnatiluvchi qoziqlarning ostki qismida maxsus parrakchalar bo'ladi.
Qoziqni o'rnatish jarayonida ichiga kirib qolgan grunt olib tashlanib o'rni beton
bilan to'ldiriladi.
Dostları ilə paylaş: